Dunyoning eng hayratlanarli rekordlaridan 10 talik

Mazkur afsonaviy kitobda turli tadbirlar va yutuqlar: tatuirovkalarning sonidan boshlab, soqollarning uzunligigacha, ekstrimal holatlarda oʻtkazilgan soatlar-u, oʻqish tezligigacha boʻlganlar qayd etib boriladi. Eʼtiboringizga ulardan eng munosiblarini taqdim etamiz. Balki kelajakda Siz ham ulardan biriga aylanarsiz.

"Yosh qizlik davrimda men koʻp davlatlarni koʻrishni va dunyoni yanada yaxshi qilishni orzu qilardim" ,- deb aytadi yosh rekordchi.
Kassandra De Pekol - dunyoning 2 rekordiga ega 27 yoshli sayohatchi. Xayriya fondlaridan olgan pullari orqali chiqqan sayohatini yaqindagina tamomladi. Kassandra oʻz sarguzashtlari mobaynida 193 ta mamlakatda va yana tortishuvli holatlar bilan 3 ta hududda (Kosova, Palestina, Tayvan)da boʻldi. Bundan tashqari uning ekspeditsiyasi 18 oy va 26 kun davom etdi. Bu esa uni dunyoning barcha davlatlarida boʻlgan eng tez sayohatchisi boʻlishini taʼminladi.

Uning siri nimada? U har kuni kechasi soat 3:00 da turadi va oʻqiydi.
Bu keksa italiyalikni bemalol juda yaxshi oʻqigan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Lusiano Bayetti- 70 yoshda, nafaqaxoʻr, Rim yaqinida istiqomat qiladi, universitetning bakalavr va magistratura darajalarini bitirganligi haqidagi 15 ta diplomga ega. Lusiano birinchi bor 2002-yilda oʻzining sakkizinchi diplomini qoʻlga kiritganida Ginnes rekordlari kitobiga kirgan edi.
Hozirgi kunda uning kabinetida falsafa, huquq, sotsiologiya, adabiyot, kriminologiya, harbiy strategiya, motor koʻnikmalari, jismoniy tarbiya va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha olgan diplomlari osilib turadi. Bundan tashqari u oziq-ovqat sohasi boʻyicha ham oʻzining 16-diplomini olishni rejalashtirgan.
![]()
Poliglot - bu 6 tilda bemolol gaplasha oladigan odam. Giperpoliglot esa 12 va undan ortiq tilda soʻzlasha oladi. Lekin Ginnes rekordlari kitobiga kirish uchun nechta tilni bilish kerak? Ginnes rekordlari kitobi 58 ta tilni biladigan Livanlik Ziad Fazahni aynan shu unvon bilan taqdirladi. Lekin uni taklif qilishgan bir teleshou paytida u bilaman deb aytgan chet tillarida berilgan oddiy savollarga ham javob bera olmaydi.
Yana bir shu unvonning nomzodlaridan biri germaniyalik Emil Krebs (1930-yilda vafot etgan). Uni 65 ta chet tilini bilishi va yana 120 tasini oʻrganayotgani aytilgan. Emil bundan tashqari 40 ta chet tilida "meni orqamdan oʻping" degan gapni ayta olishini maqtanib yurgan. Siyosatchi uchun juda muhim qobiliyat...

Bu qiz yaqinda ota-onasining oʻqish haqidagi iltijolaridan qutulish maqsadida Mensa sinovlaridan oʻtdi.
IQ test - inson ongi darajasini aniqlashning eng toʻgʻri yoʻli. Lekin mazkur sinovda yuqori ball olish juda qiyin. 2016-yilda Buyuk Britaniyalik 11 yoshli oʻquvchi qiz Kashmea Vahi bu testni ajoyib natijalar bilan-162 ball bilan topshirdi. Bundan xulosa qilish mumkinki, bu qizcha Albert Eynshteyn va Stiven Hoking kabi buyuk olimlardek juda aqlli. Qizchadan insoniyat uchun buyuk va foydali boʻlgan ochilishlarni kutib qolamiz. Bu davosi yoʻq kasalliklarga shifo topish borasida boʻlishiga umid qilamiz.
![]()
Mazkur rasmda Ashrita Furman fitbolda muvozanatni saqlab turish boʻyicha 2 soat, 16 daqiqa va 2 soniya natija bilan rekord qozonmoqda. Bu natija 2003-yil 22-iyul kuni afsonaviy Stounhenj xarobalari oldida oʻrnatildi.
Furman Nyu-Yorkda yashaydi, u spiritualizm taʼlimoti (oxiratga eʼtiqod va oʻlimdan keyin odamlarning ruhlar bilan gaplashishiga ishonish) izdoshidir. Bundan tashqari u dunyoning eng katta sonli rekordlarini qoʻlga kiritgan rekordchi ham hisoblanadi. Bir gapning oʻzida shuncha rekord soʻzi. Nima ham deymiz, fakt bu -fakt!
U oʻzining birinchi unvonini 1979-yilda, 27000 marta boshining tepasidan qarsak chalgan holda sakrab olgan. Shundan beri u dunyo boʻylab sayohat qiladi va Ginnes rekordlari kitobidan yana deyarli 200 ta sertifikatni qoʻlga kiritadi. Bundan tashqari u Eyfel minorasida oʻtirib turish soni boʻyicha eng maksimal son, Amerika inqilobiy Pol Revere mashhur ot poygasi yoʻlidan eng koʻp dumalab oʻtish va Buyuk Xitoy devori ustida kenguru atlamalı toʻp ustida bir mil (1,6 km) eng yuqori tezlikda sakrab oʻtish rekordlarini kiritgan.
![]()
Siz "Yomgʻir odam" filmidagi eng asosiy prototip janob Pik ekanligini bilarmidingiz?
Tez oʻqish - bu koʻp insonlar oʻrganadigan lekin yuqori natijaga erishish kamdan-kam uchraydigan bilimdir. Kim Pik bu borada juda qiziqarli misol. U jiddiy jismoniy nogiron va bir vaqtning oʻzida ajoyib qobiliyat egasidir. Uni kitoblarni juda ham tez oʻqigani uchun baʼzida "megaolim" deb atashadi.
Lekin eng asosiysi - u qachonlardir oʻqigan narsasining deyarli barchasini eslab qola oladi. Bir kuni Kim ikki koʻzi bilan 2 parallel sahifani bir vaqtning oʻzida oʻqib namoyish qildi. Shundan keyin bu oʻqish tekshirilgan, oʻqilgan matnning 98% ini tushinib yetgan.
Kim terisi qadoqsiz, miyasining ikki yarimsharini birlashtirib turuvchi pleksus nerv tolalarisiz tugʻilgan. Haligacha hech kim ogʻir kasalliklar bilan ogʻrigan"megaolimning" koʻnikmalarini tushuntirib bera olmaydi.
![]()
Joshua Slokum - kemachi sifatida qiyin hayot kechirgan. Lekin bu holat u nafaqaga chiqib, oʻzining buyuk sayohatini qilguniga qadar davom etgan. 1895- yil 24-aprel kuni 51 yoshli Slokum oʻzining dunyo boʻylab sayohatini boshlaydi. U oʻsha davrda jahon okeanlarida orientatsiya qilish uchun ishlatiladigan xronometrdan foydalanmagan, uning oʻrniga navigatsion hisoblarga qarab ish qilgan.
Dengizchi 1898-yil 28-iyunda 74000 km masofani suzib, yoʻlidagi qaroqchilar va oʻta xavfli toʻlqinlarga qaramay uyiga qaytib kelgan. Keyinroq u "Dunyo boʻylab yolgʻiz suzish" nomli kitobini yozadi. Bu kitobda qoʻrqmas dengizchining ajoyib taassurotlari haqida yozilgan. Joshua dengizda, qariganda ham suzishni oʻrganmagani uchun halok boʻladi.
![]()
Jordan Romero - dangasa oʻsmirlardan emas. 2010-yilda u Ginnes rekordlari kitobiga kirishga muvaffaq boʻldi. Romero 13 yoshida dunyoning eng baland choʻqqisi-Everest togʻini zabt etdi. U oʻzining "Yetti choʻqqi" orzusini roʻyobga chiqarish uchun Jamolungma (dunyoning eng baland togʻining yana bir nomlanishi) togʻiga chiqadi.
Uning rejasi dunyoning eng baland choʻqqilarini zabt etishdan iborat edi. Yosh yigit oʻzining oxirgi maqsadini 2011-yilning dekabr oyida Antarktidadagi Vinson choʻqqisini zabt etish bilan yakunladi. Shuning uchun ham Jordan 15 yoshida dunyoning eng baland 7 choʻqqisini zabt etgan eng yosh rekordchi sifatida tan olindi. Bu ishni u 5 oy va 12 kunda amalga oshirgan.
![]()
Vayli Post 1930-yillarning eng mashhur uchuvchilaridan boʻlgan. U bir necha rekordlar sohibidir. Uning eng katta yutuqlaridan biri dunyo boʻylab 7 kun, 18 soat, 49 daqiqadagi parvozidir. U butun bu masofani Vinni Pey nomli monoplanda avtoboshqaruvchi va kompas orqali bosib oʻtgan. Texnik muammolarga qaramasdan Post oʻzining oldingi xuddi shunday rekordidan (sherigi bilan) ham 10 soatga oʻzib ketdi. Baxtga qarshi, afsonaviy uchuvchi mashhur amerikalik komik artist Vil Rojers bilan 1935-yilda aviahalokat tufayli halok boʻladi.
![]()
Ginnes rekordlari kitobi "Dunyoning eng keksa insoni" unvonini tugʻilganlik va oʻlgan sanalari aniqlashtirilgan fransilayalik Janna Luiz Kalmanga topshirishdi. Kalman xonim 1997-yilda 122 yosh, 5 oy va 14 kunligida vafot etadi.
Dunyoda eng uzoq yashash - ajoyib bir muvaffaqiyatdir. Tasavvur qilib koʻring, bu ayol 1875-yilda tugʻilgan va zamonaviy tarixdagi muhim voqealarni hamda XIX asr oxiri va deyarli butun XX asrdagi mashhur siyosatchilarni yashab oʻtgan. U bundan tashqari oʻz yaqinlari va tugʻishganlaridan ham koʻp yashagan.
Bu ayolning genetikasi va hayot tarzi olimlar uchun qarilik va uzoq umr koʻrish borasida oʻrganish manbayi boʻlib qolyapti. Lekin shu narsa aniqki, Janna toza havoda sayr qilishni xush koʻrgan va bir vaqtning oʻzida bir necha sport turi bilan shugʻullangan. Siz ham bundan xulosa chiqarasiz degan umiddamiz!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



