Asrab olgan oilalarda tarbiya olgan 6 ta mashhur odamlar

Biz, oxirida baxtli yakun bilan tugagan, 6 ta asrab olish haqidagi hikoyalarni eslashga ahd qildik. Ularda asrab olingan bolalar omad va eʼtirofga erisha olganlar.

Stiv Djobs 1955 yil 24 fevralda San-Fransiskodagi xususiy shifoxonada dunyoga keldi. Uning biologik onasi, talaba Djoan Shible, ota-onasining bosimi tufayli goʻdakdan vos kechishga majbur boʻlgan edi. Uning ota-onasi qizlari, Siriyada tugʻilib oʻsgan, Abdulfattax Djandalidan homilador boʻlganini bilganlaridan soʻng, Djoanni meʼrosdan maxrum qilish bilan qoʻrqitganlar.
Stivning aynan asrab olgan otasi Pol Djobs, bolaga elektronikaga boʻlgan mehrni singdirdi va taʼlimini toʻlab bergan. Shu bilan u Stivga dunyoning barcha yoʻllarini ochib berdi. Stiv Djobsning oʻzi uning ota-onasini "asrab olgan" deb ataganlarini juda ham yoqtirmagan: "Ular mening haqiqiy ota-onam - 100 % ga".

Nikol Richining ota-onasi uni 3 yoshigacha tarbiyalashgan, soʻng esa, qizaloqni, oʻz doʻstlari, Layonel Richiga vasiylikka berishdi. Bu ularning oilalarining ogʻir moliyaviy ahvoli bilan bogʻliq boʻlgan edi - Nikolning ota-onasi qizaloqlarini hamma kerakli narsalar bilan taʼminlab bera olmas edilar. Oradan 6 yil oʻtib, Layonel Richi va uning rafiqasi Brenda Xarvi-Richilar qizaloqni rasman asrab olganlar. Uning choʻqintirgan otasi boʻlib esa, Maykl Djeksonning oʻzi boʻldi.
Intervyularidan birida Nikol "Mening ota-onam Layonel bilan doʻst edilar. Ular meni yangi oila yaxshiroq taʼminlashiga ishonar edilar" deb tan olgan. Uning soʻzlariga qaraganda, u xozir ham oʻzining biologik onasi bilan muloqot qilar ekan.

Kelajakda mashxur amerikalik akter, Djeymi Foks Texasda, Luiza Dikson va Derrel Bishoplarning oilasida tugʻilgan. Dunyoga kelganidan soʻng tez orada ota-onasi Djeymidan vos kechishdi va uni Mark Telli va Esfir Marilarning asrab oluvchi oilalariga tarbiyaga berishgan.
U "qora kvartal" da oʻsdi va u ga eng koʻp taʼsirni uning buvisi oʻtkazdi. Aynan u bolada sanʼatga mehr uygʻotgan, fortepianoda oʻynashni oʻrgatgan va uning kolledjda klassik musiqani oʻrganishga qaror qabul qilishiga taʼsir qilgan.

Reyning biologik ota-onasi undan, oilasining ahvoli oʻziga bola tarbiyalashga yoʻl bera olmagani sababli, vos kechgan edi. Bolakayni oʻziga toʻq italiyalik juftlik asrab oldi. Buning sharofati bilan Rey chiroyli familiya va mehribon oilaga ega boʻldi. U bilan birga italiyaliklar Linda ismli qizchani ham asrab olishdi. Shunday qilib Reyda bir vaqtning oʻzida ham singil ham ota-ona paydo boʻldi.

Dunyodagi eng mashxur modelyer-ayol 1883 yili Somyurda tugʻilgan. Uning ota-onasi oʻz farzandlarini taʼminlab bera olmas edilar (Kokodan tashqari oilada yana 4 nafar bola bor edi), shuning uchun bolalar asosan vaqtni koʻp sonli qarindoshlarinikida oʻtkazardilar.
Koko atigi 12 yoshga toʻlganida, uning otasi oilani tashlab ketdi. Hamda qizaloqni bolalar uyiga soʻng esa, katolik monastiriga va oxiri internatga berib yuborishdi. Kokoning soʻzlariga koʻra, aynan shu boʻlajak kasb tanlashda turtki boʻlgan ekan: butun umr kul rang mayus forma kiyishga majbur Koko, dunyo ayollarini hammasini chiroyli kiyintirishni orzu qilgan edi.

Djon tugʻilganidan soʻng, oradan koʻp oʻtmay ota-onasi ajrashib ketishdi. Onasi oʻziga yangi odam topganida esa, bolakayni uning xolasi Mimi va uning turmush oʻrtogʻiga tarbiyalashga berib yuborishdi.
Lennonning soʻzlariga koʻra, Mimi juda qattiqqoʻl boʻlgan boʻlib, bolakayning gitara bilan qiziqishini maʼqullamagan ekan. Djon yodga olganidek, Mimi : "Gitara bu yaxshi narsa, lekin u senga hayot uchun pul topishga yordam bermaydi!", deb qaytarishni yaxshi koʻrar edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



