Qiziqarli

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Agar siz uni doʻkondan sotib olayotgan boʻlsangiz, yogʻ tarkibi va qoʻllanilishi haqida sotuvchidan soʻrab olish yodingizdan chiqmasin. Efir moylari mahsus qora shisha butilkada saqlanib, qayerda ishlab chiqarilgani va sanasi yozilgan boʻladi.

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Lavanda efir moyi koʻp vaziyatlarda qoʻl keladi. Agar siz uyqusizlikdan aziyat chekayotgan boʻlsangiz, yotishdan avval bir necha tomchi lavanda moyini yostigʻingizga tomizing. Shirin uyquga ketishingizga kafolat tayin. Lavanda zaytun yogʻi va shakar bilan aralashtirilsa, teri uchun ajoyib skrab tayyor boʻladi. Bundan tashqari, bu yogʻni kuyganda va oftob urganda ham teriga surtish mumkin.

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Yorongul  (geran) – kayfiyatni koʻtarib, jismoniy faollikni kuchaytiradi. Bu efir moyini atir oʻrnida ham ishlatish mumkin. Shuningdek, u allergik taʼsirga ega emas, aksariyat kishilarning terisiga mos tushadi.

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Choy daraxti – kuchli antebakterial tarkibga ega efir moyi. Uzum danaklaridan tayyorlangan yogʻga 5-6 tomchi choy daraxti efir moyidan qoʻshib, tumov vaqtida burunga 2-3 tomchi tomizilsa, kasallikni tezda bartaraf qiladi.

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Evkalipt – tarkibi choy daraxti efir moyiga oʻxshash, shu sababli undan ingalatsiya maqsadida foydalanish mumkin. Buning uchun bir necha tomchisi salfetkaga tomizilib hidlanadi.

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Ilang-ilang– ayollar gormonal yogʻlari tarkibiga kiruvchi efir moyi. Ushbu yogʻdan 7-8tomchisini sut yoki qaymoqqa qoʻshib ( taxminan 50 gr) tayyor massa vannaga solinsa, teri tonusini oshirishda juda foydali boʻladi.

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli

Limon-huddi asperin kabi taʼsirga ega. Limon moyidan barmoq uchiga bir necha tomchi tomizilib, massaj qilinsa, ogʻriqni tezda bartaraf etadi.

Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar