Bularni sizga geografiya darslarida aytishmaydi! 16 ta hayratga soluvchi faktlar

Chimboraso vulqoni Everestdan bir necha kilometr balandroq joylashgan. Ammo bu faqat Yerning markazidan oʻlchaganda (Chimbosaro – 6384,4km; Everest – 6381 km). Agarda biz dengiz sathidan balandlikni solishtirsak, eng baland nuqta Everestda boʻladi (Jomolungma – 8848 metr).

Braziliyada “Estadio Milton Korrea” hamda “Zeran” (Portugal tilida – “katta nol”) nomli stadion. Bu stadionda baxs oboradigan jamoalarning darvozalari Yerning 2 xil yarim sharida joylashgan. Gap shundaki, maydonning oʻrtasidan ekvator chizigʻi oʻtgan.

Bu Tinch okeanidagi quruqlikdan eng uzoq boʻlgan nuqta. Eng yaqin quruqliklar 2688 kilometr uzoqlikda uchraydi – bu Dyusi, Motu-Nui va Maher orollari. Nuqtaning nomi Jul Vern asarining qahramonidek ataladi.

Bu “Toʻrt burchak” nomli joy Amerika qoʻshma shtatlarida joylashgan. Nega bu yer “Toʻrt burchak” deb nomlanadi degan savol tugʻilishi mumkin. Bu yerda Arizona, Yuta, Kolorado hamda Nyu-Meksiko shtatlarining chegarasi toʻqnashib kelgan. Eng qizigʻi, bu yerda odam toʻrt shtatda bir vaqtda boʻlishi mumkin.

Yer yuzining 10% muzliklardan iborat. Muzliklar sayoramizning 15 million kv. kilometrnni qoplagan. Yerdagi 75% ichimlik suvi shu muzlarda. Lekin biz faqat muzlamagan suvlarni hisobga olsak, 20% ichimlik suvi birgina Baykal koʻlida.

Avstraliyada XIX asrda chorvachilik ekonomikani yetakchi sohalaridan biri boʻlgan. 1880-chi yilda fermerlar birgalikda yovvoyi dingo itlaridan qoʻylarni himoya qilish uchun devor qurishga qaror qilishdi. Bu devorning uzunligi hatto Rossiya bilan Xitoy chegarasidan ham uzunroq – 5 614 km (Rossiya/Xitoy chegarasi – 4 209,3 km).

Choʻl deganda biz issiq oftobli, qumga toʻla yerlarni tasavvur qilamiz. Ammo choʻl bu juda ham quruq yerlar degani. Shuning uchun dunyodagi eng katta choʻl qaysi?, deb savol berishsa, “Arktika choʻli” deb javob bering. Koʻpchilik eng katta choʻlni Sahara deb oyʼlaydilar, ammo eng katta choʻl Arktikada joylashgan, kattaligi – 13,8 million kv. km.

Bu orol Bidasoa dayrosida joylashgan. Orolda hech kim yashamaydi va u yerga kirish taʼqiqlangan. Ammo bu orolning bir jihati bor. Har 6 oyda orolni egalari almashadi – Ispaniya va Frantsiya. Bu odat 300 yildan beri saqlanib kelinmoqda.

Bu dunyodagi eng shoʻr dengiz hisoblanadi. Dengizni suvlari har yili 1 metrga pastlashyapti. Hozirgi kunga kelib u dengiz sathidan 430 metr pastda.

Kanadaga tegishli Viktoriya orolida bir koʻl bor, koʻlda esa orol. Bu orolni ham koʻli bor, koʻlda esa orol. Kimdir buni hail, deb aytishi mumkin. Kanadani aholisining aytishicha, bu yerlarni odam oyogʻi bosmagan.

Ervandun gʻori Xitoyda joylashgan. Chuqurligi 441 metr. Gʻorning kattaligidan hatto oʻzining mikroiqlimi mavjud. Mahalliy aholi gʻordagi oʻzgarishlarni kuzatgan holda ob-havoni oldindan qanday boʻlishini biladilar. Masalan, agar gʻordan tuman chiqsa, tez orada yomgʻir yogʻadi, degani.

Shondong gʻori Vyetnamda joylashgan. Chuqurligi 200 metr. Gʻorda yer osti daryosi bor. Yogʻingarchilik boʻlganda gʻorni qanchadir qismi suv ostida qolib ketadi. Shunga qaramay gʻorda oʻtlar va daraxtlar oʻsadi.

Appalachi – Shimoliy Amerikaning sharqida joylashgan togʻlar. Ularning balandligi 2 037 metrni tashkil etadi. Gimalay togʻlari bilan solishtirsangiz bu juda ham kam (Gimalay – 8848 metr). Ammo oʻtmishda Appalachi juda ham baland edi, hatto Gimalaydan ham balandroq. Gap shundaki, yer osti plitalari bir birini itarib keladilar va shuning taʼsirida Gimalay togʻlari balanroqga koʻtariladilar, Appalachi togʻlari esa aksincha – choʻkadilar.

Mavrikiy orolining Shamarel qishlogʻida 7 xil rangdagi qumlarni koʻrish mumkin: och qizil, toʻq qizil, sariq, jigarrang, koʻk, siyohrang va yashil. Bu yerga ortiqcha taʼrif kerak emas, chunki chiroyi hayratga soladi.

“Anna Krik” oʻtlogʻi – dunyodagi eng katta ferma. Uning yerlari 23 677 kv. kilometrni tashkil etadi. Hattoki Isroil mamlakati bu fermadan kichiqroq – 20 770 - 22 072 kv. km.

Bering boʻgʻozining markazida joylashgan bu 2 ta orolning orasidagi masofa 4 km. Gʻarbiy – Ratmanov oroli – Rossiyaga tegishli, sharqiy – Kruzenshtern oroli – AQSHga tegishli. Ularning oʻrtasidan Rossiya va AQSH chegarasi va kun almashinuv chizigʻi oʻtgan. Masalan, AQSH orolida 6:00 shanba, rossiyaning orolida esa 9:00 yakshanba.

Menimcha bu firk har birimizni hayolimizdan oʻtgan – “agar pastga qarab qazib ketaversam, qaysi yerdan tashqariga chiqaman?”. Ammo Tinch okeani shunchalik kattaligidan, bir nuqtasidan turib shu ishni bajarsangiz, ehtimol, yerning ikkinchi yarimida ham Tinch okeanining boshqa nuqtasida boʻlasiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



