Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi

1.Roʻyxatni birinchi boʻlib, mashhurligi bilan butun dunyoga nom taratgan Buyuk Xeops ehromi ochib beradi. Aynan mana shu ehrom barcha Misr ehromlarining yuzi hisoblanadi va kattaligi bilan ajralib turadi. U haqda koʻplab afsona va jumboqlar mavjud. Ushbu piramidaning qurilishiga naq yigirma yil ketdi va eramizdan avvalgi 2560 yilda qurib bitkazildi.

Buyuk Misr ehromining balandligi 146.5 metr, u 4 ming yil davomida dunyoning eng baland inshooti hisoblanib kelingan.

2.Roʻyxatning ikkinchi oʻrnida Xeopsning oʻgʻli Xefrenning ehromi turadi. U 10 metrlik platoda qurilgan, shuning uchun Xeops ehromidan baland koʻrinadi, aslini olganda esa unday emas. Uning haqiqiy balandligi – 136,4 metra teng.

Xefren ehromining yaqinida Buyuk Sfinks joylashgan.Ushbu monument qoyalarga oʻyib tasvirlangan. Sfinks haykalining yuz tuzilishi Xefren firʼavnining yuz tuzilishini eslatadi.

3.Uchinchi Buyuk piramida – Mikerina ehromidir. U avvalgilaridan kichikroq boʻlib, ulardan kechroq qurilgan. Uning balandligi -66 metr, asosining uzunligi esa – 108.4 metrga teng.

U kichkina boʻlishiga qaramasdan, shu uch ehromlar ichida eng chiroyligi hisoblanadi. Mikerina ehromi katta ehromlar davrini kuzatib qoʻyishga muvaffaq boʻldi. Undan keyin qurilgan barcha ehromlar kichik hajmda barpo qilingan.

4.Bu bilan Misr ehromlari tugamaydi, endi Gizadan boshqa joylarga koʻchamiz. Misrning katta piramidalaridan biri – bu Djoser ehromidir. Bu ehrom Sakkara qishlogʻida joylashgan boʻlib, naq Imxotepning oʻzi tomonidan Djoser firʼavn uchun barpo qilingan. Maydoni – 125 metrga 115 metr, balandligi esa – 62 metrga teng. Bu Misrning eng birinchi ehromi hisoblanadi va shunga qaramay yaxshi saqlanib qolingan.

5.Koʻrini shijihatidan eng noyob piramida – bu Medume ehromidir. U Misr poytaxtidan 100 metr janubroqda joylashgan boʻlib, Xuni firʼavni tomonidan qurila boshlangan,biroq uning oʻgʻli Snofru uni oxirigacha qurib bitkazgan. Ehromning avvaliga 8 ta zinapoyasi bor edi, biroq bizning davrga kelguncha bor-yoʻgʻi oxirgi uchtasi qolgan, xolos. Piramidaning balandligi – 118 metr, maydoni esa 146 ga146 metr.

6.Pushtirang piramida esa qurilishda ishlatilgan oʻzgacha tosh tufayli shunday tusga ega. Bu ehrom balandligi boʻyicha Xeops va Xefren piramidalaridan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Balandligi 104, 4 metr.Tarixchilarning aytishlaricha, ushbu ehromni biz tanishib oʻtgan Snofru firʼavni barpo qildirgan.

7.Pushtirang ehrom yaqinada Qiyshiq ehrom joylashgan. U eramizdan avvalgi XXVI asrda qurilgan boʻlib, notoʻgʻri koʻrinishga ega boʻlganligi uchun shunday nom olgan. Oʻzingiz buni guvohi boʻlishingiz mumkin. Qarang: ehrom uch etapda qurilgan boʻlib, har birida har xil burchakli qiyaliklar yasalgan.

8.Yuqorida biz yirik ehromlarni tasvirlab oʻtdik, endi navbat kichikroqlariga. Djoser ehromi yaqinida Sakkarada Userkafa piramidasi joylashgan boʻlib, bu inshoot avvalgilaridan ancha keyin barpo qilingan. Shunga qaramay yaxshi saqlanmagan, uning faqat balandligi – 49,.4 metr va asosining uzunligi -73,30 metrga tengligi haqidagi maʼlumotni keltirish mumkin.

9. Sakkaradan uncha uzoq boʻlmagan joyda Sahuraning beshinchi shajarasi firʼavniga tegishli ehrom joylashgan. Ushbu shajaraning keyingi majmualari ham shunday koʻrinishda qurilgan. Afsuski bizning davrimizga kelguncha ushbu ehrom yaxshi saqlanib qololmagan.

10.Va nihoyat roʻyxatimizning oxirgi ehromiga ham yetib keldik. Bu Sakkaradagi Unisa ehromidir. Bu piramida shunisi bilan mashhurki, uning dafn zalining devorlarida qadimgi iyerogliflar – “Ehromlar matni” tasvirlangan. Koʻplab olimlar ushbu matnlarning maʼnosini oʻrganishni haliyam davom ettirmoqdalar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



