Qiziqarli

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Fizik Enriko Fermi tomonidan ilmiy dunyoga kiritilgan paradox quyidagicha nomlanadi: “Qani hamma?”. Aniqroq aytganda: “Qani hamma oʻzga sayyoraliklar?”.

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Butun olamni, yer yuziga oʻxshash sayyoralar sonini, hamda bir qator boshqa oʻzgaruvchilarni baholagan payt, galaktikamizda boshqa oʻn minglab yoki koʻproq yer yuzidan tashqari sivilizatsiyalar mavjud boʻlishi kerak, degan xulosaga kelish mumkin. Biroq, agar oʻzga sayyoraliklar mavjud boʻlsa, nega biz haligacha ular bilan toʻqnash kelganimiz yoʻq?

1. Yer – noyob sayyora

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Noyob Yer gipotezasi taxmin qilishiga koʻra, ushbu sayyorada hayotni yaratgan zanjir shunchalik qiyin ediki, faqatgina biologik jihatdan mukammal boʻlgan faktorlar birlik uni boshqa joyda yaratilishiga imkon tugʻdirgan boʻlar edi. Biroq, olamda Yer sayyorasiga oʻxshash sayyoralar boʻlishi mumkin, lekin ularning birontasida hozirgidek hayotni yaratish uchun kerakli shart-sharoitlar boʻlmasligi mumkin.

Boshqa soʻz bilan aytganda, biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganimizni sababi yoki ular umuman mavjud emasligida, yoki ular shunchalik kamki, ular bilan bogʻlanish imkoniyati juda juda kichik.

Yer sayyorasini hayot uchun shunchalik mehmondoʻst qilguvchi asosiy omil, bu unga xos boʻlgan uzoq vaqt davomida noyob orbita va sayyora joylashuvi sababli moʻtadil iqlim sharoitlarida saqlanib kelinishi. Quyosh va Oydan boshqa uzoqlikda joylashganida, balkim, sayyoramiz yoki haddan tashqari issiq, yoki sovuq boʻlar edi, kislorod hajmi yetarli boʻlmas edi yoki xohlagan hayot shakllariga ega boʻlish uchun haddan ziyod nomoʻtadil boʻlarmidi.

2. “Ular” olamni tark etishdi

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Afzallik taxminiga koʻra, oʻzga sayyoraliklarning maʼnaviy hayoti olamimizda mavjud boʻlgan, ammo, bir kun u shunchalik mukammallikka erishganida, uning vakillari yaxshiroq hayotga qarab harakat qila boshlaganlar. Buning mazmuni shu boʻlishi mumkinki, oʻzga sayyoraliklar shunchalik evolyutsiyalashganki, kosmosda har qanday aktivlikni toʻxtatib, oʻz eʼtiborlarini ichki muhitga qaratishgan. Bunday konsepsiyani zamonaviy kompyuterlarning kichraytirilishi bilan taqqoslash mumkin. Avvalambor, hisoblash mashinalaributun xonalarni egallovchi ulkan apparatlarga oʻxshash boʻlgan, lekin texnologiyalar rivojlanishi bilan ular kichrayishni boshlagan, bir vaqtning o'zida o'z mushkulligi va kuchi hajmini kattalashtirgan. Ushbu Afzallik taxmini tarafdorlari oʻylashlaricha, maʼnaviy hayot koʻpincha maydon, vaqt va materiyadan foydalanishning samaradorligiga intilgan holda rivojlanadi. Oxir oqibatda, balkim biz ham nanomasshtabda yashaymiz va ishlaymiz, natijada oʻz texnologiyalarimizni qayerlardadir boʻlgan maydon va vaqt kontinuumiga oʻtkazamiz.

3. Yer biz oʻylaganchalik yaxshi emas

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Garchi, oʻzga sayyorliklar bizning sivilizatsiyamizda qiziqqan boʻlishlari mumkinligi ozgina magʻrurlik belgisi emasmi? Olamda bundanda qiziqroq joylar mavjud boʻlishi mumkin, va aqli bor jonzotlar oddiy Yerga emas, aynan oʻshalarga eʼtiborlarini qaratishlari ehtimoli koʻproqdir. Oʻzga sayyoraliklarga shunchaki ushbu rivojlanmagan sayyora vakillari bilan gapiradigan gapni oʻzi yoʻq, degan gumonlar bor. Bundan tashqari, ular, ehtimol, ilgari ketgan texnologiyalarga ega, va ular bizning qandaydir bilimlarimizga muhtoj ham emasdir. Hatto bizning sayyoramiz resurslari ular uchun oʻziga xos emas – baʼzi elementlar va minerallarni yigʻishga qaror qilgan oʻzga sayyoraliklar bu uchun Yerga tashrif buyurishlari shart emas: biz egalik qilayotgan barcha elementlarni kosmosdagi boshqa xohlagan joyida ham terish mumkin.

Bundan tashqari, boshqa sayyoralar qanchalik rivojlangan boʻlishiga qaramasdan, kosmosda uzoq masofalarga sayohat qilish – ehtimol juda koʻp mehnatni va kuchni talab qiladigan tashkilotchilik ishlari boʻlsa kerak. Oʻzga sayyoraliklar galaktikada Yerga oʻxshash 8.8 mlrd sayyora boʻlgan paytda aynan biz bilan uchrashish uchun harakatlarini sarf qilishga qanchalik imkoniyat bor? Ushbu nazariya tarafdorlariga koʻra, bizning sayyoramiz – butun olam yashovchilarining oliy maqsadi, degan fikr Galileyga quvgʻinlarni tashkil qilganlar tarafdorlarining geosentrizm haqidagi fikriga oʻxshab ketadi.

