Sayohat

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar
Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindiston hududining kattaligi boʻyicha dunyoda yettinchi oʻrinni egallagani bilan aholisi soni boʻyicha Xitoydan keying ikkinchi oʻrinda turadi: taxminiy hisob-kitoblar boʻyicha u yerda 1,2 mild odam istiqomat qiladi.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistonda har 12 yilda nishonlanadigan diniy bayram bor: Kumba-mela. Kumba-mela bayramining oxirgi marosimi 2013 yilning 14yanvarida boʻlib oʻtdi: bu kuni Allahabaddagi induistlar muqaddasgohlariga ziyorat va ibodat qilish uchun 100 mln odam tashrif buyurdi, bunday miqdordagi odamlar yigʻilishi tarixda reлord darajaga yetdi.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistonning Varanasi shahrini eramizadaт avvalgi 500 yilda Budda tashrif buyurganda ham qadimgi deb atashar edi. Bugungi kunda Varanasi shahri nafaqat Hindistonning, balki butun dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Koʻpgina hind oilalarida huddi bizning xalqqa oʻxshab,ayollar turmush oʻrtoqlarini ismi bilan chaqirmaydilar, bu hurmatsizlik hisoblanadi. Ayol eriga toʻgʻridan-toʻgʻri ismini aytmasdan murojaat qilishi yoki hech boʻlmaganda "bolamning otasi" deb chaqirishi ham mumkin.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistonda bevalar shumqadam deb hisoblanadilar – aksholda eri oʻlmas edi. Baʼzi oʻta diniy oila va jamoatchilikda beva ayolga yangi turmush qurayotgan kelin va kuyovning yoniga yaqinlashish mumkin emas. Qadimgi Hindistonda hatto shunday udum boʻlganki, unga koʻra eri vafot etgan ayol eri bilan birga yoqilar edi.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindiston shaxmatning vatani. Bu oʻyin birinchi bor yaratilganda – chaturanga deb nomlangan, maʼnosi “qoʻshinning toʻrt karra tabrigi” deb atalardi (fil, ot, va piyodalar figurasiga taalluqli).

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistonda dunyodagi eng katta kino-industriya –Bollivud boʻlib, u Munbayda joylashgan. Nomdagi “B” harfi Bombey shahrining bosh harfidan olingan. Bollivudning deyarli barcha filmlari – myuzikl janrida suratga olinadi.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindiston Indus daryosining nomidan kelib chiqib nom olgan. Indus soʻzi Sanskrit tilidagi “sindhu” soʻzidan olingan boʻlib, daryo degan maʼnoni bildiradi. Sanskrit tilida esa Hindistonni hind milliy eposi boʻlmish-  Maxabxaratdagi afsonaviy qirol xotirasiga “Bharat” deb ataydilar.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistondagi eng ommaviy sport turi – bu kriketdir. U britaniyaliklar tomonidan olib kelingan sport turi boʻlib, hindlarga singib ketgan.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistonning rasmiy tili ikkita: hundu va ingliz tillari. Shuningdek, hukumat yana 17 tilni tan oladi. Bundan tashqari mamlakatda1650 ta dialektda gaplashadilar!

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hind xalqi ovqatlanishdan oldin nafaqat qoʻllarini,balki yuzlarini va oyoqlarini yuvadilar. Ovqat faqatgina oʻng qoʻlda yeyiladi.Koʻpgina oilalarda esa ayollar erkaklardan keyingina ovqat tanovvul qiladilar.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistonda motam rangi qora emas, oq rang hisoblanadi. Bevalar kelinlarnikiga oʻxshash oq rangli liboslarni kiyadilar.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindistonning muqaddas Ganga daryosini koʻpchilik biladi. Biroq u yerda akulalar yashashini koʻp odamlar bilmas edi. Gangning chuchuk suvida yashaydigan akula –oʻta xavfli yirtqich boʻlib, inson goʻshtiga muhabbati juda kuchli. Ehtimol akulalardagi bu odat daryoda oxirigacha yonib boʻlmagan inson jasadlarining qoldiqlarini yeyishlari natijasida paydo boʻlgan boʻlishi mumkin.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Qaygʻuli maʼlumot: Hindistonning 8 ta  shtatida 26 ta Afrika davlatlaridagidan ham koʻp qashshoqlar yashaydi.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

1896 yilgacha Hindiston dunyodagi yagona olmos qazib olinadigan mamlakat hisoblangan.

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar

Hindlar ingliz tilida gaplashadigan dunyodagi eng yirik millat hisoblanadilar. 

Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar
Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar
Ajoyib va gʻaroyib Hindiston: noyob maʼlumotlar va suratlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar