просмотров
Dinozavrlar minib olgan odamlarni tasvirlovchi, qadimiy sur'atlarladan tortib, to miloddan avvalgi yadro quroligacha - bularning bari g'aroyib tuyulsada, ular logika va idrokka juda absolyut darajada zid keluvchi, arxeologik topilmalardir. Bu narsalar shu darajada sirli va noo'rinki, ular real ekaniga ishonish qiyin. Lekin ular mavjud!
Iki toshlari
Iki toshlari, Kolumbdan avvalgi davrniki bo'lib, bu arxeologlarning eng daxshatli qo'rqinchli tushidir. Ular, 20 asrning o'rtalarida ularni Peruda topib, qazib olinganidan beri, ilm fan olamini taajubga keltirib kelmoqda. Bu dinozavrlarning ajabtovur koleydoskopi, ular odamlar va zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafaslikda mavjudligi haqidadir. Balki, biz insoniyat tarixining o'nlab million yillarni "ko'zdan yo'qotgan" dirmiz? Nima uchun bu toshlarda murakkab operasiyalar, hattoki teleskopdan qarayotgan odamlar tasvirga tushirilgan?
Klerksdorpdan sferalar
Janubiy Afrika Respublikasida topilgan bu sferalar, bizni, qoyali sayyoraga aylanish uchun,Yer kurrasi endigina sovigan vaqtlarga, 3 milliard yil avvalga qaytaradilar. Tabiat bu kabi tekkis, aniq chiziqlarni yarata olishi juda ham amrimahol. Balki bu, Yerda gallaktikalararo sayyohlar tomonidan tashkil etilgan, o'ziga hos keramika bo'yicha master-klass bo'lgandir?
Hindistondagi radioaktiv skeletlar
Qadimiy radioaktiv skeletlarning topilgani boshi berk ko'chaga olib kelib qoyadi. Aytganday, qadimiy hind xronikalar millionlab odamlarni qirib yuborgan halokat haqida gapirib beradilar. Ammo, bu jumboqning javobi yo'q. Kim qadimiy shahar-davlatlar o'rtasida nizo ig'volarni minglab yillar avval qo'llab quvvatlab turgan? Xronikalarda samo Jang aravalari haqida va o'lim olib keluvchi qurol to'g'risida zikr etib o'tilgan, ammo ular kim tomonidan boshqarilganligi haqida xech qanday ma'lumot yo'q. Ular ilohiyotlar yoki o'zga sayyoraliklar bo'lganmi? Shunga qaramay, topilgan skeletlarda radioaktiv zarralar qolgan.
Londonlik bolg'a
Londonlik bolg'a tufayli geologiya to'g'risidagi kitoblarni qaytadan yozishni boshlasa bo'ladi. 400 million yillik yoshdagi qoya hosilmalarida bolg'a nima qilgan? Aytgandek, bolg'a Angliyada topilmagan, balki, Texas shtatida, kichik, London nomli qishloqchada yaqinida topilgan. Albatta buni mistifikasiya deb taxmin qilish mumkin, biroq geologlar bolg'a "yo'q i b qolgan" qoya tog' jinsi yoshini tasdiqladilar.
O'q teshiklari bor tarixdan ilgarigi bosh suyaklar
Aslini olganda, tarixdan ilgarigi ovchilarda tayoq va toshlarda boshqa xech nimalari yo'q edi. Bunga qaramay, arxeologlar g'aroyib artefaktlar topishdi-odamlarning va xayvonlarning ideal dumaloq teshikli bosh suyaklari.
Zamonaviy sudmedekspert, qo'lingizda 125000 yillik gominidning o'q bilan teshilgan bosh suyagini ushlab turganingizni tasdiqlaganidagi o'z reaksiyangizni ko'z oldingizga keltiring-a? Mistifikasiya? Vaqtlararo sayohat? Yana o'zga sayyoraliklar?
Akambaro shaklchalar
Siz ham qo'lingizda triseratopsni egarlab olgan kishini ushlab turibsizmi? Akambaro shaklchalari-o'tmishdagi odamlar dinozavrlar bilan juda yaxshi do'st bo'lganlarini guvohlaydilar. Shunday qilib, 1945 yili Meksikaning Akambaro shahrida, 33 mingta sopol va toshdan yasalgan shaklchalar topilgan bo'lib, ular arxeolog va tarixshunoslarni boshini qotirib qo'ygan. Shaklchalarninig yoshi 2500 yilda. Dinozavrlar 65 million yil avval qirilib ketishgan. Bu yerda nimalardir bir biriga to'g'ri kelmayapti.
Yoshi 300 mln yillik bolt
Yuqori darajada rivojlangan sivilizasiya qoldiqlarimi yoki...o'zga sayyoraliklar ishimi? Siz 300 million yillik qoya tog' jinsi ichidagi vintni ko'zdan kechirayotganingizda uchinchi variant yo'q. Skeptiklarning fikriga ko'ra bolt aslida, krinoid nomli, qadimiy okeanlarda yashgan, qazilma mavjudotidan boshqa narsa emas. Lekin, siz bundanda tilsimotli taxminni tanlashingiz mumkin.
Genetik disk
Genetik disk deb nomlanuvchi bu artefakt, liditdan tayyorlangan bo'lib, diametri 22 santimetr, Kolumbiyada topilgan. Unda ikki tomonida rivojlanish sikli tasvirlangan: spermatozoid va tuxumdondan tortib, to go'dakkacha. Savol: bizning zamonaviy olamimizning instrumentlari va mukammalashtirilgan metodlarsiz minglab yillar ilgari odamlar qanday qilib bu kabi delikat prosesslarni kuzatganlar?
Qadimgi Misr vertolyotlari
Piramidalar, mumiyolar, oltinga burkangan fir'avnlar.... Arxeologlar qadimgi Misr sivilizasiyasi haqida deyarli hamma narsalarni biladilar deb o'ylashga moyildirlar. Ko'p sonli ierogliflarning biriga yaxshiroq razm bilan qarash, uning ajablanarli noo'rinligini ko'rsatdi. Seti ibodatxonasidagi qadimiy yozuv alternativ taxminlarga o'rin qoldirmay, bu zamonaviy vertolyotligini ko'rsatmoqda. Sir sinoat buning o'zida tugamaydi. Uning yonida yana ikki sirli transport vositalari bor. Balki, qadimgi Misrliklar biz o'ylagandan ham aqlliroq va mehnatkashroq bo'lgandirlar?
Kalamushlar qiroli
Kalamushlar - ijtimoiy xayvonlardir. Lekin, qanday yo'l bilan bu to'da bir biriga juda zich holda dumlari bilan birlashib, so'ng esa, kollektiv o'lgan va mumiyolanib qolgan? Bundan tasgqari, kalamushlar qiroli bu faqatgina mif va afsona. To'ri, bunday daxshatli kompozisiyalar o'rta asr estetlari qo'llarining ishi degan taxmin bo'lgan edi. Agarda, zamonaviy odamlar gerbariylar qilsalar, nima uchun o'rta asrlar yashovchilari kalamushlardan guldasta qilas ekanlar?
Сообщения из Facebook