Sayohat

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Biroq ajoyib yoʻnalishlar va sirli joylarga sayohat qilish uchun mamlakatdan chiqish shart emas. Oʻzbekistonda ham asrlar osha saqlanib kslayotgan va xalq afsonalariga uzviy bogʻlangan joylar koʻp. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

 Borsa Kelmas chuqir koʻli Ustyurt platosida joylashgan boʻlib, taxminan 30 million yil muqaddam Tetis qadimiy dengizining bir qismi boʻlgan. Xozirda dengiz oʻrinida Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt platosi va ushbi koʻl qolgan. Koʻlning nomi haqiqatga mos tushadi, unga yaqinlashish juda havfli boʻlib, koʻplab jarliklar va ingicha tuz qatlami bilan qoplangan daryoning muzlamay qolgan joylariga duch kelish mumkin.  Biroq mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, agarda rezina etiklar kiyib, botqoqdan eson-omon oʻtib olsa, koʻlning ustki qismigacha chiqish mumkin. U yer esa, huddi tosh kabi qattiq boʻlib, shuning uchun koʻl ustida sayr qilish mumkin boʻladi. Hattoki, suvda ham yurish mumkin! Biroq, juda shoʻr suvda. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Platov soʻzi "temir togʻ" maʼnosini anglatadi. Qadimgi davrlardan vodiyda temir rudasi qazib olingan. Platov daryosi Toshkentdan, taxminan 100 kilometr masofada joylashgan boʻlib, u yerda tashrif etish uchun bir vaqtning oʻzida bir necha joylar bor. Odatda, turistik yoʻnalish 38 metrlik Platov sharsharasidan boshlanadi. Undan bir oz yuqorida qayinzor bor boʻlib, unda Qizil kitobga kiritilgan xayvonlarni uchratish mumkin. Platov kanyoni alohida eʼtiborga loyiq boʻlib, ajoyib manzaralar yaratuvchi relyeflarga ega. Ular tabiat va vaqt qanchalar buyuk ekanini eslatib turadi. Eng katta taasurotlardan biri - bu Platov daryosi boʻylab sayohatdir. U yerda poleolit davrida qadimiy odamlar yashagan boʻlib, Obi-Raxmat sunʼiy gʻorlari sifatida mashxur. Undan sal yuqorida yana bir ajoyib joy - gʻor bor. Bu yerlarga aprelda, lolalar ochilgan vaqtda kelish kerak. Lolalar orasida Kaufman lolasi, Greyg lolasi va boshqa turdagilarini uchratish mumkin. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

 Agarda Buxoroga borsangiz Varaxsha shaini albatta koʻring. Varaxsha - Buxoroda, arablar istilosidan oldin, hukumronlik qilgan Buxorxudotlar qarorgohi joylashgan, qadimiy shahar. Varaxsha Buxoro gʻarbida, yarim soatlik yoʻl masofasida joylashgan boʻlib, 100 ga. maydonni egallagan. Varaxsha saroyining freskalarini oʻrganish, shahar eramizning V asridan XI asrigacha bor boʻlgan ekanini koʻrsatdi. Olimlarning fikriga koʻra, Varaxshada hayot mintaqada suv tanqisligi sababli tugagan. Qacholardir eda, bu joylar Buxorodek boʻlgan. Bugungi kunda esa u xarobalarga aylangan. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Bu joy Buxoroning oxirgi amiri Said Olimxonning shahar tashqarisidagi qarorgohi boʻlgan. Qizil armiya 1920 yili Buxoroni bosib olguniga qadar Amir Olimxon uni boshqargan. Bu bino ikki rus muhandisi tomonidan loyixalashtirilgan boʻlib, uning bezak ishlari bilan oʻsha vaqtning eng yaxshi usta-hunarmandlari shugʻullangan. Arxitektura uslublarining bunday noodatiy uygʻunligi boshqa xech qayerda uchramaydi. Xozirgi kunda qarorgoh binosida amaliy sanʼat muzeyi joylashgan. Biroq, asosiy eksponat, albatta, saroy binosining oʻzidir. Aynan shu yerdan Buxoroning oxirgi amiri Afgʻonistonga qochib ketishga majbur boʻlgan. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Dengiz sathidan 1650 metr balandlikda ( bu esa Eyfel mi orasidan besh barobar koʻp degani) Nurota togʻlarining markazida ajoyib Fozilmon koʻli joylashgan. U bitta chashmadan suv oladi, hamda bahor oxirlarida, ayniqsa juda goʻzal boʻladi. Afsuski, unda choʻmilish tavsiya etilmaydi, biroq osmonning undagi aksi (ayniqsa yulduzlisining) juda ham noyob holatni koʻrish imkonini beradi. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Nukusdan 43 kilometr janubda, baland tepalikda Chilpiq - qalʼa joylashgan. Zardoʻshtiylarning diniy joyi boʻlgan bu yer eramizning II - IV va IX - XI asrlariga tegishli. Bu yerda zardoʻshtiylar olamdan oʻtgan shaxslarning jasadini olib chiqib qoʻyishgan. Jasad turli xayvonlar, qushlar tomonidan yoʻq qilingach, suyaklar maxsus idishga solinib, yerga koʻmilgan. Chilpiq - qalʼaning 15 metrlik devorlarida  hamon oʻsha suyaklar saqlanmoqda. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Zomin - Oʻzbekiston hududidagi eng qadimiy davlat qoʻriqxonasi boʻlib, 1978 yilda Oʻzbekiston Xalq bogʻi ochilgan. Bugungi kunda Zomin milliy bogʻining  maydoni 24 ming ga.dan koʻproqni tashkil etadi. Bogʻ Jizzax viloyatida joylashgan. Bu yerda juda ham goʻzal tabiat manzaralariga duch kelish mumkin. Qoʻriqxona hududida turizm uchun maxsus zano ham ajratilgan - tabiat bilan birga boʻlish yoki ajoyib selfilar qilish imkoni bor. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Bu koʻl Jizzax viloyatida, Jizzaxdan 56 kilometr shimoli-sharqda, Qizilqum choʻlining sharqiy qismida joylashgan. Taxminlarga koʻra, Tuzkon koʻli - Orol - Kaspiy davridagi suv havzasining bir qismidir. Koʻl suvi xech qayerga oqmaydi, shuningdek, u bir oz shoʻrroq boʻlib, shimoli-gʻarbda Aydarkoʻl bilan bogʻlanadi. Bu koʻllarning umuiy maydoni - taxminan 3750 kilometr kvadrat. Bir yilda koʻllar tizimida 2000 tonnagacha baliq ovlanadi. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Fargʻona vodiysidagi Rishton azaldan ajoyib kulolchilik maxsuloti vatani hisoblanadi. Rishtonda kulolchilik maxsulotlari yaratishning maxsus texnologiyasi, ularni pishirish va sirlash ishlab chiqilgan. Ayni damda, Rishtonda 1000 dan ortiq kulolchilar ishlamoqda, ularning 100 ga yaqini kulolchilik sanʼatining barcha texnologiyalarini biladi. Rishton ustalarining yaratgan maxsulotlari dunyodagi koʻplab muzeylar kolleksiyasidan joy olgan. 

 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Toshkentdan 60 kilometr janubi-gʻarbda, sobiq "Leninizm" sovxozidan unchalik uzoq boʻlmagan yerda tepalik bor. Bu tepalik koʻhna shahardan qolgan yagona narsa, bu joyni juda kam odam bilsa kerak. Qanqa miloddan avvalgi III asr boshlarida shakllanib, XI asrning oxiriga qadar hayoti uzluksiz davom etgan. Bu yodgorlik oʻrta asrlar davri mualliflari asarlarida keltirib oʻtilgan Xarashket bilan qiyoslanadi. Shahar Yer yuzidan deyarli butunlay yoʻq boʻlib ketganiga qaramay, bu yerga kelish albatta tavsiya qilinadi. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Toshkent yaqinidagi shaharchada joylashgan bu maqbara Amir Temurning buyrugʻiga koʻra qurilgan. Zangi ota turk-islom olamidagi ulugʻ mutafakkir, hamda mutasavvif donishmandlaridan biri boʻlgan. Zangi ota Himmatiy laqabi bilan ham mashxur boʻlgan edi. U qora tanli, ushturlab ( tuya lab), baquvvat, barvasta gavdali odam boʻlgan. Bu yerda uning rafiqasi Anbar ona ham dafn etilgan. Maqbara majmuasi bir necha zonalardan iborat: katta bogʻ va XIV-XIX asrlarda qurilgan masjid, madrasa, minora va Anbar ona maqbarasi. 1914-1915 yillarda masjid oldida minora qurilgan. 2013 yilda esa, bogʻ va Namozgoh masjidini kengaytirish boʻyicha ishlar amalga oshirildi. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Omonqoʻton karst gʻori Samarqand viloyatidagi Zarofshon togʻlari shimoliy yonbagʻrilarida joylashgan. Gʻorni arxeolog David Lev 1947 yilda topgan. Bu yerdan siantrop insonning son suyagi aniqlangan. Omonqoʻton gʻori Oʻzbekistondagi eng qadimgi manzilgohlardan biridir. Gʻor chuqurligi 80 metr atrofida, u yerda bir-biri bilan kichik oʻtish joylari orqali bogʻlangan oʻziga xos zallar bor. Omonqoʻtonga yozning ikkinchi yarimida borgan yaxshiroq, u iyun oʻrtalariga qadar suv bilan toʻlgan holatda boʻladi. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Oʻlchami 800 metr keladigan ushbu kichik koʻl Sirxandaryo viloyatidagi Xomkon darasida joylashgan. Olimlarning fikriga koʻra, u tabiiy yoʻl bilan emas, balki metiorit qulashi tufayli yuzaga kelgan. Tuproqdan esa, tektitlar topilgan. Bunday ajoyib meteorit koʻlga tashrif buyurishni unutmang. Katta ehtimol bilan, Qonbeshbuloq aslida bir meteorit krateridir. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

1972 yilda Margʻilonda Fargʻona vodiysidagi eng yirik fabrikaga asos solingan. 2000 yilda esa, fabrika "Yodgorlik" xususiy korxonasiga aylantirildi. Qadimda ipak ortilgan karavonlar Buyuk Ipak Yoʻli boʻylab Margʻilondan Qoshgʻar, Bagʻdod va hattoki, Yunonistonga borgan. Bu ipak goʻzallik va sifat borasida Xitoynikidan qolishmagan, sababi fargʻonalik ustalar bu borada oʻzlarining maxsus, noyob texnologiyalarini oʻylab topishgan. "Yodgorlik" fabrikasi butun dunyodan turistlarni faol jalb qiladi - ularga ipak matoni qoʻlda ishlab chiqarish jarayoni namoyish etiladi. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Telpakchinordagi (Surxandaryo viloyati) Oq Oztona bobo maqbarasi X asr oxiri, XI arsning boshlarida bunyod etilgan. Baʼzi olimlarning taxmoniga koʻra, maqbara Muhammad paygʻambar s.a.vning izdoshlaridan biri, avliyo Abu Hurayra qabri ustida barpi etilgan ekan. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Gʻor dengiz sathidan 1500 kilometr balandlikda, Surxandaryo sharqidagi Boysun togʻ tizmasida joylashgan. 1938-1939 yillarda taniqli arxeolog Aleksey Okladnikov shu gʻordan muste davriga oid neandertal qiz bolaning qoldiqlarini topgan. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Krasnogorsk konchilar shahri Toshkent viloyatida 1953 yilda tashkil etilgan. Bu yerda butun sobiq Ittifoqdan mutaxassislar ishlashgan. 90 chi yillarda esa shaharni odamlar ommaviy tashlab ketishni boshladi. Ular kvartiralari, mashinalarini ham bu yerda tashlab ketishgan. Krasnogorsk koʻchalari boʻylab sayr qilinsa, sobiq Ittifoq 80 chi yillarda qanday koʻrinishda boʻlganini aniq tasavvur qilish mumkin - oʻsha davrga xos eski buyumlar va narsalar saqlanib qolgan. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Surxandaryo viloyatida, Termizdan 100-110 kilometr gʻarbda, Hisor tizmasining janubi gʻarbida joylashgan boʻlib, bu yerda Oʻzbekiston hududidagi eng qadimiy qoyatosh rasmlari topilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Ular yerda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Qoʻyqirilgan qalʼa - qadimiy otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobalari boʻlib, Toʻrtkoʻl shahridan 22 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Qalʼa atrofida xandaq (eni 15 metr, chuqurligi 3 metr) boʻlib, qadimda suv bilan toʻldirilgan. Qoʻyqirilgan qalʼa devorida Oʻrta Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq quldorlik davri shaharlari qurilishi uslubiga xos boʻrtib chiqib turgan maxsus burjlar boʻlib, ularda oʻq otish uchun nishon tuyniklari bor. Qoʻyqirilgan qalʼa markazidagi ikki qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan. Birinchi qavatda alohida alohida 8 ta gumbazli xonalar boʻlib, ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish tovoqlar, har xil rasmlar solingan yogʻ idish (xum va koʻzacha) lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida maʼbudlarning terrakota haykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga moʻljallangan buyumlar bor. 

Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari

 Qiriq qiz qalʼa Xorazm hududida 1938 yilda oʻtkazilgan arxeologik qazilma ishlari vaqtida, Beruniy shahridan 30 kilometr shimolroqda aniqlangan. Olimlarning fikrga koʻra, qalʼa eramizning I-VI asrlariga tegishli. Qazilma ishlari davomida zardoʻshtiylar qabrlari topilgan. Afsonalardan biriga koʻra, bu qalʼada Guloyim ismli malika yashahan boʻlib, u oʻzining qiriq nafar safdoshi bilan chegarani mustaxkam saqlab, raqiblari hujumlaridan himoyalangan. Bugungi kungacha istehkom tuynuklari boʻlgan tashqi devorlar saqlanib qolgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar