Kuzatuv orqali soʻzning rost yoki yolgʻon ekanligini aniqlashning 5 usuli

Yolgʻonning mavjudligi soʻz va yuzdagi ifodaning farqlanishi bilan izohlanadi. Biror kishi zavq olayotganini aytishi mumkin, ammo yuzidagi ifoda esa unday boʻlmaydi. "Muzlatilgan" niqob his-tuygʻularning yolgʻon ekanligini aytishi mumkin. Olimlarning fikriga koʻra, odatda odamlarning yuz ifodalari har 10 sekundda oʻzgarib turadi, bu muddatning choʻzilishi esa kishida oʻzni nazorat qilish yuqori darajada ekanligini yoki boʻlmasa tuygʻularni yashirishga urinish bilan ifodalanadi. Samimiy insonlar his-tuygʻulari va yuz ifodalari qanday boʻlishi haqida bosh qotirishlariga hojat yoʻq. Bunday odamlarning barcha soʻzlari yuz ifodalari bilan uzviy bogʻliqdir.

Koʻpincha yolgʻonning sababi yoqimsiz yoki uyatli narsani yashirish istagi ostida yotadi. Agar biror kishi biror narsani yashirayotgan boʻlsa, unga ushbu mavzu boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri savol berishganda, u beihtiyor orqaga qadam tashlaydi. Chekinish unga vaziyatdan va odamlardan uzoqlashishiga koʻmak beradi. Shu orqali u bahona topishga ham ulgura oladi.

Qoʻllar ayniqsa kaftlar suhbatdoshning kayfiyatini tahlil qilishda muhim elementdir. Yolgʻonni aniqlash unchalik ham qiyin emas. Agar suhbat jarayonida suhbatdoshingiz qoʻllarini choʻntakda yoki orqaga berkitishga urunsa, bu bejizga emas. Kaftlar ochiq yoki berkitilgan holda boʻlishi ziyrak suhbatdoshning nazarida chetda qolmasligini yodingizdan chiqarmang.

Suhbat davomida koʻz va qovoqni ishqalab gapirish charchoqdan yoki yolgʻondan darak beradi. Agar suhbatdoshingiz gaplashayotganda ogʻzini yopishga urunsa va labiga tegaversa, buni javobdan qochishning namoyon boʻlishi sifatida qabul qilishingiz mumkin. Yolgʻon ishlatganda, odamlar boʻyniga biror narsa botayotgandek tegaveradilar. Bundan tashqari quloqlaridagi zirakni oʻynatib oʻtiradi ham.

Yuzdagi qizarish istakka binoan paydo boʻlmaydi. Baʼzi hollarda u hayajonni anglatsa, ayrim hollarda uyatdan yuzlar qizaradi. Baʼzi odamlar esa qiyin vaziyatlarda oqarib ketishadi. Yolgʻonning bunday nazoratsiz alomatlari orasida terlashning koʻpayishi va "qochoq koʻzlar" kabi turi ham mavjud. Hullas shu kabi yuz oʻzgarishlari orqali kim sizni aldayotgani yoki yoʻqligi haqida ham bilib olishingiz mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



