Biznes moʻjiza - oʻz ishqibozligingizni biznesga aylantirish yoʻli


Yangi Yilning birinchi haftasi hamma narsani unutish uchun juda qulay vaqt. Huddi shunday vaqt yilning oʻrtasida ham keladi, yaʼni oʻqishni tugatganingizdan keiyn. Shunday paytda hamma yoqimsiz narsalarni unutish mumkin. Yirik biznesmenlarning muvaffaqiyati toʻgʻrisida bilishingizni, pul ishlash uchun qayndaydir “jiddiy” narsa bilan shugʻullanish kerakligini, “qiziqishning oʻzi bilangina qorin toʻymas”likni , “iloji yoʻq”, “bundan hech narsa chiqmaydi”, “hech kim bunday qilmaydi”, “xom hayol”, “gʻirt safsataning oʻzginasi” kabi gaplarni ham unutish uchun juda qulpay vaqt. Unutish kerakmi - unuting! Toza varaq olingda, nima bilan shugʻullanishni yoqtirishingizni yozing. Bu bitta emas, ikkita, uchta, beshta narsa boʻlsa ham hechqisi yoʻq. Asosiysi bu mashgʻulotlar sizga yoqishi kerak. Qandaydir istiqboldagi narsani tanlashga urinmang. Oʻzingizga nisbatan samimiy boʻling. Keyin esa... fantaziyangizni, hamda Barbara Sherni yordamga chaqiring. Barbara Sher - noodatiy biznes sohasida dunyo miqyosidagi bilagʻon. Quyida uning kitoblaridan olingan bir necha gʻoyalar. Ular sizni oʻz izlanish yoʻlingizga chorlashiga shubhamiz yoʻq.

Dunyoni kezishni sevasizmi? Qandaydir biror kurortda taʼlim yoki sport loyihasini tashkil etish, unga turli maʼruzachilarni jalb qilib guruh tashkil qilish mumkin. Yoki kruiz laynerida maʼruza qilsa boʻladi.
Oʻzlari shugʻullanishiga vaqt topa olmaydigan kichik biznes egalari uchun internetda tadqiqotlarni oʻtkazish, yoki boshqa davlatda oʻz ishini ochmoqchi boʻlganlar uchun maʼlumot yigʻish, yaʼni raqobatchilik doirasini, yuridik masalalarini, koʻchmas mulkni tanlash mumkin.
“Mening bir doʻstim yirik okeanarium uchun “baliq yigʻuvchi” boʻlib ishlagan. U muxandis boʻlgan va suvosti dunyosi toʻgʻrisidagi puhta bilimlarga ega boʻlmagan. Ammo,bir vaqtlar u Tinch okeanining janubiy suvlarida uzoq muddatli tadqiqotlar oʻtkazilgan okeanografik kemada boʻlib qolgan holda dayving tajribasiga ega boʻlib olgan va oʻsha joylarni juda sevib qolgan. Endi ular rafiqasi bilan birga yilning asosiy qismini Gavayi orollari va Avstraliyada, yaxtada yashaydi. Ular tirikchiligini noodatiy mollar va soqgʻalar doʻkonlari uchun qiziqarli gadjetlar va oʻyinchoqlarni oʻylab chiqarishi bilan oʻtkazadi” - deb hikoya qiladi Barbara Sher.
Agar oʻzingizda sanʼatkorlik isteʼdodi boʻlsa, dunyo boʻylab gastrollar bilan sayohat qiluvchi truppani yaratishingiz, agar bichish-tikishni bilsangiz, shunday guruhga kostyumer yoki oshpaz boʻlib qoʻshilib olishingiz mumkin.

Kinoni sevmagan kishini topishning oʻzi amri mahol. Biroq, kino toʻgʻrisida juda ommabop bloglar yoki internet jurnallarni yurituvchi havaskor sinefilllar juda koʻp. Ular yirik kinostudiyalarga reklama uchun oʻz sahifasidan joyni juda katta muvaffaqiyat bilan sotish bilan shugʻullanadi: reklama beruvchilarning eʼtiborini saytga tashrif buyuruvchilarning miqdori oʻziga jalb qiladi.
Bundan tashqari, oʻz filmlaringizni olishingiz ham mumkin - badiy yoki hujjatli. Internet, turli konkurslar va festivallar orqali tomoshabinlarga yoʻl topish va odamlarning muhabbatiga erishish mumkin. Oson ish emas, lekin bajarsa boʻladi! Yana bir gʻoya — kino muzeyini yoki ochiq havoda havaskor filmlarining kichik kinoteatrini tashkil qilish. Buning uchun yaxshigina ishtiyoq, huquqshunoslik va maʼnaviyat sohasidagi tajribali mutaxassisdan tavsiyalar va zamonaviy audio-video texnika kerak boʻladi.

