Napoleon haqidagi siz bilmagan faktlar Top-10

Napoleon Yevropani egallab olmoqchi boʻlgan jinni diktatorlardan biri boʻlmagan, vaholanki sizda umuman boshqacha fikr paydo boʻlishiga yetarlicha sabablar bor. Aslida Napoleon maktab darsiklarida yozilganidan koʻra ancha qiyin odam boʻlgan.

Barcha qilgan ishlaridan tashqari, u egallab olingan mamlakatlariga demokratiya yoʻliga oʻtishda yordam bergan, shu bilan birga oʻz avlodlariga kengaytirilgan imperiyada hukmronlik qilish imkoniyatini yaratib ketgan. U oʻz ayoli Jozefinani juda qattiq sevgan, lekin imperiya uchun kerakli boʻladigan vorislarni unga faqatgina qirollik qonidan boʻlgan ayol bera olgani sababli, u shunday yolga uylanishga majbur boʻlgan. U oʻzining ikkinchi xotiniga yaxshi va ijobiy munosabatda boʻlganinga qaramasdan, Elbaga surgunn qilingan vaqtda, agar xotini u bilan ketmasa uni oʻgʻirlab ketishini aytib uni qoʻrqitgan. Quyida siz Napoleon haqida yana 10 ta siz bilmagan faktlar haqida bilib olasiz.

10. Napoleonning haqiqiy ismi boshqa boʻlgan

U tugʻilganida unga korsikan Napoleone di Bonaparte degan ism berishgan. Biroq u tugʻilganida Korsika Fransiya hududiga kirganiga allaqachon bir yil boʻlgan edi, bu esa tarix voqealarini oʻzgartirib yuborgan. Yigirma yoshdan oshganida Napoleon harbiy mavqe haqida orzu qilib, oʻz familiyasi va ismini fransuz tiliga yaqinroq qilib oʻzgrtirib olgan. Shunga qaramasdan uning tugʻilib oʻsgan joyi, umrining soʻnggi yillarigacha uni tinch qoʻygani yoʻq, uni doim “kichik korsikanlik” va “korsikanlik diktator” degan laqablar quvlab kelgan.

9. U taktikada hech nimani tushunmagan

Napoleon bir zumda harbiy daho boʻlib qolmagan – u uzoq va mashaqqat bilan oʻqigan. Toʻqqiz yoshida Napoleon fransuz tilini oʻrganish uchun Fransiya kontinentalida joylashgan diniy maktabga kirgan. Parij harbiy akademiyasiga qabul qilinishidan oldin u, maktabdan soʻng Brienedagi harbiy oʻqishga kirib u yerda besh yil taxsil olgan. Otasining oʻlimidan soʻng Napoleonning oilasi qashshoqlashib qoldi, va pulni tejash uchun u oʻqishdagi ikki yilni bir yilda oʻrganib olishga majbur boʻldi. U Harbiy akademiyani tugatishga muvaffaq boʻlgan birinchi korsikanlik boʻldi.

8. Napoleon haqiqiy millatchi boʻlgan, lekin Fransiya tomonga emas

Oʻsha vaqtda fransuz armiyasida ofitserligiga qaramasdan, Napoleon 1789 – 1973 yillarda korsikan revolyutsionerlarini rasmiy ravishda qoʻllab quvvatlagan. Bu juda qiyin vaziyat edi, chunki fransuz revolyutsiyasi 1789 yilda avj oldi. Korsikda bir vaqtning oʻzida 3 tomon kurashardi: royalistlar, revolyutsionerlar va Napoleon qoʻllab quvvatlagan yakobinlar. U xattoki fransuz armiyasiga qarshi bosh koʻtarishda birmuncha vaqt yetakchilik qilishga Musharraf boʻldi, biroq Korsiklik yetakchilardan biri bilan urishib qolganida Fransiyaga koʻchib ketdi va bu ishlarni tashladi. Keyinchalik u bu haqida yozib qoldiradi ”Millat oʻlgan vaqtda, men tugʻildim. 30 ming fransuzlar qirgʻoqlarga oqib chiqqan, oʻzqonlarida ozodlik taxtini choʻktirib yuborishgan. Bu daxshatli koʻrinish mening ilk koʻrganim boʻldi".

7. Napoleonga mashxurlik kelganda u xali yosh edi

Napoleonning harbiy karyerasi juda tezlik bilan oʻsdi. 1975 yilda u hokimiyatni kontrrevolyutsion kuchlardan qutqargan va ichki qoʻshinlarni boshqaruvchisi va harbiy maslahatchisi boʻlgan. U davrda bor yoʻgʻi 26 yoshda edi. Keyingi yili unga Italiya armiyasini boshqarish topshirilgan. (Hozirgi Italiya hududiga aloqasi yoʻq). Napoleon Gabsburgga qarshi kurashlarda tezda gʻalaba qozonib, ushbu nomdagi tushunmovchilikka chek qoʻydi. Gʻalabalar unga Fransiyada katta shon-sharaf keltirdi. Fransiyaga qaytib kelganita ikkita gazeta nashriyoti ochdi va hukumatda qolgan royalistlarga qarshi 1797 yilda oʻzining birinchi hukumat toʻntarilishini amalga oshirdi.

