Qiziqarli

Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni

Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni

Yaqinda Xitoyda ekspluatatsiya uchun yangi poezd ishga tushirildi, va bizning yurtdoshlarimizga, uning platskart vagonlarida minib boradigan yoʻlovchilariga havas qilish qoldi, xolos. Qulay yotoqlar, belgilangan shaxsiy maydon va asosiysi, vagon boʻylab harakatlanganda bir yoʻlovchilar boshqa yoʻlovchilarning oyoqlariga tegib oʻtishmaydi.

Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni

Xitoyda yangi uzoq masofaga yuradigan tungi poezdni ishga tushirishdi.

"Pekin-Shanxay” marshruti boʻyicha haydaydigan tungi poezd.

Yaqinda “Shanxay temir yoʻllarining” boshqarmasi “Pekin-Shanxay” marshruti boʻyicha harakatlanadigan, baland tezlikdagi tungi poezdni ekspluatatsiyaga tushirish haqida rasman eʼlon qildi. Xitoyning yirik maydonini inobatga olgan holda, u yerda uzoq masofali reyslar yoʻlga qoʻyilishi juda zarur edi. Ikki megapolislar orasidagi baland tezlikli magistral (BTM) ning uzunligi 1318 kilometrni tashkil qiladi, yangi poezdda yetib olish vaqti esa 12 soatdan iborat.

Xitoy poezdidagi platskart joyi.

Ushbu poezd tashkiliy qismi oʻlchamlari ozgina oʻzgarishlarga duch keldi, asosan, vagonlar balandligi uzaytirildi va yoʻlovchilar uchun yotoq joylari ham ancha zamonaviy koʻrinishga ega boʻldi. Rossiyadagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari allaqachon ushbu vagonlarni “platskarta” deb atashga ulgurishdi, ammo bu poezd avvalgi poezdlardan ancha qulayroqdir.

Xitoy poezdidagi barcha yotoqlar poezd harakati boʻylab ikki tomonlama joylashtirilgan.

Va chindan ham, yotoqlarning odatiy koʻndalang joylashuviga nisbatan, bu poezdda barcha yotoqlar poezd harakati boʻylab, yaʼni yoʻgʻri joylashgan. Har bir yoʻlovchida oʻzi uchun belgilanib qoʻyilgan maxsus joyi bor: yarusga qaramasdan, unda alohida derazacha, boshqariladigan ortopedik yotoq, stolcha, yoritgich va zaryadlash uchun rozetka ham bor. Biroq eng qulay tomoni, xohish boʻyicha xohlagan yoʻlovchi arofdagi qoʻshnilarning nigohlaridan oʻzini qalin parda bilan berkitishi mumkin.

Oʻz joyingizni parda bilan yopishingiz mumkin.

Vagon old tomonidagi yuz-qoʻl yuvish joyi.

Yangi, uzoq masofaga yuruvchi poezdning hajmi oddiy yoʻlovchilar soni hajmiga nisbatan 37%ga oshirilgan. Oʻrinlar soni - 880 ta. Ushbu harakatchan tuzilmaning dasturchilari tebranishni kamaytirishdi va shovqin kamaytirish tizimini optimallashtirishdi. Ular taʼkidlashlaricha, ushbu harakatlanadigan transportdan chiqadigan shovqin, trassadagi avtomashina shovqinidan ortiq emas. Poezd faqat tunda harakatlanishi sababli, uning tezligi 250 km/soatgacha pasaytirildi.

“Pekin-Shanxay” marshruti boʻylab harakatlanadigan tungi poezd.

“Pekin-Shanxay” marshruti boʻylab harakatlanadigan tungi poezd.

Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
Bizning yurtdoshlarimiz havasi keladigan, Xitoydagi platskart vagoni
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar