Barselona ohanrabosi

Bu yerning tub aholisi vakillari oʻz ona shaharlariga bogʻliq koʻplab afsonalarni sizga hikoya qilib berishlari mumkin. Ulardan biri shaharga kim asos solgani haqidagi ajoyib qissadir.

Aytishlaricha, bu jozibador shaharga tarixda Rim paydo boʻlishidan 400 yil avval Gerkules asos solgan ekan.

Ammo shaharda uning eramizdan avvalgi 3 asrda Gannibalning otasi Gamilkarom Barka tomonidan ham yaratilgani haqidagi afsonalar yuradi. Shahar ham aynan uning oilasi familiyasi sharafiga Barselona deya atalgan. Shahar aholisi vakillari oʻzlariga yoqqan afsonani qoʻllab-quvvatlashadi.

Shahar boʻylab kezgan paytingizda qirgʻoqlardagi gavchum plyajlar darrov diqqatingizni oʻziga tortadi. 1992 yilga qadar qirgʻoqlardan plyaj sifatida foydalanilmagan, keyinchalik esa Olimpiada oʻylariga tayyorgarlik koʻra turib, bu yerlarni dam olish hududiga aylantirish qaroriga kelishgan.

Shaharning bir-biridan goʻzal va yuksak mahorat bilan bunyod etilgan binolarini aytmaysizmi? Har biri dilingizdan butun umr oʻrin egallashga shay holda turadi.

Shunday daqiqalarda nima uchun Barselona tarixda ilk bor arxitekturasi uchun Qirollik oltin medalini qoʻlga kiritganini anglab yetasiz. 1948 yildan boshlab Qirollik instituti Britaniya arxitektorlarini dunyo arxitekturasiga qoʻshgan hissasi uchun oltin medal bilan mukofotlab keladi. Odatda ushbu mukofot maʼlum bir insonga nasib etadi, ammo 1999 yilda medalni butun boshli Barselona shahri qoʻlga kiritgan.

Ushbu shaharda La Merse dab ataluvchi ajoyib milliy bayram ham borki, uning qanday kechishini bir bor koʻrsangiz, bu shaharga qayta va qayta keishni orzu qilaverasiz. Festival shahar homiysi boʻlmish Avliyo Merse sharafasiga shunday atalgan va yilning 24 sentyabr kunida oʻtkaziladi.

Qisqasini aytganda, ming bora gapirgandan bir bora borib koʻrgan afzalroqdir. Betakror Barselona ohanrabosi sizga butun umrga tatigulik taassurotlar bera olishiga aslo shubhamiz yoʻq.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



