Alfred Nobel nima orqali boy boʻldi?


Sizga maʼlumki, Nobel mukofoti Alfred Nobel tomonidan asos solingan, ammo juda kam odam undan oldin nimalar sodir boʻlganini biladi. Alfred Nobel 1833 yilda Stokgolmda, muhandis oilasida tugʻilgan. Uning otasi Emanuel Nobel tunnel va koʻprik qurilishiga ixtisoslashgan. Alfred yoshi ulgʻayganida, u otasining oilaviy biznesida birodarlari bilan ish boshlagan. Togʻli hududlarda yoʻllar qurish uchun oʻsha paytlarda nitrogliserin va porox kabi portlovchi qurilmalar ishlatilgan. Ammo muammo shundaki, nitrogliserinning uzoq joylarga koʻchirilishi juda xavfli boʻlganligi, chunki u kichik siljishlarga nisbatan juda sezgir. 1864 yilda ishchilar otasining fabrikasida nitroglitserinni koʻchirayotganlarida, oltita odamning hayotini, jumladan, Alfredning ukasi Emil Nobelning hayotiga zomin boʻlgan portlash sodir boʻldi.

Voqea sodir boʻlganidan keyin, yosh Alfred portlovchi qurilmani xavfsizroq, yanada kuchli, lekin osongina koʻchirish mumkinligi haqida oʻylashni boshladi. Kimyo sohasida baʼzi bilimlarga ega boʻlib, u tajriba qilishni boshladi. Va bir kuni, nitrogliserin tasodifan diatomli choʻkindi togʻ jinsiga toʻkilib ketdi. Natijada, kutilgan qorishma qoʻlga kiritildi, va uni tashish ham yengillashdi. Bundan tashqari, portlashning kuchi, nitrogliserindan kam emas edi. Vaqt oʻtishi bilan, Alfred Nobel yana bir necha boshqa moddalardan foydalangan holda, avvaliga Nobelning xavfsiz kukunini deb nomlagan portlovchi qurilmani patentladi. Bir oz vaqt oʻtgach, Alfred ixtirosini yunoncha Dinamit deb atashga qaror qildi. Ushbu modda bir zumda ommabop boʻlib, turli maqsadlar uchun osonlikcha ishlatilishi mumkin edi. Nobel oʻz kashfiyotini faol ravishda eʼlon qildi. U yangi portlovchi moddalarning ommaviy namoyishlarini oʻtkazdi, shuningdek, uning qanday ishlashi haqida maʼruza qildi.
Qisqa vaqt ichida dinamit ixtirosi Alfredga shon-sharaf va katta pul keltirdi. Dastlab, dinamit sanoat maqsadlarida minalarni zararsizlantirish, yoʻllarni qurish va eski binolarni yiqitish uchun ishlatilgan. Keyinchalik uning kuch va imkoniyatlarini koʻrib, dinamit harbiy maqsadlarda faol ishlatildi. Alfredning tinchliksevar fikrlarga ega boʻlishiga qaramasdan, katta pullarning vasvasasi dinamit va boshqa turdagi portlovchi qurollar ishlab chiqarish uchun toʻqsondan ziyod zavod va fabrikani ochganiga olib keldi.

1888 yilda Kannda davolanish paytida Alfredning akasi Lyudvig Nobel vafot etdi. Keyin, jurnalistlarning xatosi bilan, frantsuz gazetalaridan biri Lyudwigga qaratilgan maqolani Alfred Nobelga qaratib eʼlon qildi. Unda "Oʻlim savdogari oʻlikdir!" deb boshlanadigan soʻzlar yozilgandi. Muallif maqolada Alfredni dinamit ixtirosi va undan keyingi koʻplab oʻlimlarni qattiq tanqid qilgan. Muallif, Alfred Nobelning, eng qisqa vaqt ichida eng koʻp odamlarni qanday qilib yoʻq qilish yoʻlini kashf qilganligi sababli juda boy odam ekanligiga gʻazablandi. Muallif ixtirochini "qonli millioner", "oʻlim savdogari" va "dinamit qiroli" deb atagan.

27 noyabr, 1895 yilda Parijda Shvetsiya-Norvegiya klubida Alfred vasiyatga qoʻl qoʻydi, va unda yozilishicha, 31 million shved markalariga yaqin (bugungi kunda – taxminan 472 mln$) – oʻz boyligining 94% - fizika, kimyo, tibbiyot, adabiyot sohalarida yutuqlarga erishganlarga, shuningdek, tinchlikparvarlik faoliyatini olib borgan odamlarga mukofot tariqasida berilishi lozim boʻlgan.
Vasiyatda yozilishicha: «Men, Alfred Bernhard Nobel, muzokara qilib shunday qaror qildimki, oʻz mulkimga tegishli vasiyatimni eʼlon qilaman… Pullarni mening ijrochilarim, qimmatli qogʻozlarga aylantirib, fond yaratib, uning foizlarini mukofot sifatida bir yil ichida insoniyatga eng katta foydani keltirgan insonlarga berishlari kerak boʻladi.

Shunday qilib, dunyodagi eng obroʻli mukofot - Nobel mukofoti dunyoga keldi. Bugungi kunda, Nobel mukofoti 1,4 million dollarga teng boʻlgan pul mukofoti va Alfred Nobel tasvirlangan oltin medal gʻoliblariga yillik taqdirlanadi!
Aytishlaricha, Nobel mukofotini tasdiqlashdan oldin, uning millionlab dollar pullariga qaramay, Alfred depressiyadan aziyat chekardi. U uylanmagan, yaqin doʻstlari boʻlmagan. Uning yagona doʻsti Parijdagi protestant cherkovining ruhoniysi Natan Sederblom edi. Bilimli odamlarning hikoyalariga koʻra, u Alfredni qurolbardordan xayr-madadkorga aylanishida katta rol oʻynagan edi. Sederblomning vaʼzini eshitib, cherkovga muntazam tashrif buyurib, xayr-ehson qilishni boshlagan Alfred hissiy holatini ancha yaxshiladi.

Koʻp odamlar Nobel mukofoti singari narsani tashkil qilish uchun 472 million dollarga ega emaslar, lekin boshqalarga chin yurakdan yaxshilik qiladiganlar oʻzlaridan keyin unutilmas iz qoldiradilar. Djon Maksvell bir marta shunday dedi: "Insonning hayotida eng muhim ikki muhim kuni bor - birinchisi, u tugʻilganida, ikkinchisi nima uchun tugʻilganini bilganida."
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



