Muhabbat va yaqin qarindoshlik nikohi


Taniqli amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po nafaqat oʻzining detektiv asarlari, balki oʻz shaxsiy hayoti bilan ham dong taratgan. 26 yoshida u ota-onasi bilan hafalashib qolib, jahl ustida uyidan chiqib ketadi va ammasinikida yashay boshlaydi. Yozuvchi ammasi missis Klemmnikida yashar ekan, uning 12 yashr qizi, yaʼni oʻzining jiyani Virdjiniyani chin dildan yoqtirib qoladi.
Ishq olovida qiynalayotgan jiyanini koʻtrgan ammasi yoshlarga oila qurishlariga ruxsat beradi, faqat Virdjiniya balogʻat yoshiga yetishishini kutish sharti bilan. Juftlik baxtli yashay boshladilar, biroq oila baxti uzoqqa choʻzilmadi: tuberkulyoz kasalligi tufayli Virdjiniya vafot etdi. Ikki yil oʻtgach esa yozuvchining oʻzi ham xotiniga kuyib, uning ketidan ravona boʻldi.

Igor Stravinskiy XX asrning eng iqtidorli kompozitorlaridan biri hisoblanadi. Amakivachchasi boʻlmish Yekaterina Nosenko bilan bolaligidan doʻst boʻlib kelgan, keyinchalik bu munosabat chuqurlashib, muhabbatga aylangan. Stavrinskiy oʻz sevganiga uylanmoqchi boʻladi, biroq pravoslav cherkovi bunday nikohni taʼqiqlar edi. Oxir-oqibat kompozitor bir ruhoniyni koʻndira oldi va 1906 yilda juftlik nikohdan oʻtdi.

Amerikalik president Franklin Ruzveltni Avraam Linkoln hamda Jorj Vashington bilan bir qatorga qoʻyadilar. Uning rahbarligi ostida mamlakat Buyuk depressiya davridan chiqa oldi va katta tezlikda rivojlana boshladi.
Franklin Ruzvelt oʻzining qarindoshi boʻlmish Eleonora Ruzvelt bilan nikohdan oʻtadi. Eleonora Ruzvelt boshqa amerikalik president Teodor Ruzveltning jiyani edi. Franklinning onasi bunday nikohga qarshi chiqadi, biroq sevishganlar uchun bu toʻsiq boʻla olmadi. Tarixdan maʼlumki, ular nafaqat baxtli oila qura oldilar, balki siyosiy maydonda ham oʻzlarini koʻrsata oldilar. Eleonora eri kabi mamlakatni boshqarishda faol ishtirok etdi va shuhrat qozondi.

Taniqli tabiatshunos va evolutsiya nazariyasining asoschisi Charlz Darvin oʻz amakivachchasi Emma Vedjvudga uylangan. Taqdir charxpalagini qarangki, olim oʻz hayoti tajribasida qarindoshlik nikohidan qanday bolalar tugʻilishini koʻrdi. Oʻnta farzandlaridan uchtasi oʻldi, qolganlari juda nimjon boʻlib oʻsdilar. Buning sababi yaqin qarindoshlik nikohi boʻlib, Darvin buni yaxshi bilar edi va hattoki ushbu mavzuga bagʻishlab bir nechta ilomiy ishlar ham yozdi.

Yozuvchi Alan Miln oʻzining oʻgʻlini bolalar uchun moʻljallangan “Ayiqcha Vinni-Pux va doʻstlarining sarguzashtlari” nomli ertagida Kristofer Robinning prototipi sifatida gavdalantiradi. Hatotda ota va bolaning munosabatlarini yaxshi deb boʻlmas edi. Kristofer yozuvchi otasi unga vaqt ajrata olmaganligidan hafa boʻlar edi. Keyinchalik Kristofer Miln oʻz amakivachchasi Lesli de Selinkurtga uylanishga qaror qilganida vaziyat yanada chuqurlashdi. Kristoferning ota-onasi bindan jahllari chiqdi, onasi naq 15 yil oʻgʻli bilan gaplashmadi.
1956 yilda Kristofer Milnva uning turmush oʻrtogʻI nihoyat farzandli boʻldilar. Uzoq kutilgan bu qizaloqda serebral falajlik kasalligi aniqlandi.

Qirollik oilalari uchun yaqin qarindoshlik nikohi odatiy hol edi – bunday nikoh siyosiy oʻyinlarning bir qismi hisoblanar edi, shuning uchun ham bunday oilalarda mehr-muhabbat va bir-birlarini tushunish kamdan-kam uchrar edi. Biroq qirolicha Viktoriya va amakivachchasi Albert Saksen-Koburg-Gotskiy orasidagi nikoh bundan mustasno edi. Bu nikohda manfaatdan koʻra muhabbat birinchi oʻrinda edi. Viktoriya va Albert toʻqqiz nafar farzandni dunyoga keltirdilar. Qirolichaning turmush oʻrtogʻi vafot etganidan soʻng umrining oxirigacha motamda yurdi.

Hozirgi kunda faoliyatdagi qirolicha Yelizaveta va shahzoda Fillipning oila qurganlariga 70 yil toʻldi. Ular bir-birlariga uzoq qarindosh hisoblanadilar. Ular uchinchi ajdoddagi bobolarining nabiralaridir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