4. Biz virtual voqelikda yashaymiz

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

“Planetarium” taxminiga binoan, bizning dunyomiz, bizga gavjum boʻlmagan Olam haqidagi illyuziyani beruvchi virtual voqelik ekanligi inkor etilmaydi. Biz yerdan tashqari hayotni uchratmaganimizning sababi, ushbu tushuncha shunchaki bizning voqelik dasturimizga yozib qoʻyilmaganligidir.

Ushbu nazariya bizni Dekart savoliga undaydi “Qanday qilib biz atrofimizdagi dunyo real ekanligini bilishimiz mumkin, balkim, biz – shunchaki real hayotda yashayapmiz deb oʻylayotgan tana ichidagi miyadirmiz? Ushbu fikrni ancha zamonaviy tilga oʻgirsak, ushbu nazariya tarafdorlari, biz galaktika masshtabida yer yuzi va kuch bilan boshqara oladigan, oʻzga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan kompyuter simulyatsiyasida joylashgan degan maʼnoni bildiradi. Nega endi oʻzga sayyoraliklar bizni xuddi ichida chumoli koloniyasi bor akvariumga qaragandek, poylashni qohlashmas ekan?

5. Biz kosmik choʻlda yashaymiz

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Agar oʻzga sayyoraliklarning maʼnaviy hayoti mavjud desak ham, mabodo bizning sayyoralarimiz bir-biridan haddan tashqari uzoq joylashgan boʻlsa, va shu sababli bogʻlanishni oʻrnatish yechimsiz muammoga chiqarib qoʻyilsa?

Ushbu fikr ildizlari elementlar qanday qilib xohlagan muhitda guruhlanishini tasvirlab beradigan perkolyatsiya matematik nazariyasidan kelib chiqqan. Bu nazariyaga binoan, Olam undagi obyektlar joylashuvi katta yoki kichik zichlikda boʻlgan maydonladan tashkil topgan. Boshqa aqlli jonzotlar yashaydiga sayyoralar katta masofa oraligʻidagi klasterda joylashgan boʻlishi mumkin, bir vaqtda Yer esa hammadan chetroq joyda joylashgan boʻlishi mumkin.

6. Biz oʻzga sayyoralik signallarni tutganimiz yoʻq (hozircha)

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Koʻpgina olimlar, masalan, Frenk Dreyk va Karl Sagan taʼkidlashadi: “Isbotlar yoʻqligi yoʻqlikni isbotlashdan farq qiladi”. Oʻzga sayyoralik hayotning borligini tekshirishlari uchun olimlar kerakli barcha asbob-uskunalar bilan taʼminlanishlari uchun, kerakli mablagʻ bilan davlat taʼminlay olmasligi sababli toʻxtatilib turmoqda. Tarixan shunday tuzilganki, yerga mansub boʻlmagan aqlni qidirish dasturlari boshqa tadqiqot laboratoriyalaridan qarzga olingan radioteleskoplar va boshqa asboblar orqali amalga oshirilgan. Bu kabi sharoitlarda, tezkor rivojlanish imkoni borligi haqida gapirish, afsuski, nojoʻya harakat boʻlsa kerak.

7. Biz oʻzga sayyoraliklar signallarini taniy olmaymiz

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Hatto agar boshqa sayyoralar qayta tugʻilishga qodir boʻlsada, unda jonzotlar Yerda rivojlangan kabi rivojlana oladimi? Balkim, ular shunchalik boshqacha boʻladiki, biz ularni taniy olmaymiz yoki ular tomonidan beriladigan signallarni koʻra olmaymiz. Xuddi kalamushlar, biz atigi nurni koʻrgan paytda, ular ovozli toʻlqinlarni vizualizatsiya qilishlari kabi, odamlar va oʻzga sayyoraliklar umuman boshqa boshqa kommunikatsiya va persepsiya tizimlaridan foydalanilishadi degan katta ehtimol mavjud.

Kosmolog va astrofizik Lord Rid aytishicha: balkim ular shundoq bizga qarab oʻtirgandirlar ammo biz ularni koʻra olmasmiz. Muammo shundaki, biz minimum darajada oʻzga sayyoraliklar, bizning texnologiyalarimizga oʻxshash biron narsaga ega boʻlishlari kerak, degan fikr bilan, oʻzimizga oʻxshagan biron narsani qidirayotganimizda. Gumon qilishimizcha, hayot va idrok shakllari, biz oʻzimizga tasavvur qila olmaydigan shaklga ega.

8. “Ular” allaqachon bizning oramizda

Oʻzga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi

Bu ilmiy fantastikadek eshitilsada, koʻpgina taniqli va hurmatli odamlar oʻzga sayyoraliklar allaqachon bizning oramizda yashamoqda degan fikrga amin. Masalan, Kanadaning mudofaa vazirligi sobiq vaziri Pol Xellayder intervyu bergan, va unda u, Yer 80 ta turli xil oʻzga sayyoralik hayot bilan gavjum deb taʼkidlagan. Arizona davlat universitetidan fizik Pol Devis va shifokor Shimoliy Kentukki universitetidan Robert Trandl oʻzga sayyoraliklar mavjudligi haqida oʻxshash fikrni bildirgan. Balki, nufuzli olimlar va siyosatchilar tushunchalarini shuningdek, mavjud variantlar roʻyxatidan chiqarib yubormaslik kerak.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar