Qiziqarli

Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo boʻlish jarayoni qanday?

Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo boʻlish jarayoni qanday?

Asalarilarning asal tayyorlashidagi ishi faqat nektarning namini “bugʻlantirish”dangina iborat emas. Nektarga dastlab asalarining asal qorinchasida uzoq vaqt taʼsir koʻrsatiladi, yaʼni ishlov beriladi. 

Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo boʻlish jarayoni qanday?

Qabulchi asalari nektar yigʻuvchi asalarining keltirgan nektarini qabul qilib olgach, qorinchasida muayyan vaqt saqlaydi, soʻngra ogʻzidan xartumchasini chiqarib, pastga egadi, shunda xartumcha uchida nektar tomchisi paydo boʻladi, asalari tomchini yutadi, keyin yana chiqaradi, tagʻin yana yutadi. Huddi shu jarayonni 240 martacha takrorlaydi. Shunday keyingina shirin nimfabrikatni mumkatakka joylaydi. Ish shu bilangina bitmaydi: nektarni asalga aylantirish kabi murakkab jarayonni boshqa asalarilar ham davom ettiradi. Ular suyuq holdagichala asalni mumkatakning bir koʻzidan olib boshqasiga joylaydi. Bu holatni asal quyiqlashguniga qadar davom ettirishadi. 

Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo boʻlish jarayoni qanday?

Yuqorida nektarning namini “bugʻlantirish” haqida aytib oʻtdik. Asalri shu maqsadda nektarni qanotlari bilan  yelpiganida uya ham shamollatiladi. Asalari nektarining namini asal qorinchasidagi mahsus bezlar yordamida ham shimib oladi. Shu bilan nektarni fermentlar, vitaminlar va mikroblarni oʻldiradigan moddalar bilan boyitadi, qisqasi, qorinchada asal sterilizatsiya qilinadi. Shunga koʻra asal uzoq yillar saqlanganda ham aynimaydi. Bakteriyalar uning uchun xavfli emas.

Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo boʻlish jarayoni qanday?

Xisob kitoblarga koʻra, 100 gr asal tayyorlash uchun bir asalari bir million gulning nektarini yigʻishi kerak! Ana shu “shifobaxsh neʼmat”dan iborat yukni uyaga tashish uchun asalari 15 ming marta (agar gullar asalari uyasidan bir yarim kilometrdan uzoqroqda joylashgan boʻlmasa) qatnaydi. Baʼzan asalarilar nektar yigʻish uchun 8 kilometr uzoqlikka uchib boradi, u holda ularning borib keladigan yoʻli 46 ming kilometrni tashkil etadi. Bu esa asalarilarning yer sharini ekvator boʻyicha aylanib chiqishi bilan barobar. Mitti jonzotlarning shuncha mashaqqati natijasida atigi 100 gr asal olinadi.

Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo boʻlish jarayoni qanday?

Yuksiz asalari soatiga 65 kilometr tezlikda uchadi (bu – eng chopqir otning tezligi). Asalarining qorniga yiqqan nektari uning ¾ vazniga teng boʻladi, u ushbu yuki bilan yuqorida aytilganidan ikki barobar sekinroq uchadi. 

Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo boʻlish jarayoni qanday?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar