Baxtli va uzoq umr koʻruvchilar. Keksalik quvonch ulashganida...

Yoshidan qatiy nazar, yuragi yosh, tirik va doimiy izlanishdagi aqlga ega, qalbining yoshligini saqlab kelayotgan odam doimo navqirondir. Baxt qarilikni inkor etadi. Goʻzallikni koʻrish qobiliyatini saqlagan kishi hech ham qarimaydi. Qalban yosh insonning hayotiuning ichki dunyosi juda boyligi tufayli, u bilan sodir boʻlayotgan barcha hodisalarni chuqur va teran his etib tinimsiz izlanish va saʼy-harakatlari orqali topgan mazmunga toʻlgan.

Va aksincha, yuragi tosh qotgan, qalbi vaaqli vayron qilingan, hayoti maʼnosiz boʻlgan istalgan yoshdagi inson juda tezva muddatidan ancha ilgariroq qariydi. Aqli, qalbi hamda yuragining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etishga toʻsqinlik qilayotgan cheklovlar-u toʻsiqlarni tan olmay yengib oʻtadigan inson doimo yosh boʻlib qoladi. Bunday cheklovlar vavaziyatlarning tuzogʻiga ilingan har qanday kishi qari boʻlib qoladi.

Baxtli keksalik - uzoq umr koʻrgan inson oʻtmishda bilmagan yangi ijobiy hissiyotlarni olib keluvchi uzoq umr davomida oʻz oʻrni, yangi hayotidan qoniqish hissiyotidir. Baxtli keksalikning kaliti nima?
Bunga quyidagilar kiradi: ichki muvozanat, yaxshi kayfiyat, atrofdagilar bilan hissiy munosabatlardan qoniqish. Oʻziga va boshqalarga, ulardagi boʻlgan kamchiliklariga nisbatan bagʻrikenglik. Jonli manfaatlar va kelajak uchun doimiy rejalar. Oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqoriroq boʻlgan oʻz-oʻziga hurmat, atrofdagilarning yordamiga ishonch.

Inson ruhiyatiga hayvonlarning taʼsirini birinchi boʻlib tadqiq qilgan Uorren Mak-Kallok hammaga va ayniqsa, baxtli uzoqumr koʻruvchilar safiga qoʻshilishni istagan kishilarga, biror uy hayvonini asrab olishga daʼvat qiladi. Keksa yosh bilan fikrlash qobiliyatining pasayishi oʻzaro bogʻliq deb hisoblaganlar qattiq adashadilar.
60 yoshdan 93 yoshgacha keksalar qobiliyatini oʻrganish paytida shu aniqlandiki, uzoq umr koʻruvchilar sezilarli darajada oʻzinig baʼzi qobiliyatlarini rivojlantirishi va hattoki yangi qobiliyatlarini namoyon qilishi mumkin ekan. Inson oʻzini yosh yoki keksa deb qabul qilishi qarish jarayoniga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladi.

Bu 1979 yilda ruhshunos Elen Lendjer va uning Garvardlik hamkasblari tomonidan aʼlo darajada namoyish etilgan edi. Ular bir necha keksa erkaklarning ongida katta boʻlmasa ham samarali oʻzgarishni vujudga keltirgan holda shu keksa insonlarning qarish jarayonini sezilarli darajada oʻzgartirgan, aniqrogʻi sekinlashtirgan.
Tajribani doktor Dipak Chopra oʻzining “Vaqtga boʻsunmas tana va aql” kitobida tasvirlab bergan. 75 va undan katta yoshdagi sinalayotgan kishilar bir haftalik dam olish uchun shahardan tashqaridagi juda sokin kottedjga joylashtirilgan. Shu bilan birga bir gʻalati cheklov sharti joriy etilgan: ularga 1959 yildan keyin chop etilgan gazeta, jurnallar, kitoblar va oilaviy fotosuratlarnioʻzi bilan birga olib borishga ruxsat berilmagandi.

Ushbu noodatiy iltimosning maʼnosi ular joyga etib kelganida aniq va ravshan koʻrindi. Kottedj 20 yil avvalgi moda va anʼanalarga toʻla mos ravishda jihozlangan edi. Stollarning ustida 1979 yildagi jurnallarning oʻrniga, 1959 yilda chop etilgan nashrlar yotar edi. Musiqiy yozuvlar ham faqat oʻsha vaqtlardagi yozuvlar edi va shu oʻrinda odamlardan oʻzini 20yil muqaddam qanday tutgan boʻlsa xuddi shunday tutishni iltimos qilingan edi.
Barcha suhbatlar oʻsha yillardagi voqealar va odamlar toʻgʻrisida boʻlishi kerak boʻlgan.

Tabiat qoʻynidagi hayotning har birmayda narsa ham ular oʻzini yoshi goʻyo endigina 50 yoshdan sal oʻtgandek his qilishlari uchun batafsil hisoblab chiqilgan edi.
Shu paytning oʻzida Elen Lendjer jamoasi sinaluvchilarning umumiy profili jismoniy kuch, gavda, idrok tezligi, ahborot qabul qilish qobiliyati va xotira bilan birga koʻrish, eshitish va taʼmni sezishdan tashkil topadigan biologik yoshini kengaytirilgan oʻlchash jarayonini oʻtkazgan.
Kottedjda hozir boʻlgan, biroq real vaqtda yashagan boshqa qariyalar guruhiga nisabatan tajriba guruhida xotira va qoʻllari mohirligining ijobiy tomon oʻzgarishi borasida ancha yaxshi natajalarga erishilgan. Odamlar ancha faollashgan va mustaqil harakat qilgan. Shu kunga qadar ularning koʻpchiligi oʻzining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun oilaning yoshroq vakilllari koʻmagidan foydalangan boʻlsa-da, oʻzini qariyalar singari emas, 55 yoshdagilar kabi tuta boshlagan.

Biroq, eng katta oʻzgarishlar qarishnin gilgari qaytarib boʻlmas deb hisoblangan jihatlarida yuzaga kelgan. Sinovdan oʻtkazilayotganlarning qiyofasini tajribadan avvalgi va keyingi tashqi koʻrinishlariga baho berishi soʻralgan chetdan jalb qilingan xolis hakamlar tomonidan ularning yuzlari ancha yoshargan deb topilgan.
Odatda yoshiga qarab qisqaradiga nbarmoqlar uzunligining oʻlchami ular uzayganligini koʻrsatgan. Boʻgʻimlar ancha egiluvchan boʻlib qolgan. Qaddi-qomati esa toʻgʻrilana boshlangan. Kuch oʻlchagichning maʼlumotlari koʻrsatgandek, mushaklar kuchi kuchaygan, koʻrish va eshitish qobiliyati charhlangan.Professor Lendjer oʻz tadqiqotlari orqali shuni koʻrsatdiki, keksa yoshdagi qaytarib boʻlmas oʻzgarishlarniruhiy aralashuv orqali bartaraf qilinishi mumkin ekan.