6. Napoleonning taxminiy past boʻyi shunchaki Britaniya propogandasining natijasi
Napoleon davrida Fransiyada “qirollik futi” deb nomlangan uzunlik oʻlchov birligidan foydalanishgan. Bu uzunlik ayni vaqtda taxtdagi qirolning oyogʻI uzunligiga teng boʻlgan. Bu tizimga asosan Napoleonning boʻyi 5 fut va 6 dyuym boʻlgan, britaniya futida esa 5 fut 3,5 dyuymga teng boʻlgan. Shundan kelib chiqadiki, Napoleon xato oʻrta statistik boʻydan biroz balandroq boʻlgan.Napoleonning past boʻyi esa faqatgina bratinya propogandasining mahsuli boʻlib, ular Napoleonni kichik odam va boʻyi pastligi uchun doim yovuz boʻlgan deb hisoblashadi.
5. Hech kim Napoleon qanday oʻlganini aniq ayta olmaydi.
1821 yildan boshlab Napoleon qanday vafot etganligi haqida ikki turli fikr bor. Bazilar u graf Montolon tomonidan mishyak bilan zaxarlangan deb hisoblaydi. Bu fikrni 1840 yilda uning tanasini koʻchirishayotganda murda juda yaxshi holatda saqlanib qolganlik fakti isbotlaydi, chunki mishyak hammaga maʼlum konservantlardan biridir. Biroq uning soch tolalarini mishyakka test qilib tekshirilganda, natijalar ishonarli boʻlmadi. Uning sochlarida mishyak qoldiqlari topilgan, mishyak kalamushlarga qarshi zaxar sifatida ishlatilgan, biroq Avliyo Yelena oroli u vaqtda kalamushlar koʻpayganidan qiynaaotgan edi, shu sababli Napoleon undan zaxarlanishi judda oddiy hol boʻlgan. Boshqa fikir esa, tanani yorib tekshirish natijasida, yetti shifokor imzolagan, oshqozon raki tufayli Napoleon vafot etganini tasdiqladi. Uning oilasi tarixi ham ushbu teoriyani isbotlaydi: Napoleonning bobosi, otasi, uning akasi Lyusyen va uning uch singlisi ham oshqozon rakidan vafot etgan.
4. U kichik romantik qissa yozishga ulgurgan
Uning “Klisson va Yevgeniya” qissasi uning oʻz hayotidan olingan boʻib, uning Dezire laqabli Yevgeniya Klari degan ayol bilan boʻlgan ishqiy munosabatlari haqida soʻzlangan. Napoleonning qissasida fransuz revolyutsiyachi harbiysi urushdan charchagan boʻladi va jamoat hammomida Yevgeniyani yaxshi koʻrib qoladi. Klisson oʻz xizmatini tugatib, Yevgeniya bilan turmush quradi va farzandli boʻlishadi. Biroz vaqtdan keyin esa ularning tinch hayotiga urush kirib keladi va Klisson oʻzini yurti himoyasiga turishni oʻz majburiyati deb biladi. Janglarning birida Klisson jarohat oladi va bir doʻstini Yevgeniyaga xat yetkazib berish uchun yuboradi. Doʻsti esa Yevgeniyani oʻziga oshiq qilib oladi va u eriga xat yozishni toʻxtatadi. Qaygʻuga choʻkkan Klisson bevafo xotiniga soʻnggi xatini yozib, dushman oʻti ostiga oʻlish uchun oʻzini otadi. Haqiqatda esa Dezire kitobdagi personajidan koʻra uzoqroqa yetadi. U Shvetsiyaning taxt vorisi unvonini olgan generalga turmushga chiqadi va Norvegiya va Shvetsiyaning qirolichasiga aylanadi.
3. Napoleon Misrni bosib olishni istagani uchun biz ierogliflarni oʻrgana oldik
Napoleonning Misrga qilgan ekspeditsiyasi olimlar uchun katta ochilish boʻldi, chunki Rozet toshidagi matn uch xil tilda yozilgan edi. Aynan shu topilma Qadimiy Misrning yozuvlarini oʻqa olishga yordam bergan. Biroq inglizlar 1801 yili Misrni Napoleondan tortib olgan. Fransuz generali Menu. Rozet toshiga oʻz huquqlarini bayon qilgan va Fransiyaga olib ketmoqchi boʻlgan, biroq Britaniya gʻolib tomon boʻlgani uchun, tosh ularda qolgan.
2. U odamlarni davolay olaman deb oʻylagan
Bir marta Napoleon Siriyada vabo kasaliga chalinib qolgan harbiylarini koʻrgani borgan (komandir atiydan ularniyuborgan degan mish-mishlarini yoʻqotish uchun). Bu yoʻl bilan Napoleon mahalliy shifoxonaga borib, bir oʻq bilan ikki quyonni urmoqchi boʻlgan: oʻzining aybsizligini isbotlash uchun va ularni vabo qoʻrqinchili emasligiga va komandir sifatida oʻzi ham ushbu kasallikni yuqtirib qolishdan qoʻrqmasligiga ularni ishontirmoqchi boʻlgan. Aynan usha vaqtlarda, Napoleonning kasal va oʻlayotgan harbiylarga tegayotgani tasvirlangan surat chizilgan.
1. Napoleon mushuklarni yaxshi koʻrgan
Siz albatta Napoleon mushuklardan juda qoʻrqqani haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Aslida unday boʻlmagan. Bu uning jiyani Napoleon III aylurofobiyadan jabrlangan, buyuk imperator emas. Bizning Napoleon esa, koʻplab yevropaliklarga oʻxshab qora mushuk omad keltiradi deb hisoblagan. Bundan tashqari Avliyo Yelena orolida quvgʻinda boʻlganida Napoleon kichik mushukni boqib olgan va unga Ben deb ism qoʻygan. Ben va Napoleon ajralmas edi va koʻp vaqtini birgalikda oʻtqazgan. Shunday qilib, tarixdagi buyuk qoʻmondonlardan biri haqiqiy mushuksevar va yozuvchi-romantik boʻlgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



