Avstraliyalik ayol, barcha jamgʻargan pullarini qizi bilan dunyo boʻylab sayohat uchun sarfladi.

Sidneylik Evi Farrel oddiy hayot kechirardi: PR-konsultant boʻlib ishlardi, qiziga gʻamxoʻrlik qilardi va uy taʼmiri uchun pul yigʻardi. Biroq, yetarli mablagʻ yigʻilganda Evining yaqin dugonasi oqqon kasalligidan vafot etdi. Bu ayolning barcha rejalarini oʻzgartirib yubordi. Taʼmirlash haqida unutib, barcha yigʻgan bullarini olib 5 yoshlik qizi Emili bilan dunyo boʻylab sayohatga otlandi. Bu voqeadan soʻng bir yil oʻtdi, Evining qizi olti yoshga toʻldi, lekin ular hali qaytmoqchi emas!

3 yildan beri Sidneyda yashab kelayotgan Evi Farrelning yaqin dugonasi kasallik tufayli vafot etganida, Evi hayot juda qisqaligini, uni bekorga sarflamaslik kerakligini tushunib yetdi va asosiy narsaga eʼtiborni qaratdi.

Usha vaqtda Evining jamgʻarmasi 30 ming Avstraliya dollarini tashkil etardi. Bu pulga ayol oʻz uyini taʼmirlatmoqchi edi. Lekin oʻylab koʻrib, boshqacha qaror qabul qildi.

2016-yilning Fevral oyida ishidan boʻshab, endigina besh yoshga toʻlgan qizi Emilini olib, Avstraliyalik ayol yigʻgan pullarini dunyo bo'ylab sayohatga sarflashga qaror qildi.

“Mening eng yaqin dugonam oqqon kasalligidan koʻz yumdi, - hikoya qiladi Evi.- U bor yoʻgʻi 42 yoshda edi. U tasavvur qilish mumkin boʻlgan eng yaxshi va ajoyib ayol edi. Uning ikki farzandi qolib ketti. Bu voqea menga umrimiz qisqa ekanligini va uni behuda yonimizdan oʻtkazib yubormasligimiz kerakligini eslatdi”.

“Bizga uchragan har bir imkoniyatdan foydalanishimiz va hayotdan zavqlanishimiz kerak”, - deydi Evi.

11 oyichida Evi Farrel va uning qizi 13 ta mamlakatni koʻrishga ulgurishdi.

Shu jumladan ular Indoneziya, Singapur, Malayziya, Tayland, Vetnam, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoyda boʻlishdi.

“Endi men tushunaman, hayotda stol ortida oʻtirib, biror beʼmani narsani sotib olish uchun pul ishlab topishga harakat qilishdan koʻra koʻproq ahamiyatga ega boʻlgan narsalar bor ekan”, - deydi Evi.

“Biz ikki kishi uchun bir ryukzak bilan sayohatni boshlaganimizga 1 yildan oshdi – men endi avvalgi hayotimga qanday qaytishni xatto tasavvur ham qila olmayman”, - tan oladi Evi Farrel.

“Oʻylaymanki, 10 yildan soʻng qizim Emili uyga yangi oshxona qurib, hammomni yangilaganim uchun menga “rahmat” aytmagan boʻlardi”, - deb hisoblaydi Sidneylik ayol.

“Biroq Emili bolaligi dunyoning bunday ajoyib taassurotlari, manzaralari, tovushlari va ranglari bilan toʻlaligiga minnatdor boʻlishi turgan gap”, - ishonadi Evi.

“Bu yil davomida oʻrgangan narsam shu boʻldiki, - deydi u, - agar biron nimani astoydil xohlasang, uni albatta amalga oshirishing mumkin ekan!”


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



