Sayyoramiz haqida, ehtimol siz birinchi marotaba eshitayotgan 10 ta fakt

Haqiqatda esa bu unday emas - baʼzi olimlar, odamlar Yer haqida butun koinot haqida bilib oʻrganganlaridan koʻra kamroq narsani bildilar, deb hazil qiladilar.
Siz uchun odam.uz bizning sayyoramiz haqida, ehtimol sizni hayratga soladigan, bir qancha qiziqarli faktlarni yigʻdi.


Mauna-Kea vulqoninig dengiz sathidan balandligi 4 205 metrni tashkil qiladi, ammo uning katta qismi suv ostida yashiringan. Buchoʻqining umumiy balandligi esa, 10 203 metrni tashkil qiladi, yaʼni Everestdan 1 355 metrga ortiq.

Karman chizigʻi - bu shartli chiziq boʻlib, u dengiz sathidan 100 kilometr balandlikda joylashgan. Yer atmosferasi ancha balandda tugashiga qaramay, Xalqaro aviasiya assosiasiyasi aynan shu belgini koinot va atmosfera oʻrtasidagi chegara deb tan olgan.

Sayyoramizning eng qurgʻoqchilikli joyi deb - Chilining Atakama choʻli hisoblanadi. U yerda yogʻingarchilikkar bir necha ming yildan beri boʻlmagan. Lekin, Yerda yogʻingarchiliklar 2 million yildan beri boʻlmagan joy bor boʻlib, bu Antarktidada joylashgan Mak-Merdo quruq vodiylaridir. Bundan tashqari, bu yerda sayyoramizdagi eng kuchli shamollari esadi.

Sayyoramizning 97% suvi dengiz va okeanlarda joylashgan boʻlib, uning barchasi tarkibida yuqori miqdorda tuzlar va minerallar borligi sababli isteʼmolga yaroqsiz. Qolgan 3% suvdan 70% muzliklarda joylashgan, qolgan 20% esa Baykal koʻlida.

Eng qadimiy Gyobekli-Tepe nomli ibodatxona kompleksi qoldiqlari xozirgi zamonaviy Turkiya hududida joylashgan. Devorlar qoldiqlaridagi topilgan surʼatlar, olimlarga 11 000 yil avval Yerga kometa qulaganini va buning natijasida butun sayyoramizning harorati pasayib ketgani toʻgʻrisida taxmin bildirishlariga imkon berdi.

Shveysariya olimlarning ilgari surgan taxminlariga koʻra, 4,36 milliard yil avval Yer gipotetik sayyora Teya bilan urinma boʻyicha toʻqnash kelgan. Buning natijasida Yer mantiyasi uzilib, sayyoramizning tabiiy yoʻldoshiga aylangan.


Hammaga maʼlumki, 335-175 million yil avval mavjud boʻlgan yagona Pangeya qitʼasi Lavraziya va Gondvanada boʻlingan. Ular esa, keyinchalik xozirgi kunda mavjud boʻlgan qitʼalarga boʻlinganlar.
Olimlarning bashoratlariga koʻra 250-300 million yildan soʻng qitʼalar qaytadan yagona boʻlib birlashadilar va Soʻnggi Pangeya nomli superqitʼa hosil qiladilar.

Masachuses texnologiya universitetining olimlarining nazariyalariga koʻra, natijasida Yer yuzida 90% tirik mavjudotlar qirilib ketgan, ommaviy qirgʻnning sababi boʻlib, atigi bitta metanosarsina nomli bakteriya xizmat qilgan.
252 million yil avval Dunyo okeani suvlarida uning miqdorining oʻsishi olimlarga maʼlum boʻlgan xasharotlarning ommaviy qirilishiga olib kelgan. Aynan shu dinozavrlarning ajdodlari - arxozavrlarga "hayotga yoʻl" bergan deb hisoblanadi.

Maʼlumki, Dunyo okeani yer sharining 71% ni egallaydi. Quyosh nurlari bilan yoritilgan suv qavatining qalinligi 200 metrdan oshmaydi. Qolgan barcha suv qavatlari qorongʻulikda joylashgan. Shunga muvofiq, sayyoramizning katta qismi, kun va tunning istalgan vaqtida, zulmatga choʻmgan.


Amerikalik Samoa va Kiribatiga tegishli boʻlgan Layn orollari oʻrtasidagi masofa atigi 2 000 kilometr boʻlishiga qaramay, vaqtning farqi 25 soatni tashkil qiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



