Birlashgan Qirollik haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

Eng boy, kuchli va taʼsir oʻtkazuvchi davlatlardan biri Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashgan qirolligi, juda qiziqarli tarixga ega quruqlikning egasi hisoblanadi va biz u haqida baʼzi qiziqarli maʼlumotlarni bilmasligingizga ishonchimiz komil.

Angliyaning tarixidan siz bilmaydigan qiziqarli maʼlumotlar haqida bilib olishni istasangiz quyida yigʻilgan 25 ta qiziqarli faktlarni oʻqib chiqishni tavsiya qilamiz.

25. 242.500 km2 hududga ega boʻlib, Buyuk Britaniya katta mamlakat hisoblanadi, biroq shunga qaramasdan, uning dengiz sathidan eng uzoq nuqtasi 113 km dan oshmaydi.

24. Har kuni Britaniyaliklar 165 million chashka choy ichishadi, bu esa amerikaliklarga nisbatan 20 barobar koʻp.

23. Bir paytlar Britaniya imperiyasi dunyodagi eng katta imperiya boʻlgan va sayyoramizning chorak aholisini va quruqlikning chorak qismini egallagan.

22. Britaniya juda koʻplab urushlar olib brogan, ularning asosiy qismi oʻn yillardan ham oshib ketadi, biroq bu mamlakatda eng qisqa urush ham kuzatilgan. Bu Britaniya va Zanzibar urushi, bor yoʻgʻi 38 daqiqa davom etgan.

21. Yevropa mamlakatlari orasida Britaniyada eng koʻp semizlik darajasi kuzatiladi: har toʻrtinchi kishi semizlikdan qiynaladi.

20. Britaniya dunyoga sport turlarining bir nechtasini sovgʻa qilgan, ulardan eng taniqlilari – futbol, regbi va polo. Shunga qaramsdan oxirgi paytlarda Britaniyaliklar ushbu sport yoʻnalishlari boʻyicha boshqa mamlakatlarga magʻlub kelmoqda.


















Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



