Avto

Bu yigit oʻz uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul oʻylab topdi

Bu yigit oʻz uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul oʻylab topdi

Oʻta gavjum avtomagistral yonida istiqomat qiluvchilar ingliz yigiti Djim Dayk harakatiga qoʻshiladi, albatta. Bu erkak Klaus Top qishloqchasida yashadi. Uning uyi butun qishloqdagi eng gavjum boʻlgan, aynan ikki qatorli avtomobil yoʻlining boʻyida joylashgan. 

Bu yigit oʻz uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul oʻylab topdi

 

Djim va uning rafiqasi ushbu qishloqda eng yuqori tezlik soatiga 50 kilometr qilib belgilanishiga qaramay avtoulov hadovchilari soatiga 100 kilometrdan yuqoriroq tezlikda oʻtib ketib, surunkali ravishda qoidani buzayotganlaridan juda ham bezillagan edilar.  Mahalliy xukumat bu masalada hech qanday yordam bera olmaganidan keyin, Djim vaziyatni oʻz qoʻliga olib, haqiqatdan ham tartibga erisha oldi. Nima ham derdik, uning topqirligiga faqat tasannolar aytish kerak! 

Angliyalik Djim Dayk uyi Klaus Top qishloqchasida oʻta serharakat yoʻlning boʻyida joylashgan.

Bu yigit oʻz uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul oʻylab topdi

Djim va uning rafiqasi qishloqdagi eng yuqori tezlik soatiga 50 kilometr qilib belgilab qoʻyganligiga qaramay hadovchilar tezlikni deyarli ikki barobar oshirib harakatlanishlaridan doimo hadiksirab kun kechirar edilar. Yuqori tezlikda harakatlanayotgan avtoulovlarning shovqinlari osoyishta hayotga halaqit berishidan tashqari havfsizlik masalasi ham juda achinarli holda edi. Buning hammasidan charchagan, Djim yordam soʻrab mahalliy maʼmuriyatga murojaat qilgan edi, ammo ularning qoʻlidan hech narsa kelmadi. 

Shunda Djim vaziyatni oʻz qoʻliga olishga qaror qildi. 

U atigi 25 funt-sterling sarflab suv oqova trubasi bilan pivo krujkalari uchun yorugʻlik nurini qaytaruvchi dastakni sotib oldi. Shu toʻplam bilan birga taxtachalardan oʻzi yasaganyassi quticha yordamida yul harakati qoidalarining buzilishini suratga oluvchi kameraga juda oʻxshash bir moslamani yaratdi. Yanada ishonchliroq chiqishi uchun u oʻz moslamasini yorqin-sariq rangga boʻyab uni oʻz bogʻidagi devorning orqasiga oʻrnatib qoʻya qoldi. 

Bu yigit oʻz uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul oʻylab topdi

Eng qizigʻi shundaki, Djimning bu gʻoyasi oʻsha kunning oʻzidayoq ish bera boshladi: haydovchilar “kamera”ni sezgan zahoti tezlikni pasaytirib, darhol yoʻl harakati qoidalari boʻyicha harakatlanar edilar. Britaniyada qoyida buzilganligi uchun jarimalar dunyodagi eng achchiq “chaquvchi” jarimalardan hisoblanadi.   

Mahalliy aholi haydovchilarning koʻpchiligi shov-shuvga sababchi boʻlgan bu kamera haqiqiy emasligini bilgan holda baribibir qoidani mensimaslikni davom etayotganidan koyigan boʻlsa ham ushbu erkakning harakatini qoʻllab-quvvatladi.

 

Ammo, Djimning oʻzi bunday gavjum harakatda voqif boʻlgan haydovchilarning foizli nisbati juda kamligiga, bexabar haydovchilar esa belgilangan tezlik tartibi boʻyicha harakatlanishiga ishonchi komil.

Bu yigit oʻz uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul oʻylab topdi

Nima boʻlganda ham, kamera haqiqiy emasligidan xabar topgan haydovchilarning aksariyati hech boʻlmaganda mashhur “kamerali” qoʻriqchi va bu gʻoya muallifining topqirligiga nisbatan hurmat yuzasidan tezlikni pasaytirib, “kamera” oldida tabassum bilan oʻtib keta boshlaganlar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar