Ishonish qiyin, ammo bu fakt!

Norvegiyada avtobusda kampirga joy berib balolarga qolib ketish mumkin, chunki uni haqorat qilgan boʻlasiz! Nima uchun Xitoyda uyning egasi boʻlgan bekaga gul sovgʻa qilib boʻlmaydi? Ayiqlar qanchalik aqlli va Angliyada qachon oxirgi boʻri oʻldirilgan? Bu va yana boshqa narsalar bugungi yiqqan maʼlumotlar toʻplamida. Bu yerda butun dunyodan va turli tarixiy davrlardan eng ajyoib va qiziq faktlar yigʻilgan. Dam olish kunlaridan oldin fikrlash uchun yaxshigina ozuqa.

Norvegiyada avtobusda kampirga joy berib balolarga qolib ketish mumkin, chunki uni haqorat qilgan boʻlasiz! Nima uchun Xitoyda uyning egasi boʻlgan bekaga gul sovgʻa qilib boʻlmaydi? Ayiqlar qanchalik aqlli va Angliyada qachon oxirgi boʻri oʻldirilgan? Bu va yana boshqa narsalar bugungi yiqqan maʼlumotlar toʻplamida. Bu yerda butun dunyodan va turli tarixiy davrlardan eng ajyoib va qiziq faktlar yigʻilgan. Dam olish kunlaridan oldin fikrlash uchun yaxshigina ozuqa.
1. Norvegiyada transport vositasida keksa yoshdagi kishilarga joy berish odat tusiga kirmagan. Chunki bu “odobdanemas”. Hisoblanishicha, bu harakatingiz bilan siz oʻzingizning jismoniy ustuvorligingiz bilan maqtanayotgan boʻlar emishsiz.
2. Amerika Qoʻshma Shtatlarida restoranda ayol kishi uchun toʻlash ham odat tusiga kirmagan. Bu bilan erkaklar oʻzining moliyaviy ustuvorligini koʻz-koʻz qiladi, deb hisoblanadi.
3. Xitoyda uyning egasi boʻlgan ayolga gul olib borib boʻlmaydi. Bu bilan mehmonlar bu uyni shu darajada xunukki, bu holni tuzatish uchun ular oʻzlari bilan gul yoki bezak, zeb-ziynatlarni oʻzlari bilan olib keladi, deb hisoblanadi.
4. Nyu-Djersi plyajlarida erkaklar choʻmilish kiyimida paydo boʻlishi 1937- yilga qadar taqiq ostida boʻlgan, chunki mahalliy aholi vakillari oʻz plyajlarida “gorillalar”ni koʻrishni istamagan.
5. Germaniyadagi birinchi sunʼiy archalar boʻyalgan gʻoz patlaridan yasalgan.
6. Santa-Klaus bugʻularining aksariyatiga erkakcha ismlar qoʻyilgan. Biroq bugʻu erkaklari Rojdestvo bayramiga shoxlarini tashlaydi, shuning uchun ham chanalarni urgʻochi bugʻular yoki axtalar tortsa kerak.
7. 1870- yilgacha abort qilishning keng tarqargan usullaridan biri sogʻlom tishni sugʻurib tashlash boʻlgan. Ogʻriq oʻz-oʻzidan yuzaga keluvchi abortning sababi boʻlib qoladi, deb hisoblangan.
8. Qadimiy Rimda kosmetk jarrohlik amaliyoti qoʻllanilgan. Erkaklar orqasidagi chandiqlardan qutulishga harakat qilgan — bu sharmandalik hisoblangan, chunki, aks holda dushman bilan jang paytida jangchi dushmanga orqasini oʻgirib olgan, deb oʻylash mumkin edi.
9. Shunday hodisalar maʼlumki, ayiqlar qopqonlarga toshlarni olib kelib, qopqon bekilib qolganida xoʻrakni bemalol yeb ketavergan. Ayiq degani - anoyi degani emas!
10. Nayza 1927- yilda Buyuk Britaniya armiyasida rasmiy qurol qatoridan chiqarilgan.
11. Koʻpchilik dengizchilar bevaqt oʻlim roʻy berganida oʻzlariga munosib dafn marosimi oʻtkazilishi uchun qulogʻida oltin sirgʻa taqib yurgan.
12. 1500- yilda Angliyada oxirgi boʻri oʻldirilgan. 1770- yilda - Irlandiyada. 1772- yilda - Daniyada.
13. Buyuk Britaniya flotining qonunlariga binoan oʻlgan odam dengizga dafn qilinishi paytida jasad qopga tikilgan. Inson haqiqatdan ham oʻlganiga yana bir marta ishonch hosil qilish uchun chokning oxirgi baxyasi albatta marhumning lablari orqali oʻtishi kerak boʻlgan.












Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



