Aqlbovar qilib boʻlmaydigan peyzajlar uchun bosib oʻtishga arziydigan 10 ta piyoda marshrutlar

Shunday qilib, sizlarga bizning sayyoramizning 10 ta piyoda sayrlari uchun juda ham ajoyib joylarini taqdim qilamiz. U yerlarga safarga, bu ishlarni juda ham yomon koʻradiganlar ham borishlariga arziydi.

Samoga zinapoya, Gavayi
Bu joyni Xayku soʻqmogʻi deb ham ataydilar. Oaxu orolida 4000 zinapoyalardan tashkil topgan, mashxur marshrut. Bu zinalardan tepaga koʻtarilayotib pastga qaramang.

Sikoku ziyorat yoʻli, Yaponiya
Yaponiya tabiati oʻzining goʻzal, eng avval paydo boʻlgan pokizalikda va muvozanatda, hamda oʻnlab buddaviylar ibodatxonalari bor boʻlgan joylar boʻylab, ikki oylik marshrut.

Inklar soʻqmogʻi, Peru
Bu yoʻlning yoshi deyarli, 600 da boʻlib, u Inklar imperiyasining ilohiy shahri, afsonaviy va sirli "Samodagi shahar" ga olib boradi.

Sarek milliy bogʻi, Shvesiya
Ertaklardagidek peyzajlarga ega bu milliy bogʻ, Shvesiyaning haqiqiy faxri boʻlib, shimol tabiatining ulugʻligini, uning butun goʻzalligida koʻrsatib beradi.

Liviya soʻqmogʻi, Turkiya
Bu soʻqmoq sizga Turkiyani butunlay boshqa, kutilmagan tomondan: juda boy tarixli va haqiqatdan sirli qadimiy mamlakat sifatida koʻrsatadi.

Olovlar koʻrfazi, Avstraliya
Oppoq qumli, baxaybat toʻq-sariq rangdagi toshlar va hayratda qoldiruvchi moviy okean - bunday peyzajni, piyoda ekskursiya davom etadigan, toʻrt kun tomosha tomosha qilshdan charchamaysiz.

Quruqlik soʻqmogʻi, Avstraliya
Tasmaniyanimg eng goʻzal joylari boʻylab mashxur marshrut.

Avliyo Iakovning yoʻli, Ispaniya
Bu yoʻl bir oz diniy kayfiyatga ega boʻlib, oʻzligini anglamoqning timsolidir.

Zayon milliy bogʻi, AQSH
Bu boqqa, Yer mutlaqo fantastik sayyora boʻla olishi haqida ishonch hosil qilmoq va bu yerdagi barcha goʻzalliklarni oʻz koʻzlari bilan koʻrish uchun, umrida xech boʻlmaganda bir marotaba boʻlsa ham tashrif etish kerak.

Annapurna atrofida piyoda trek, Nepal
Bunday piyoda sayrdan, qoʻrqmasdan aytamizki, xech kim avvalgi odam boʻlib qaytmaydi. Hamma gap mashxur kuch joylaridami, yoki berkitilgan buddaviy ibodatxonalardami, yoki kishini oʻziga tortadigan peyzajlardami aytib boʻlmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



