Barselona haqida bilishingiz kerak boʻlgan qiziqarli maʼlumotlar

1. Eng hamyonbop va keng tarqalgan usul – elektrichka orqali yetib olishdir. Sizni aeroportdan shahargacha olib boradigan poyezd narxi 4 yevro boʻlib, yetib olishingiz uchun tahminan yarim soat vaqtingiz ketadi.
2. Qulay koʻrinishdagi avtobuslar sizni Barselonaga poyezd bilan bir hil vaqt ichida olib borib qoʻyadi. Ammo uning yaxshi tomoni shunchaki, transport kutib oʻtirish uchun ortiqcha vaqt sarf etmaysiz. Sababi astobuslar har 5-10 daqiqa ichida qatnab turadi. Narhi esa 5.90 yevroni tashkil etadi.
3. Albatta, oʻz manzilingiz tomon yetib olishning birozgina qimmatroq, lekin tez usuli ham bor. Tushunganingizdek, bu taksi xizmati. Manzilingizgacha olib borib qoʻyadigan taksi uchun 28 yevro pul toʻlaysiz, biroq pulingizga yarasha 15 daqiqa ichida Barselonada boʻlasiz.
Kanaletes maydoniga shunday bir favvora borki, u shahar mehmonlari, jumladan futbol muhlislarining sevimli makoniga aylangan. Bu yerdan unchalik uzoq boʻlmagan joyda shunday soʻzlarni uchratasiz: “Favvoraning suvidan ichgan har bir odam Barselonani yaxshi koʻrib qoladi va bu yerga albatta qaytib keladi!”

Rambla piyodalar yoʻlakchasi sizni Xristovor Kolumb haykali tomon olib boradi. Haykalning balandligi 60 metr boʻlib, uning ichki qismida tomosha maydoniga olib chiqadigan koʻtarilish joyi bor. Mashhur dengiz sayohatchisining koʻrsatkich barmogʻi yarim metr keladi, oʻzi esa Ispaniya yuragi boʻlmish Madridga teskari koʻrinishda oʻrnatilgan.

Barselona opera teatri haqiqatan ham Yevropaning eng hashamatli teatri deb atalishga arziydi. 1994 yilda bino yongʻin sabab vayron boʻlgan va aholi daromadi hisobiga qaytadan tiklangan.
Montserrat Kabale, Plasido Domingo kabi koʻplab opera yulduzlari chiqishlar uyushtirishib, binoning taʼmirlanishi uchun mablagʻ yiqqanlar.

Rassom Pablo Pikasso oʻz muzeyining aynan shu yerda qurilishiga erishgan, sababi uni bu yerga juda koʻp narsalar bogʻlab turgan. Rassom bu yerga oʻzining 3000 dan ortiq polotnolarini olib kelgan. Ular orasida uning faoliyati davomida chizilgan ilk suratlar ham bor.

Barselonadagi eng koʻp eʼtibor jalb qiluvchi hududlardan biri Sagrada Familiya boʻlib, uning qurilish ishlari hanuzgacha nihoyasiga yetkazilmagan.

Kataloniya hukumati ushbu idobatxonaning halq hisobiga qurilishini tagʻrib qilmoqda, bu esa qurilish sabab ish juda sekinlik bilan amalga oshirilayotganiga sabab boʻlyapti.

Bugungi kunda ibodatxona kurilishi tahminan 2025-2030 yillarda tugatilishi tahmin qilinmoqda.

Kasa Mila Antonio Gaudiga tegishli boʻlgan mashhur loyihalardan biri. Bu yerga kelish uchun oʻta katta navbatdan oʻtish talab etiladi.

Qurilish binosi Eshample kvartalida undan ham qadimiyroq boʻlgan va Art-Dero uslubida qurilgan binolar yonida joylashgan.

Markaziy sohadan uzoqroqda joylashgan Barselona tumanlaridan biri – Tibidabo togʻlari boʻlib, bu yerdagi eng diqqatga molik joylardan biri Muqaddas yurak ibodatxonasi hisoblanadi.
Sayyohlarning qayd etishlaricha, ibodatxona tashqari tomondan juda betakror, ichkaridan esa gʻamginroq koʻrinadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



