Sayohlar kam boʻladigan, 10ta yoqimli shaharlar

Menimcha, dam olish uchun eng qulay joy, bu jimjidlik va hotirjamlikda mahalliy goʻzalliklari bilan bahramand boʻlish va yangi joylarni oʻrganish, “qoʻshni boʻlimdan” hamkasbingiz ayta olmaydigan joy. Aynan shunday taʼtillarni yoqtiradiganlar uchun, biz sayohlar bilmaydigan, 10ta juda shinam shaharlar roʻyhatini tayorladik.


Qachonlardir, Viktor Gyugo bu shaharchani “dunyodagi eng goʻzal” deb nomlagan, hattoki bugun ham fikriga qoʻshilmaslikni ilojisi yoʻq. Buyuk yozuvchi davridan beri koʻp narsa oʻzgarmagan boʻlsa kerak, bu yerda hozirgacha oʻrta asirni shamoli esadi: huddi shu fahverkali uylar, qaragʻay ustunlari bilan bezatilgan, qadimgi cherkovlar va tosh yotkizilgan koʻchalar. Bu yerga kelishga arziydi, bu muhitni sezish uchun, nordon karam bilan anʼanaviy nemis sosiskalardan taʼtib koʻrish va mahalliy vinodan ichib koʻrish, ular shaharni tashrif qogʻozi boʻlib hisoblanadi.


Italiya boʻylab sayohat qilayotib, mamlakatni shimoliga yoʻl olish lozim va Chinkve-Terre milliy parkiga tashrif buyurish kerak, u beshta katta boʻlmagan qishloqlardan iborat, qoyalarda qurilgan va yer osti yoʻllar bilan bogʻlangan.
Manarola – ularni ichida eng manzarali shaharcha. Rangbarang uychalar osilib turgan toʻglarga kiritilgan. Qishloq uzumzor bilan oʻralgan, va mahalliy vino oʻzining mast qiluvchi yengilligi bilan mashxur.
Pristanda prokatga kichkina kemani olish va dengiz sayohatiga otlanish mumkin. Dengizdan ajoyib shaharga koʻrkam manzara ochiladi.


Faqatgina shunday ertakday goʻzal shaharda, barcha mamlakatlar va halklarni eng zoʻr ertakchisi Gans Hristian Andersen tugʻilshi mumkin. Oʻzining asarlarida u aynan bolaligi oʻtkazgan Odensani tasvirlagan boʻlsa kerak. Kichkina uylar, tor koʻchalar va orʼta asr qasrlari – burchakdan hozirgina choʻpon qiz va moʻri tozalagich chiqib qoladiganday tuyiladi. Bugun sayohatchilar (tan olish kerakki, kam uchraydigan) Odensaga kelishidan maqsad, bu buyuk yozuvchini hurmatini bajo qilish va Gans Hristian Andersen bogʻi boʻylab sayr qilish uchun. Shunigdek bu yerda ertakchini uy-muzeyiga va juda yaxshi saqlanib qolgan Nyuborg qasriga tashrif buyurish mumkin.


Yevropaliklar oʻrtasida taniqli boʻlgan, lekin bizning sayohlarga tanish boʻlmagan, kichkina shaharcha Gentni qoʻrqmasdan belgiyalik Venetsiya deb atash mumkin. Lis daryosi bilan hamma joyi toʻqilgan, unda yoqimtoy katerlar yuradi. Bu yerda diqqatga sazovor joylar unchalik koʻp emas, lekin shunday taasurot boʻladiki, bu yerda har bir uy fahrli, ahir Gent oddiy uylarni ham ajoyib arhitekturasi bilan ajralib turadi, ular XVI asrdan saqlanib qolgan.


Bekorga bu shaharcha Ispaniyani milliy boyligi boʻlib hisoblanmaydi, va mamlakatni eng chiroyli shahri deb tan olingan. Siz u haqida eshitmagandizmi hattoki? Bu anglashilmovchilikni tezda toʻgʻrilash kerak! Albarrasin oʻzining tarihi bilan mashxur, u eramizdan oldingi vaqtda boshlanadi, tabiiy boyliklar (yashil oʻrmon orasida yaqindagi qiyaliklarda) va … eshik ushlagichlari bilan. Shahardagi har bir uyni har bir eshigi mahalliy ustalar tomonidan qoʻlda yasalgan va qaytarib boʻlmas oʻziga hoslikga ega.



Sayohlar bu mamlakatga yuqori eʼtibor qaratmaydi, ustiga ustak bunday kichik shaharcha Mostarni. Lekin bekor qilishadi! Rangbarang va shinam, u Neretva daryosi sohillarida XV asrda qadr roslagan. Usha paytdan beri u koʻplab jang va urushlarni koʻrgan, lekin qandaydir moʻjiza yordamida oʻzining tarihiy markazini saqlab qolgan. Mostarni tashrif qogʻozi – eski koʻprik, ikkala qiyalik qirgʻoqlarni bogʻlaydigan, ularda shahar joylashgan. Mayli bu bir kunlik shahar boʻlsin, lekin unga sarflagan kunga aniq achinmaysiz.


Polsha ham ajablantirishni biladi, standart yoʻnalishlardan buriladiganlarni va Krak va Varshavadan koʻproq narsani koʻrmoqchi boʻlganlarga. Torun mamlakatni shimolida joylashgan va polyaklarni oʻrtasida ham populyar. Ular bu yerga kelishadi, oʻz tarihini va madaniyatini yahshi oʻrganish uchun, ahir bu shahar hozirgacha Oʻrta asr sirlarini saqlaydi.



Chehiya – bu bizning yevropali hayot haqidagi tasavvurlarimizni timsoli, va mamlakat shimolidagi Olomots kabi bunday kichkina shahar ham, oʻzining koʻp asrli tarihiga qaramasdan, hozirda faol madaniy hayot bilan yashamoqda. Shahar ochiq osmon ostidagi bitta yalpi muzeyga oʻhshaydi, shuning uchun ham u boʻylab oddiy sayr ham jozibali boʻlishi mumkin.


Bu qishloqni oʻziga hosligi shundaki, bu yerda moshinalar ham, yoʻllar ham yoʻq. ularni oʻrniga – kanallar va qayiqlar. Va mahalliy aholi oʻzining qayiqlarini yashil uchastkalarini oldiga joylashtiradi. Barcha uylar hususiydir, oʻziga hos somonli tom bilan qoplangan, ularni atrofida esa gullayotgan bogʻlar joylashgan. Bu yerda yashash zerikarli boʻlsa kerak, lekin Githornga atiga bir-ikki kunga tashrif buyursa, parallel olamga tushib qolganday tuyiladi, hamma tinch va bahtli yashaydigan.


Kurort shahar Bled – bu tabiat bilan bahramand boʻlmoqchi, eng toza koʻlda choʻmilmoqchi va toza havodan nafas olmoqchi boʻlganlar uchun haqiqiy jannatdir. Bu hilvat shaharcha faqatgina tabiyat boyliklari bilan mashxur emas, balki kichkina koʻl oʻrtasidagi kichkina yashil oroldagi ajoyib cherkovcha bilan ham.
Bu maqola bilam doʻstlaring bilan boʻlish!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