U vaqtni obyektiv deb oʻrgatadigan eski paradigmani rad etdi. Darhaqiqat, bizning tanamiz xotiralar va ichki tuygʻular bilan belgilanadigan subyektiv vaqtga boʻysunar ekan.
Lendjerushbu odamlarni ichki vaqtlaridagi sayohatchilarga aylantira oldi. Ular psixologik jihatdan 20 yil oldingi holatga qaytdilar, ularning tanalari ularga ergashdi.
Bu yerda ishga tushgan mexanizm, bu -ishontirish, aniqrogʻi – oʻzini-oʻzi ishontirish deyiladi.
Ongli ravishda oʻzini ishontirish- ruhiy oʻzini boshqarishning asosiy instrumenti, u mislsiz, mutlaq qamrab boʻlmas kuchga ega va vaziyatga qarab, u oʻta foydali boʻlishi bilan birga achinarli oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Ongli ravishda oʻzini ishontirish imkonini anglab, siz eng avvalo oʻzingizda va boshqalarda oqibati havfli va halokatli boʻlishi mumkin yomon oʻzgarishlarni oldini olasiz. Shu bilan birga, siz ongli ravishda jismoniy kasalliklardan xalos boʻlish va ruhiy xotirjamlik topish imkonini yaratish uchun yaxshi oʻzgarishlarga hissa qoʻshish imkoniga ega boʻlasiz.
Faol va sogʻlom uzoq umr koʻrishning quvonchiga quyidagi narsa halaqit berishi mumkin: - aniq hayot ritmining yoʻqligi; - aloqa muhitining qisqarishi; - faol ish faoliyatidan qochish; - "uydagi vayronagarchilik" sindromi; - inson oʻz ichida choʻkib ketishi; - yopiq maydondan bezovtalik hissi; - keksa odamlarga nisbatan dushmanlik hissi; -keksa yoshdagi odamlarning yosh avlodga salbiy his-tuygʻulari.
Qarish jarayoni kabi haqiqatidan nafratlanish – hayotning oʻzidan nafratlanish demakdir. Agar biz hayot va qarish bu oʻsishi va rivojlanish jarayoni ekanligini tushunmasak, unda hayotning asosiy tamoyillarini tushunmagan boʻlamiz, deb oqilona belgilagan edi TomasXan.

Qariyalarga hurmat, tushunish va sabr-toqatbilan munosabatda boʻlishdan koʻra tabiiyroq va munosibroq narsa boʻlishi mumkinmi?
Hatto turli avlodlar vakillari ham doimo bir-birlari bilan boʻlishish uchun biror narsalarga ega, keksalar ham qachonlardir yosh boʻlgan, yoshlar ham qachonlardir keksalarga aylanadi. Bir-birimizga issiqlik va mehr bilan munosabatda boʻlsak, biz birinchi navbatda oʻzimizga yordam beramiz.
Koʻp yillar davomida yigʻilgan donolikbolalar, nabiralar, hatto bunga ega boʻlmaganlarga ham xizmat qilishini tushunish naqadar yoqimli. Yoshlar uchun, qariyalarga mehr-oqibat hissi, oʻziga va yorqin kelajagiga ishonch ifodasini topadi.
Bir mehribon, dono keksa ayoldan shunday deb soʻrabdilar:
- Buvijon! Siz shunday qiyin hayot kechirdingiz, ammo qalbingiz hammamiznikidan ham yoshroq koʻrinadi. Bunga erishish uchun birorta siringiz bormi?
- Bor, azizlarim. Menga qilingan barcha yaxshiliklarni qalbimga yozib qoʻyaman, yomonliklarning hammasini esa suvga yozaman. Agar men buning teskarisini qilsam, hozir mening qalbim dahshatli chandiqlarga toʻlib ketgan boʻlar edi, shuning uchun ham qalbim xushboʻy jannatning oʻzi.
Xudo bizga ikki qimmatbaho qobiliyatni bergan: eslash va unutish. Bizga yaxshilik qilinganida, minnatdorchilik uni eslashni talab qiladi, yomonlik qilinganida esa, mehr uni unutishga undaydi.

Togʻli Abxaziya donishmandlari baxtli va uzoq umr koʻrishning besh siri borligini aytgan. Ularning turmush tarzi eʼtibordan chetda qolmagan va Pola Garbning “Uzoq umr koʻruvchilar” kitobida batafsil tavsiflab berilgan:
Abxaziyadagi keksa odamlar oʻz qadr-qimmatini mustahkamlovchi juda katta hurmatga sazovor va shundan foydalanadilar. Abxaziyada yoshlar keksalik toʻgʻrisida salbiy tomonlama gapirmaganidek, keksa yoshda boʻlganlarning oʻzidan ham biror kishi aniq va keskin fikr bidirmaydi. Ularga yolgʻizlik hissiyoti begona – ular doimo qarindoshlari va qoʻshnilari tomonidan koʻrsatiladigan gʻamhoʻrlikni his etadilar va bu hayot falsafasining tabiiy ifodasidir.
Har bir inson eng yaxshi dori –atrofdagilarning mehri va gʻamxoʻrligi ekanligiga qatʼiy ishonch hosil qilgan. Keksa odamlar, shu jumladan, 90 yoshdan katta boʻlganlar ham, har kuni qarindoshlari va yaqin qoʻshnilari bilan suhbatlashadilar, hech boʻlmaganida kamida haftasiga bir marta doʻstlari bilan uchrashib turadilar. Yosh va oʻrta yoshli odamlar muntazam ravishda kunlik hayotning muhim masalalari boʻyicha keksalar bilan maslahatlashadilar.

Uzoq umr koʻruvchilar turli qiziqishlari, toʻlaqonli hayotni yashash istagi bilan ajralib turadi. Bu oʻziga xos hazil-mutoyiba, yumorni his etish fazilatlariga ega, har doim boshqa odamlar orasida boʻlish istagidagi insonlar. Ularning samimiyati va mehmondoʻstligi boshqa millat vakillariga nisbatan ham koʻrsatiladi. Uzoq umr koʻruvchilarni doimo sogʻlom boʻlishga intiluvchanlik, turli kasalliklarga shikoyat qilish odatining yoʻqligi, kasalliklarga qiziqishning umuman yoʻqligi (oʻlim haqidagi fikrlar depressiyaga sabab boʻlishi maʼlum, Abxaziyaning keksalari orasida koʻpincha qarilik marazmiga sababchi boʻladigan depressiyaning alomatlari yoʻq).

Uzoq umr koʻruvchiar ularning hayotida sodir boʻladigan barcha narsani qandaydir tashqi kuchlar taʼsiri emas, oʻz harakatlarining natijasi deb biladi. Bu esa hayotdagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishga kuch-quvvat ulashadi. Ular oʻzlariga tegishli boʻlgan barcha narsalar uchun masʼuliyatni oʻz zimmalariga olgan, oʻzlarini oʻz taqdirlarining egasi sifatida his etadigan shaxslardir. Mahalliy va chet el olimlarining tadqiqotlari hayotning baxtli kuzi uchun koʻp turli variantlari haqida maʼlumot beradi. Mana baxtli uzoq umr koʻruvchilarning bir nechai jtimoiy-psixologik turlari:
Birinchidan, bu faol ijodiy turdagi odamlar. Bu odamlar ijtimoiy, siyosiy, diniy hayotda va yoshlarni tarbiyalashda ishtirok etadi va shuning uchun ham, hatto nafaqaga chiqqanidan keyin toʻlaqonli hayot kechiradi.
Ikkinchidan, faol "individual" turdagilar. Bunday keksa odamlar avval bajarish uchun vaqt topa olmagan ishlari bilan shugʻullanadi: oʻqish, dam olish, koʻngilhushlik qilish va hokazo.
Uchinchidan, faol "tabiiy" turdagilar. Ular odatda tabiyatga yaqinroq boʻlib, bogʻ tomorqalarida oʻzi bilan oʻzi ovora boʻladilar.
Toʻrtinchidan, oilaviy turdagi odamlar.Ular oʻz bor kuchlarini oilaga sarflaydi va odatda bu baxtli buvijonlarga aylangan baxtli onalardir. Bunday insonlarda uy ishlarining tagiga yetib boʻlmasligi tufayli, u bilan shugʻullanadigan ayollar qaygʻu chekish uchun vaqtning oʻzi yoʻq.
Va oxirgi "sogʻlom" turdagilar. Bu turga hayotining mazmuni oʻzlarining sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik qilish boʻlgan keksa odamlardir. Bu bilan ham turli xil faoliyat shakllari, ham axloqiy qoniqish bogʻliq. Ammo keyingi ikki turdagi odamlarda hayotdan qoniqish avvalgi turdagilarga qaraganda pastroq. Qalb yoshligi mavjud ekan - qarilik yoʻq. Ayrim kishilarni qariyalar deb atashga til ham aylanmaydi. Luiza Xey uchun vaqt goʻyo teskari hisobni boshlaganday, buning sababi u har doim uzoq umr, salomatlik, goʻzallik, muvaffaqiyat sirlarini birov bilan boʻlishib baham koʻrishga doim xursandligidadir, balki?
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



