Pissani qanday qilib tez tayyorlash: bu mazali taomning asosiy sirlari va reseptlari

Lekin, odatda sotib olinadigan pissa mazali boʻlmaydi, oʻzimiz tayyorlasak, uzoq vaqt oladi. Shu sababli, shirin pissa yeyish istagi amalga oshmaganicha qolib ketadi. Ammo, bularning bari oʻtmishda qoldi. Bugun biz sizlarga pissani qanday qilib tez tayyorlash haqida gapirib beramiz, hamda uni tayyorlash reseptlari va sirlari bilan oʻrtoqlashamiz.

Tez tayyorlanadigan pissa sizdan 15 dan to 40 daqiqagacha vaqt talab etadi. Hammasi taomingiz uchun siz ishlatishga qaror qilgan xamirdan va nachinkasiga bogʻliq boʻladi. Oxirgisi uchun muzlatkichda behuda turgan barcha narsalar toʻgʻri keladi: sabzavotlar, goʻsht, farsh yoki vetchina boʻlagi. Siz faqat maxsulotlarning yangi ekaniga ishonch hosil qilish qoladi. Faqat shundagina tayyor boʻlgan taom haqiqatdan mazali chiqadi.
Alohida eʼtiborni pishloqqa qarating: aynan shu maxsulot asosiy ingredient boʻlib, pissaga mayin va yumshoq taʼm beradi. Pissa uchun yaxshisi pishloqning qattiq turlarini tanlagan afzalroq. Yana bir omadli variant bu - mosarella, u xamirga shimilib ketadi va nachinkani bitta butun qilib yigʻadi.
Pissa uchun eng oddiy va keng tarqalgan sous bu - tomat sousidir. Siz uni yangi pomidorlardan, sifatli tomat pastasidan yoki uy sharoitida tayyorlab qoʻyilgan zagotovkalardan tayyorlashingiz mumkin.
Nachinka uchun maxsulotlar siz qoʻllamoqchi boʻlgan reseptingizdan kelib chiqqan holda tanlanadi. Vegetarian pissasi uchun turli xil sabzavotlar aralashmasi toʻgʻri keladi. Tomat pastasi goʻsht maxsulotlari bilan juda yaxshi mos keladi. Klassik "Margarita" uchun sizga atigi 3 ta ingredientlar kerak boʻladi (pishloq, bazilik va tomat). Tovuq goʻshtini qoʻziqorinlar bilan birga qoʻllagandek, ananaslar bilan ham qoʻllash mumkin, agarda siz gavay pissani yaxshi koʻrsangiz, va hakazo.

Yupqa, mayin xamir yogurt yoki kefir asosida yaxshi chiqadi. Bunday xamirning ajoyib taʼmga qoʻshimcha asosiy qulayliklari bu - tayyorlashda juda tez va muzlatkichingizda deyarli doim bor boʻladigan ingredientlarning minimal kerakligida.
Yogurt asosidagi tez tayyor boʻlgan xamir uchun bizga:
Un - 1stakan.
Tabiiy, qoʻshimchalarsiz yogurt - 1 stakan.
Razrixlitel - 1 choy qoshiq toʻla.
Tuz, muruch - tabga koʻra.
kerak boʻladi.
Un, yogurt, tuz va muruchlarni aralashtirib xamir tayyorlang. Uni yuzasiga un sepilga stolga qoʻying va oʻznigizga kerak boʻlgan shaklga keltirib yoying.
Bu yengil drojjasiz xamirga alternativa boʻlib kefir asosida tez tayyor boʻladigan xamir boʻla oladi. Uni tayyorlash uchun bir oz koʻproq masalliqlar kerak boʻladi, biroq u ham yuqoridagi yogurt asosidagi xamir kabi onson tayyorlanadi.
Agarda sizning uyingizda drojjilar bor boʻlsa, siz bir zumlik drojjili pissa xamirini qilib koʻring: tayyorlash uchun ingredientlarning minimal miqdori va atigi besh daqiqa vaqt.
Tez tayyor boʻladigan drojjili xamir uchun bizga:
Un - 3 stakan.
Suv - 1 stakan.
Drojji - 1 ta paketcha.
Zaytun yogʻi - 3 osh qoshiq.
kerak boʻladi.
Tez tayyor boʻladigan xamir uchun yana bir variant - mayonez asosidagi tez tayyor boʻladigan xamir.
Mayonez asosida tez tayyor boʻladigan xamir uchun bizga:
Un - 1 stakan.
Mayonez - 4 osh qoshiq.
Tuxum - 2 dona.
Smetana - 4 osh qoshiq.
Soda - 1/2 choy qoshiq
kerak boʻladi.
Tuxumlarni koʻpirtiring, soʻng unga smetana va mayonez qoʻshing va bir tekkis aralashma hosil boʻguncha yaxshilab aralashtiring. Elangan unga soda qoʻshing va ularni tuxum, mayonez, smetanali massa bilan aralashtiring. Massani yaxshilab aralashtiring, soʻng yogʻlangan tovaga soling. Bunday xamirli pissa 10 daqiqaga yaqin vaqt ichida tayyor boʻladi.

