Qiziqarli

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Biz bir qancha tarixiy faktlarni yigʻdik. Ularga hamma maktab davrlaridan buyon ishonadi. Biroq, bugungi kunda ular endi haqqoniy emas.

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Katta sfinks - juda qadimiy monumental haykaltaroshlik asari. Uning oʻziga xos ajralib turuvchi belgisi - buzilgan burni. Eng keng tarqalgan afsonada, bu detalni Napoleon turklar bilan boʻlgan, piramidalar oldidagi jang davomida (1798) pushkalarning yadrolari bilan vayron qilgan, deb aytiladi. Biroq, 1737 yilda haykalni burunsiz koʻrgan, daniyalik sayyoh Frederik Nordenning rasmlari Napoleonning aralashuvi bor boʻlgan hikoyani inkor etadi.

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Bu rassomning ismini bilmaydigan odam tipilishi ehtimoldan uzoq. Ayniqsa, kesib olingan quloq haqidagi hikoyalar sababli ham. Aytishlaricha, u kesilgan qulogʻini sevikli yoriga joʻnatgan emish. Hammasi Gogen bilan uchrashuvdan soʻng yuz berdi. Oʻshanda muojaro vujudga keldi. Uning davomida Van Gog doʻstiga ustara bilan tashlangan, lekin doʻsti Vinsentni toʻxtatib qolishga muvaffaq boʻlgan. Oʻsha kechaning oʻzida rassom afsus shijoatida oʻzining qulogʻini yumshoq joyini kesib tashlagan. Baʼzi tafqiqotchilar fikriga koʻra, bu afsuslanish emas, balki absentni meʼyordan ortiq isyeʼmol qilishdan kelib chiqqan, aqldan ozishning namoyon boʻlishidir.

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Kitoblarda, rasmarda va kinolarda biz vikinglarni shoxli dubulgʻalarda koʻrishga oʻrganib qolganmiz. Biroq, arxeologlar xozirgacha ham ularning dubulgʻalari qanday shaklda boʻlganini aniq aytib bera olmaydilar. Ommaviy madaniyatda vikinglarni qanday koʻrishda tasvirlashlari qabrlarda topilgan rasmlar bilan bogʻliq. Xozir olimlarning taxmin qilishlaricha, bu kabi dubulgʻalar ishlatilgan boʻlsada, faqat diniy marosimlardagina ishlatilgan, lekin jangda emas. Bundan tashqari, bu bosh kiyimi uzoq oʻtmish, bronza davrida, vikinglardan ancha oldin, ixtiro qilingan edi.

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Olimlar uchun Stounxendj - sayyoramizning eng sirli haykalidir. Doimiy ravishda, nima uchun bahaybat toshlar aylana boʻylab terib chiqilgani haqida yangi farazlar paydo boʻladi. Haqiqatda esa, avvaliga Stounxendj xaotik tartibda sochib yuborilgan toshlardan tashkil topgan edi. 1901yili Vilyam Gouland boshchiligida haykalning birinchi yirik restavrasiyasi boshlangan. Tarmoqlarda yaqinda paydo boʻlgan surʼatlar, Stounxendjni qadimda aslo unday boʻlmaganini isbotlaydi.

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Tarix darslarida bizga Amrikani Xristofor Kolumb evropaliklar uchun 1492 yili ochgani toʻgʻrisida aytib berishar edi. Biroq, yangilangan maʼlumotlarga koʻra, X asrda vikinglar gʻarbga tez-tez qilgan suzishlari bilan Amrikaga tashrif etgan birinchi evropaliklar boʻlganlar. Oʻsha vaqtda Shimoliy Amerikaning aholisi va Evropa aholisi oʻrtasida birinchi genetik kontakt yuz bergan.

Bizni hali hamon aldab kelayotgan 6 ta tarixiy faktlar

Shotlandiyalik shoir Djeyms Makferson, III asrning kelt bardi, Ossianning dostonlarini, gel tilidan tarjima qilish bilan mashxur boʻlib ketgan edi. Oxirgi nashrdan soʻng yozuvchidan qoʻlyozmalarning asl nusxalarini koʻrsatishni avvaliga iltimos, keyin esa, talab qilishdi. Makferson xech qanday dalillar keltirmasdan, har qanaqasiga javobgarlikdan boʻyin toblab yurgan. Hali hamon ham, Ossianning dostonlarini haqiqiy ekanini tasdiqlovchi qoʻlyozmalar topilmagan. Endilikda dostonlarini mistifikasiya deb hisoblashmoqda.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar