Qiziqarli

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati
Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Google brendining tarixi Google Inc kompaniyasining roʻyxatga olinishi bilan boshlangan. 1998 yil 7 yanvarda AQSH ning Kaliforniya shtati Menlo-Park shahrida tashkil topdi, unga Stenford universitetining aspirantlari Lerri Peydj va Sergey Brinlar asos soldilar.

Google nomi – googol soʻzining ingliz tilida yozilishidir. Bu soʻz matimatik ibora boʻlib, bir soni hamda yuzta noldan iborat boʻlgan raqamning belgisidir.

Bu nom kompaniyaning maqsadini ifoda etadi – kerakli maʼlumotlarni qidirib topish uchun cheksiz imkoniyatlar bazasi.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Bugungi kunda Apple – IT- sanoatining jahondagi yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlib, kompyuter, notebooklar, mediaplyeyerlar hamda turli xil dastur taʼminotining ishlab chiqaruvchisidir.

Apple koʻp sohada faoliyat yurituvchi industriyaning ilk kompaniyalaridan biridir: ilk personal kompyuterlar, PK dagi koʻp rangli ilk displeylar, grafikali interfeysli ilk operatsion tizimlar, sichqoncha (mishka) orqali boshqariladiganilk kompyuterlar, ilk personal audiopleyer, birinchi musiqali-internet doʻkon va hokazo.

Oʻtgan yilidagidek, bu yili ham kompaniya Google brendidan keyin ikkinchi oʻrinda turibdi.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Stol kompyuterlari, mobil moslamalar, klasterlar, serverlar va oʻyin konsollari uchun dastur ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Dastur tayyorlashdan tashqari kompaniya oʻyinlar, kompyuterni boshqaruvchi turli moslamalar va audiopleyerlar ishlab chiqarish bilan ham shugʻullanadi.

Microsoft tarixi – bu katta muvaffaqiyat hamda doimiy rivojlanish tarixidir.

Korporatsiya xatolarga ham yoʻl qoʻygan, biroq ularni albatta toʻgʻirlagan, natijada yangi sohada sinalib, yangi rekordlarni qoʻygan va izlanishdan toʻxtamagan. Ushbu brendning reytingdagi pozitsiyasi oʻzgarmadi, u avvalgidek uchinchi oʻrinni egallab kelmoqda.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Ushbu yirik internet-doʻkonning tarixi 1995 yilning 16 iyulida boshlangan. Unga Jeff Bezos ismli biznesmen asos soldi.

Avvaliga internet-doʻkon faqatgina kitob savdosi bilan shugʻullangan. Keyinchalik uning assortimenti kengaytirilgan: oldin audio, keyinchalik esa videomahsulotlar ham qoʻshilgan. Bugungi kunda Amazon.com oʻz foydalanuvchilariga bir necha toifa mahsulotlarini taqdim etmoqda. Bularga elektronika, kiyim-kechak, sport mahsulotlari va hattoki oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.

Bir yil ichida kompaniya reytingda uchta pogʻonaga koʻtarilib, 4-chi oʻrinni egalladi.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Facebook – dunyodagi ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biridir. Uning foydalanuvchilarining soni bir milliarddan ortiq boʻlib, yanada uzluksiz oʻsishda davom etmoqda.

Loyihaga 2004 yil 4 fevralda asos solingan boʻlib, asosan Garvard talabalari uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq edi. Keyinchalik chegaralari kengaytirildi va butun dunyoga mashhur tarmoqqa aylandi. Facebookning asoschilari Garvard universitetining talabalari – Mark Tsukerberg, Eduardo Savertin, Dastin Moskovits, Endryu MakKolum hamda Kris Xyusdirlar.

Brend avvalgidek 5-oʻrinni saqlab qoldi.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

AT&T (Amerikan Telephone and Telegraph) kompaniyasi bugungi kunda AQSH ning simsiz va telefon aloqasining yirik taʼminotchilaridan biridir.  

Uning abonentlarining umumiy soni 150 mln kishidan ortiq, kompaniyaning nomi esa sifatini ifoda etadi.

Dunyoning eng qimmat brendlari reytingida bir yil ichida ikki qatorga pastga tushdi va bugungi kunda oltinchi oʻrinni egallamoqda.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Visa Inc – amerika transmilliy kompaniyasi boʻlib, toʻlov hamda pul oʻtkazish operatsiyalarini amalga oshiradi. Shu nomli assotsiatsiyaning asosi hisoblanadi. 2013 yil 20 sentyabrdan boshlab uning aktsiyalarining bahosi Djou-Djons indeksining hisobida ishtirok etadi.

Bir yil ichida kompaniya bir pogʻonaga pastladi va bugungi kunda yettinch oʻrinni egallab kelmoqda.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Tencent – bu Xitoy telekommunikatsiya kompaniyasidir. Unga 1998 yilning noyabr oyida Shenchjen shahrida asos solingan.

Ushbu kompaniya Xitoyda keng tarqalgan QQ nomli xabarlar almashinuvi hamda WeChat nomli matn va ovozli xabarlarni yuborish bilan shugʻullanadi.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

Ushbu kompaniya kompyuter erasidan ancha avval barpo boʻlib, zamonaviy kompyuterlarga katta taʼsir koʻrsatdi. IBM ning kompyuter olamiga qoʻshgan hissasi juda kattadir. Bugungi kunda kompaniya superkompyuterlar, yuqori sifatli serverlar, protsessorlar hamda dasturlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Bir yil ichida ushbu brend bir pogʻonaga koʻtarilib, bugungi kunda reytingda toʻqqizinchi oʻrinni egallab kelmoqda.

Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 roʻyxati

McDonalds – AQSH dagi yoshlarning eng ommabop ovqatlanish restoranlaridan biridir. Ushbu brend nafaqat Amerikada, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham mashhurdir.

Oʻtgan yilga qaraganda ushbu brend reytingda bir pogʻonaga pasaydi va bugungi kunda oʻninchi oʻrinni egallamoqda.  

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar