Asablar tizimini tinchlantirishga qodir mashgʻulotlar

Har qanday vaziyatda ham oʻzini hotirjam tutishga intiluvchi va dardini ichiga yutib yashovchi insonlarda oshqozon yarasidan tortib, onkologik kasalliklarga qadar turli hastaliklarni ortirib olish xavfi yuqori ekan. Shu sababdan, asab tizimiga nisbatan beeʼtibor boʻlmang va vaqti-vaqti bilan muammolardan tin olishga harakat qiling.

Kontrast dush asablarni aʼlo darajada tinchlantiradi. Buning uchun sovuq va issiq suvni birin ketin almashtirib yuvinish lozim. 5-10 daqiqa davomida issiq (ammo kuydiradigan darajada emas) suv ostida turing. Issiq va sovuq suv navbatini 5-6 bor almashtirish darkor, bu esa taxminan 1 soat vaqtingizni olishi mumkin. Kontrast dush asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, 1 oy davomida oʻtkazilgan kontrast dush qabulidan soʻng asab tizimi sezilarli darajada baquvvatlashadi. Agar dush uchun 1 soat vaqt ajrata olmasangiz, bu muddatni 30 daqiqa deb belgilash mumkin.

Joʻka (lipa),shuvoq va roʻzmarin giyohlari teng miqdorda aralashtirilib, 1 kg aralashma ustiga 4 litr sovuq suv quying, qaynash holiga keltirib, 5 daqiqa qaynating va10 daqiqa damlab qoʻying. Suzib olingan damlamani yarmiga qadar suv bilan toʻldirilgan vannaga quying. Zarur hollarda unga yana ozroq iliq suv quyish mumkin. Bu kabi tinchlantiruvchi vannalar uhlashdan avval, haftasiga 1-2 marta 30 daqiqadan qabul qilinadi.

Muntazam ravishda isteʼmol qilingan ayrim mahsulotlar asab tizimiga tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Misol uchun, oddiy piyoz asab tizimini tinchlantiribgina qolmay, bosh ogʻrigʻidan ham bir zumda halos etadi. Kundalik taomnomangizda sut mahsulotlari, ayniqsa, tabiiy yogurt boʻlishi sizni asabiylik balosidan asraydi.
Har kuni maʼlum miqdorda asal isteʼmol qilish ham asabiylik bilan kurashishda yordam beradi.

Oddiy choy oʻrniga giyohlar damlamasini ichish lozim. 1 oshqoshiq arslonquyruq (yoki melissa, yalpiz, valeriana ildizi, moychechak) oʻti ustiga bir stakan qaynagan suv quying. Ushbu giyohlar tinchlantiruvchi hususiyatga ega boʻlib, ularni navbati bilan ham qabul qilish mumkun.

Mutahassislarning fikricha Betxoven, Chaykovskiy, Shubert, Bax, Shuman asarlarini tinglash asabiylikni bartaraf etishda yordam berishini taʼkidlaydilar. Ruhshunoslar fikricha, ayrim insonlarga tinchlanish uchun rok musiqasi ham yordam berishi mumkin ekan. Kayfiyatni koʻtaruvchi har qanday musiqa stressni bartaraf eta oladi. Bilasizmi, ayrim ijodkorlar repertuariga oid asarlar va turli janrga mansub musiqalar yordamida migren, nevroz, yuqori qon bosimi, uyqusizlik, epilepsiya, gastrit, ichkilik va tamakiga boʻlgan qaramlikni davolash mumkin. XXI asr – stress asri deyilmoqda. Biroq unutmang, asabiylik yengib boʻlmaydigan kasallik emas! Agar uni magʻlub etish istagi boʻlsa, gʻalaba qozonish qoʻlingizdan keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