Agar biror marta hayolingizdan “Bir umr oʻqisang-u, buning uchun senga pul ham toʻlashsa”, degan fikr oʻtgan boʻlsa, istagingiz xom hayol emas. Masalan siz chet el talabalari uchun maʼruzalarni konspekt qilishingiz, bundan tashqari, diplom ishlarini yozishingiz va tekshirishingiz mumkin.
Hech qanday zaruratsiz internetda oʻtirgan holda hamma narsani birvarakayiga oʻqib oʻtiruvchi odamni nima deb atar edingiz? Oʻzingizni qiynamang, bundaylarni “yuqori haq oladigan ahborot vositachisi” deyiladi”.
Bu degani, u odamlar uchun kerakli maʼlumotlarni izlab topib beradi va shuning uchun haq oladi. Bu yerda kalit mahoratlardan bittasi — topilgan barcha maʼlumotlarni hisobotda qisqa va batafsil tafsilot qilib berish. Texnik yozuvchilik tajribasi juda asqatadi, lekin busiz ham amallasa boʻladi.

Agar siz oʻzingiz bilib olgan narsangizni bayon qilishni yaxshi koʻrsangiz- demak siz populyarizatorsiz va bu oʻzingizga ham, auditoriyangizga ham anchagina zavq-shavqdan darak beradi. Siz maktablarda taʼlim maʼruzalari bilan yoki keksa odamlar, tarbiyasi qiyin bolalar, yolgʻiz onalar - xullas, oʻz sevgan narsangizbilan hayotini oʻzgartira olishingiz, yoki sal boʻlsada, yordam berishingiz mumkin boʻlgan maxsus auditoriya uchun moʻljallangan maʼruzalar majmui bilan chiqishingiz mumkin. Agar bu sizni qiziqtirsa - demak siz kommunikator, oʻqituvchi, sharhlovchi, jonboz va betakror Santa-Klaussiz.
Populyarizatorlar ilmiy-ommabop kitoblar yozadi va "Disсovery" kabi televizion kanallar uchun dasturlar tayyorlaydi. Kitobdan, hujjatli filmdan yoki oʻz sohasiga juda kuchli qiziquvchi oʻqituvchisidan oʻzi uchun yangi narsani bilish zavqini his etgan har bir inson populyarizatorlar mavjudligi naqadar ajoyib ekanligini albatta tasdiqladi.
Albatta, mutaxassislar ham oʻz mavzusini ommalashtirib, sodda tilda tushuntira olishi mumkin, biroq yildan yilga bitta mavzuni qatʼiy doira chegarasida qaytaraverish ularning gʻayratini soʻndirib boradi. Jonboz kishi esa doimiy ravishda qandaydir yangilik ketidan quvadi va uning mavzulari hatto har oyda yangilanishi mumkin.


Agar butun umringiz davomida bittay-u bitta ish bilan shugʻullanishni istamasangiz, siz lavozimlar uchun nomzodlarni izlab, yoki ishlar va xizmatlarni izlash saytlari bilan hamkorlik qilib turli kasblarning hususiyatlarini oʻrganishingiz mumkin. Balki, sizga profesionnalar uyushmasida rahbarlik qilish yoqib qolar.
Barbara Sherda misol: “Mening sobiq sinfdoshim bitiruvchilar uyushmasini yaratdi. Yana bir maktabdoshim Rossiya va Shimoliy Yevropada sayohat qilib, kichik biznes boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi hamda yangi joylarda oliy maʼlumotli ayollar tashkiloti - American Association of University Women uyushmasining yangi boʻlinmalarini tashkil qiladi”.

Jurnallar uchun maʼlumotlarning salmoqli qismini shtatdan tashqari mualliflar, shu bilan birga frilanser-rahbarlar, uchuvchilar, kema oshpazlari, erkin rassomlar, kinoprodyusserlar va ijrochilar yozishini balki bilarsiz. Dunyo tobora shaffof boʻlib bormoqda - hozirgi paytda buxgalteriyadan tortib boshqaruvgacha barcha sohalarda frilanser boʻlish mumkin.
Nimada ustasi farangligingizni yaxshilab oʻylab koʻring va bu kimgadir albatta kerak boʻlib qoladi.
Gʻoyalarni izlashda eng yaqin kitob doʻkoniga kiring va ishbilarmon adabiyot boʻlimini toping. U yerda kichik biznes uchun qoʻshimcha gʻoyalarni topish mumkin — uy hayvonlarini parvarish qilish bilan pul topishdan tortib qanday qilib grafolog boʻlishgacha.

“Men detektivlarga bagʻishlangan adabiyotlar doʻkonini ochgan ayol bilan, Santa-Fe shahrida oʻziga yarasha muvaffaqiyatli badiy gallereyani tashkil qilgan boshqa yana bir ayol bilan oʻtkazilgan suhbatni oʻqishga muyassar boʻlganman. Uchinchi ayol esa butun oilalarni Chikagoga koʻchirish bilan shugʻullanadi - bunday voqealar juda, juda ham koʻp. Bu odamlarning hammasi oʻz hayotlarini oʻz sharoitlaridan kelib chiqib qurishga qaror qilgan” - deydi Barbara Sher.

Bu gʻoyalarning birortasi sizga toʻgʻri kelmasligi mumkin, albatta. Biroq, asosiysi - magʻzini anglab olish: oʻzingizga mamnuniyat bagʻishlovchi har qanday ish sizga manuniyatdan tashqari muvaffaqiyat ham olib kelishi mumkin. Eng muhimi, boshlagandan soʻng birinchi qiyinchilikka duch kelganingizdayoq taslim boʻlmaslik. Doimo esda tuting - qiyinchilik bu muvaffaqiyatga olib boruvchi zinapoyaning atigi bir pogʻonasi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



