Stiven Xoking haqida 10 ta kam maʼlum boʻlgan faktlar


21 yoshida unda biqin amiotrofik skleroz (Lu Gerig kasalligi) degan kasallikni topishdi va shifokorlar unga uch yildan koʻp hayot kechira olmasligini aytishdi. Xokingga bu fikr umuman yoqmadi, va mana u 74 yoshigacha yashay oldi. Biz, albatta matematiklar emasmiz, ammo 53 yil, oʻsha vaqtdan sanaganda, aniq 3 yildan koʻproq.


Siz koʻpgina yulduzlar kasalxonalarga bolalar koʻnglini koʻtarish uchun superqahramon kiyimida borishlarini bilarmidingiz? Xoking ham bundan mustasno emas – u hatto harakatlana olmasang ham qanchalik toʻliq hayot kechirish mumkinligini koʻrsatish uchun kasal bolalar bilan uchrashib turadi. Shu bilan birga u, eftanaziya huquqi uchun kurashadi, va xayriya uchun pul yigʻadi, shuningdek, u Ice Bucket Challenge va Paraolimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Aytgancha, superqahramonlar haqida…


КBilishingizcha, Stiven Xoking umuman harakatlana olmaydi. Ammo, unchalik emas. Uning yuz muskullari harakatlanadi, va u ular orqali gaplasha oladi. Ha, unda nutqni sintezlaydigan maxsus uskuna bor, shu uchun ham buni shubhasiz, Stiven Xokingning antiqa sehri deb atasa ham boʻladi. Aytgancha, nutq sintezatorini u uchun ikkinchi xotinining birinchi turmush oʻrtogʻi ishlab chiqdi.
Bu juda ham qiziq va qarama-qarshi holat – dunyodagi eng aqlli inson boʻlish va bir vaqtning oʻzida umuman harakatlana olmaslik. Xoʻsh, unda Stivenning dunyodagi eng psixodelik guruhlardan biri Pink Floyd bilan hamkorlik qilishga rozi boʻlganligini tushunsa boʻladi. Ha, Stiven Xoking ularning oxirgi albomi ustida ishladi, aniqrogʻI ikkita albomi ustida: The Division Bell va The Endless River. Stiven Xoking “Talkinʼ Hawkin” qoʻshigʻida… ijrochi sifatida ishtirok etadi. Kompozitsiyada uning robotlangan ovozi va nutq sintezatori eshitiladi.
Stiven Xoking nafaqat qariyb qoʻllari bilan Olamdagi qora tuynuklarni chetga suradi va dunyodagi eng zoʻr guruh bilan kuylaydi, shuningdek u semirishni yomon koʻradi. Xoking umuman harakatlana olmasligini inobatga olgan holda, u nega shuncha sogʻlom odamlar haddan tashqari semirib ketadi degan fakt bilan kelisha olmaydi. U hatto bu haqida video yaratgan, va unda quyidagi soʻzlar jaranglaydi: “Baxtiga, yechim juda oson: jismoniy aktivlikning oshirilishi va ovqat isteʼmol qilish tartibini oʻzgartirilishi… Ishoning – bu oliy matematika emas”.
Xoking – albatta, daho olim, shu uchun ham u bizning sayyoramiz chegarasidan tashqari hayot borligiga ishonishi ham tushunarli hol. Va u hatto oʻzga sayyoraliklar allaqachon bizning oramizda bor yoki NUJ – ularning kemasi deb taʼkidlaydi. Xokingning aytishicha, U YERDA nimadir bor, va agar biz qachondir oʻzga sayyoraliklarni topsak, yaxshisi ulardan yashirinish kerak. “Agar oʻzga sayyoraliklar qachondir biznig sayyoramizga tashrif buyurishsa, buning natijasi, Amerikaga qadam bosgan Kolumb holatidan ham battarroq holat yuzaga kelishi mumkin. Siz bundan keyin u yerda yashab turgan aholi bilan nima sodir boʻlganligi yodingizda boʻlsa kerak?”
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



