Aksirishni ushlab turish xavflimi?

Aksirishni ushlab turish inson tanasiga zararli. Ushbu jarayonni tez-tez eʼtiborsiz qoldirish quloq-tomoq yoʻliga xavf tugʻdirishi mumkin. Koʻpincha oʻzlarini aksirish istagidan qaytaruvchi odamlarda quloq, quloq pardasi va shuningdek, koʻz tizimi bilan bogʻliq muammolari mavjud boʻladi.

Shifokorning xulosasi qanday? Aksirish zararli emas, aksincha uni ushlab turish inson organizmi uchun xavfli boʻlishi mumkin.

Ushbu savolga javoban Neuro Surgery klinikasining terapevti German Likutov tarixga murojaat qilishni taklif qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, aksirishni doimiy ravishda ushlab turish, sinusit, migren va hatto qon tomir va aortaning yorilishi kabi kasalliklarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan koʻplab holatlar qayd etilgan. Bunday achinarli oqibatlar, aksirishni tiymoqchi boʻlganida, inson aʼzolariga taʼsir etuvchi kuch tufayli paydo boʻladi. Baʼzan bu kuch bugʻ qozonining portlashiga teng boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



