Diplomatik dress-kod: Prezident rafiqalari amal qilishi kerak boʻlgan zaruriy qoidalar

Davlat rahbarining rafiqalari tomonidan tanlangan liboslar oʻta yorqin rangda boʻlmasligi kerak. Diqqat bilan qarasangiz, ularning aksariyat qismi sokin rangdagi liboslarga moyillik bildirishlarining guvohi boʻlasiz. Oʻta yorqin rangli va tushunarsiz bezaklarga ega liboslar birinchi xonimlar koʻrinishiga putur yetkazib qoʻyishi mumkin.

Albatta! Stilistlarning aytishlaricha, bu birinchi xonimlar garderobining ajralmas qismi sanaladi. Ular obrazlari uchun qanday libos tanlamasinlar, hech boʻlmaganda teri rangidagi shaffof kolgotka kiyib olgan boʻlishlari lozim. Ushbu qoida qirollik oilalari vakilalari orasidaham koʻpdan beri mavjud.
Bayramona muhitda esa ularni qora kolgotka kiygan holatda ham uchratish mumkin ekan.


Biroq, AQSh prezidentining umr yoʻldoshi Melaniya Tramp ushbu qoidaga unchalik ham diqqat qaratmaydi. U rasmiy tadbirlar chogʻida ham ushbu qoidaga zid ravishda ish koʻrishi mumkin. Balki bu uning avvallari model boʻlgani va boshqalardan ajralib turishni xush koʻrishi bilan bogʻliqdir?


Mamlakatlarning birinchi xonimlari orasida rasmiy tadbirlarga tufli emas, bosonojka kiyib borish holati deyarli uchramaydi. Ular oʻta issiq va hattoki jazirama havo sharoitlarida hamochiq koʻrinishdagi poyabzal kiyishlari mumkin emas.
Argentina prezidentining rafiqasi Xuliana Avada ushbu qoidani bir necha bor buzgani uchun dizaynerlar tomonidan keskin tanqid qilingan edi. Uning issiq kunlarda tufli emas,bosonojka kiyishi, baʼzan esa kolgotka haqida ham unutishiga bir emas, ikkita diplomatik dress-kod qoidalarini buzish deya taʼrif berilgan.

Mamlakatning birinchi xonimi boʻlmish ayollar orasida yozilmagan qoida mavjud: ular hech qachon omma qarshisida qimmatbaho taqinchoqlar taqib olgan holatda namoyon boʻlishmaydi. Aksariyat mamlakatlarda bu narsa hashamat va boylik bilan maqtanish sifatida baholanadi. Ushbu qoida nafaqat birinchi xonimlar, balki qirollik oilalari aʼzolariga ham birday tegishli.
Qimmatbaho zargarlik buyumlarini haddan tashqari tez-tez taqish, liboslar uchun oʻta koʻp pul sarfetish oqibatida koʻplab qirollik oilalari ham odamlar tomonidan tanqid qilingan. Misol uchun Sasseks gersoginyasi Megan Markl ham oʻzining qimmatbaho liboslari va zargarlik buyumlari sababli halqning tanqidiga duchor boʻlgandi.

Sarafan kerakli darajada uzun, sokin rangda, yetarlicha hamyonbop narxda boʻlishi, tufli bilan kiyilishidan qatʼiy nazar birinchi xonimlar garderobida aslo boʻlmasligi kerak. Buning sababi, ushbu libosning yuqori qismi yetarlicha yopiq emasligidir. Prezidentlar va qirollarning rafiqalari issiq kunlarda ham yelkalari butunlayyopiq boʻlgan libos kiyib yurishga majburlar. Ularga yengsiz libos kiyish ham taʼqiqlangan, bu xalqaro etiket qoidalariga aslo toʻgʻri kelmaydi.

Yuqorida tilga olinganidek,birinchi xonimlar garderobidagi aksariyat liboslar sokin ranglarda boʻlmogʻi darkor. Liboslarda oʻta jimjimador naqshlar mavjud boʻlishi, shuningdek, obrazda 2-3 hil rangdan koʻpi ishlatilishi ham mumkin emas.
Bundan tashqari, birinchi xonimlar obrazi turmush oʻrtoqlarining tashqi koʻrinishiga ham uygʻun tarzda tanlanishi kerak. Oʻz vaqtida AQSHning birinchi xonimi sanalgan Mishel Obama turli tadbirlarga oʻta yorqin, gulli va etnik naqshlarga ega boʻlgan liboslar kiyib borar, bu esa Barak Obamaning liboslariga mutlaqo mos kelmas edi. Shu sababli ham Mishel Obama obrazlari koʻp hollarda mutaxassislar tomonidan jiddiy tanqid qilingan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