Kefir yoki tabiiy yogurt asosida tez tayyor boʻladigan xamirdan pishadigan pissa yarim soatdan koʻp vaqt kerak boʻladi. Xamirni listga solishdan avval albatta pergament qogʻozini ishlating. Sousni qoʻshing va nachinkani soling, soʻng qirgʻichdan chiqarilgan pishloqni masalliqlar ustiga seping. Temperatirani 200 darajadan oshirmang - u holda pissa tez quyib qoladi. Hamda pissa ham tepasi ham pasida bir tekkis pishishini nazorat qiling.
Sizga tez tayyor boʻladigan pissaning reseptlari termamizni havola qilamiz: birinchidan, bu pissa-tartiflet - juda ham original va mazali fransuz va oʻrtayer dengizi oshxonalari uygʻunligi; ikkinchidan, oʻrmon qoʻziqorinlarili oddiy pissa; uchinchidan, salyami, pishloq va shampinyonlar bilan haqiqiy uy sousili tez tayyor boʻladigan ajoyib va oddiy pissa. Bu reseptlarning bari tayyorlash uchun sizdan 20 daqiqadan koʻp vaqt olmaydi. Tayyor boʻlgan taom esa, oʻzining ajoyib taʼmi bilan sizni hayron qoldiradi.
Yana bir ajoyib yechim - ananas va vetchinali ekspress-pissa. 15 daqiqa va taom tayyor!

Tovada pishadigan tez tayyor boʻladigan pissa uchun mayonez va smetana asosida tayyorlanadigan xamir toʻgʻri keladi. Uning reseptini yuqoriroqda topishingiz mumkin. Xamirni yogʻ surtilgan tovaga solinadi, sous va boʻlajak pissaning hamma kerakli ingredientlarini qoʻshing, qirgʻichdan oʻtkazilgan pishloqni ustiga sepib 10-15 daqiqa qovuriladi.
Aytganday, tovada pishiraladigan tez tayyor boʻladigan pissaning ajoyib varianti boʻlib kartoshkadan qilinadigan pissaning resepti boʻla oladi. Siz hattoki, xamir tayyorlash uchun vaqt sarflashingiz ham kerak boʻlmaydi: minimal qoʻshimcha ingredientlar ishlatgan holda, kartoshka asosida ajoyib va original pissa 15 daqiqada tayyor boʻladi.

Tezkor pissani hattoki, mikrotoʻlqinli pechda ham tez tayyorlash mumkin. Bu taomning mikrotoʻlqinli pechda tayyorlanishining asosiy afzalliklari hayratga soladi: pissa kuyib ketmaydi, ham ichidan, ham tashqarisidan bir tekkis pishadi, bunday pissa uchun har qanday xamir - drojjili, drojjisiz va hatto, qatlam-qatlamli ham toʻgʻri keladi, nachinkasi esa, turli xil boʻlishi mumkin.
Pissani pishish uchun oldindan qizdirib qoʻyilgan mikrotoʻlqinli pechga qoʻying (bir stakan suvni 2 daqiqaga isitishga qoʻying). Pissa uchun yaxshisi chuqur idish tanlaganingiz va uni folga bilan ustini yopish kerak (folga xech qanday sharoitda pechning devorlariga tegmasligi kerak). Taomni ustiga pishloqni u tayyor boʻlgandan keyin seping, bundan soʻng, agar, zarurat boʻlsa, pechga yana 2 daqiqaga, yuqori quvvatda, isitishga qoʻying.
Mikrotoʻlqinli pechda pissa tayyorlayotganda sousga albatta, alohida eʼtiborni qaratish kerak. Agar, u yetarli darajada boʻlmasa, pissa quruq va bemaza boʻlib chiqadi. Sousni pissaning asosiga surtish uchun hamda, nachinkani tayyorlash uchun ishlating: shu holda tayyor taom sersuv va haqiqatda shirin boʻlib chiqadi.
Drojjisiz xamir asosidagi tezkor pissa mikrotoʻlqinli pechda 10 daqiqada pishadi; drojjili xamir asosida esa, - undan ham tezroq: atigi 5-6 daqiqada, maksimal quvvatda tayyorlagan holda. Taomning tayyor boʻlganini tekshirgach, siz doim uni qoʻshimcha tayyorlash vaqtiga qoʻyishingiz mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



