Ideal to’y marosimini qanday ko’rinishda tasavvur qilasiz? Albatta yaqinlaringizning bir davraga jamlanishi, tanatanaga yig’ilgan do’stlar ishtiroki, hashamatli dasturxon va dunyodagi eng chiroyli nikoh ko’ylagini kiyib olgan kelin timsoli bilan bo’lsa kerak.
Ammo boshqalardan ajralib turishni istaydigan va yangiliklar shinavandasi bo’lgan kelinchaklar an’anaviy oq ko’ylaklardan mutlaqo o’zgacha bo’lgan ajabtovur liboslarga ham diqqat qaratishlari ehtimoldan holi emas. Zero, dunyoda har qanday insonni hayratdan yoqa ushlatadigan g’aroyib va antiqa to’y ko’ylaklari yetarlicha. Ularning bir nechtasini esa quyidagi ko’rpib chiqishingiz mumkin.
Tovus patlaridan tikilgan ko’ylak
Albatta, tovus patlaridan tikilgan ko’ylakni hamma qizlar ham kiya olshimaydi. Sababi u haddan ortiq g’aroyib, buning ustiga ushbu ko’ylak naq 1 900 000 AQSH dollari narhida turadi. Libos xitoylik dizaynerlar tomonidan yaratilgan bo’lib, 2009 dona tovuq pati va 60 dona nefrit toshlari yordamida tikilgan.
Dunyodagi eng uzun kelin ko’ylak
Buxarestda yaratilgan ushbu ko’ylak dunyodagi eng uzun nikoh libosi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Libos uzunligi 1,85 kilometrni tashkil etadi. Dizaynerlarning aytishlaricha, ushbu libosni tikish uchun roppa-rosa 100 kun vaqtlari ketgan.
Bundan tashqari ko’ylak matosi uchun 150 o’ram ip, 1900 dona igna va ko’plab krujeva to’rlari sarflangan. Bu ham ozmuncha harajat degani emas. Eslatib o’tish joizki, bundan avvalgi rekordni o’rnatgan ko’ylakning uzunligi yarim kilometrga teng edi.
“Qo’rqinchili” ko’ylak
Ushbu ko’ylakni nikoh to’yi haqida mutlaqo o’zgacha tasavvurga ega bo’lgan va hatto to’yini ham “Xorror” uslubida tashkillashtirmoqchi bo’lgan kelinlar tanlashlari mumkin. Ushbu libos “Arvoh-ko’ylak” deb ham ataladi. Xorror uslubidagi mazkur libos Lesli Dillga tegishli bo’lib, ayni paytda muzeyda saqlanadi. Libos ustiga esa Emili Dikinson qalamiga mansub she’rlardan jumlalar yozilgan.
Yesa bo’ladigan “tort”-ko’ylak
Tort ko’rinishidagi nikoh ko’ylagi ham haqiqatan antiqa topilmadir. U nafaqat kelinga go’zallik baxsh etadi, balki to’yga kelgan mehmonlar uchun desert vazifasini ham o’ta beradi. Ha, rostan ham ajabtovur va antiqa topilma!
Qo’lqopli nikoh libosi
Bunisi yana nima bo’ldi ekan deyapsizmi? Diqqatingiz markazidagi ushbu ko’ylak bir martalik rezina qo’lqoplardan tikib chiqilgan va nikoh ko’ylagining kamchiqim va hamyonbop variantidir. Bunday ko’ylak yaratish g’oyasi britaniyalik rassom Syuzi MakMyurreyga tegishli bo’lib, uning yaratilish jarayoni uchun 1400 dona rezina qo’lqop kerak bo’lgan.
Pilla shaklidagi ko’ylak
Zamonaviy moda olamning yana bir ajoyib nikoh ko’ylagi namunasi mashhur modelyer Iv Sen Loran tomonidan ipak qurti pillasi shaklida yaratilgan to’y ko’ylagi bo’lib, mazkur g’oya o’zida go’yo pilla ichidagi qurt kapalakka aylangani kabi ayol kishi turmushga chiqqanidan so’ng oila va farzandlari bilan gullab-yashnashi g’oyasini taqdim etadi.
Libos o’tgan asrning 60-yillarida yaratilgan va unga nisbatan katta qiziqish bo’lmagani tufayli Parije de Yang muzeyiga joylashtirib qo’yilgan.
Havoli sharlardan yasalgan ko’ylak
Taniqli britan rassomi Telma Levett o’z qizining nikoh to’yi uchun shishiriladigan sharlardan to’y ko’ylagi yasab bergan. Rassomning aytishicha, sharli ko’ylak g’oyasi uning uchun yangilik emas, ammo nikoh ko’ylagi haqiqatan yangilikdir. Libosning noqulay tomoni sharlar bir-biriga tekkan paytida g’ichirlashi va istalgan paytda yorilib ketishi mumkin ekanligida.
Puldan yasalgan ko’ylak
Bu turdagi ko’ylakni ortiqcha so’zlar bilan izohlash uchun ehtiyoj yo’q, bizning fikrimizcha. Bunday ko’ylak haqiqatan hashamatli va antiqa ko’rinadi, shunday emasmi?
Сообщения из Facebook