Dunyoda mavjud boʻlgan 15ta eng kichik va mayda narsalar

Bu dunyo ajoyib qurilgan: baʼzi odamlar ulugʻvor va yirik narsalar yaratib tarixda qolishga intiladi, boshqalar esa – oddiy narsalarning minimalistik nusxalarinii yaratib, odamlarni lol qoldiradilar. Quyida siz haqiqiy hajmi bilan bir xil vazifani bajara oladigan baʼzi narsalarning mayda nusxalari bilan tanishish imkoniga egasiz.
1.SwissMiniGun toʻpponchasi

SwissMiniGun oddiy kalit kattaligida boʻlib, mitti oʻqlar bilan ota oladi. Toʻpponchadan oʻqlar 430 km/soat tezlik bilan chiqib, odamni bemalol oʻldira oladi.
2.Peel 50 avtomobili

Peel 50 avtomobili dunyodagi eng kichik mashina boʻlib, ogʻirligi 69 kg ni tashkil qiladi. Ushbu avtomobil uch oyoqli boʻlib, 16km/soat tezlikda harakatlana oladi.
3.Kalou maktabi

YUNESKO Kalou maktabini eng kichik taʼlim dargohi deb tan oldi. Unda bor yoʻgʻi uch nafar oʻquvchi taʼlim oladi va muallim vazifasida ishlayotgan sobiq askar Abdul Muhammad Sheroniy tomonidan dars beriladi.
4. 1,4 grammli choynak

Bu choynak hunarmand Vu Ruishen tomonidan yasalgan boʻlib, ogʻirligi bor-yoʻgʻi 1,4 grammni tashkil etadi. Lekin shunga qaramasdan bu mitti choynakda choy damlash mumkin.
5.Sark qamoqxonasi

Sark qamoqxonasi 1856 yilda Normandiya orollarida qurilgan. Unda bor-yoʻgʻI ikki nafar maxbus uchun joy boʻlgan va ular juda qisilib yashashgan.
6. Tumbleweed

Tumbleweed nomli bu uy San-Fransiskolik Djey Shafer tomonidan qurilgan boʻlib, maydoni 9 kv metrdan iborat. Bu baʼzilarning shkafidan ham kichkina maydondir. Lekin shunga qaramay bu uyda ish joyi, uxlash xonasi, dushli vannaxona va xojatxona bor.
7.Mills End Park

Mills End Park Portlend shahrida joylashgan boʻlib, dunyodagi eng kichik bogʻ hisoblanadi. Uning diametri bor-yoʻgʻI 60 smni tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay bogʻda kapalaklar uchun suzish havzasi, mittigina charxpalak hamda jajji haykallar mavjud.
8. Edvard Ninyo Ernandes

Kolumbiyalik Edvard Ninyo Ernandesning boʻyi bor-yoʻgʻi 68 sm dan iborat. Ginnessning rekordlar kitobi uni dunyodagi eng kichik odam deb tan oldi.
9.Telefon budkasidagi politsiya mahkamasi

Ha, telefon budkasidagi politsiya mahkamasi haqiqiydir va faoliyat koʻrsatadi. U Florida shtatining Karabella shaharchasida joylashgandir.
10.Uillard Uigan haykali

Britaniyalik haykaltarosh Uillard Uigan disleksiyadan (yaxshi mutolaa qila olmaslik va yoza olmaslik kasali) aziyat chekkan va maktabda doimo oʻqishda orqada qolgan. Vaziyatdan kelib chiqib, u oʻziga ermak topgan, yaʼni mitti sanʼat asarlarini yaratish bilan shugʻullangan. Uning haykalchalarini koʻz bilan zoʻrgʻa koʻrish mumkin.
11.Mucoplazma Genitalium bakteriyasi

Mucoplazma Genitalium parazitar bakteriyasi sut emizuvchilarning jinsiy aʼzolari hamda nafas yoʻllarida yashaydi. Olimlar bu bakteriyani oʻsishga hamda koʻpayishga qodir boʻlgan eng kichik organism deb hisoblaydilar.
12.Choʻchqa sirkovirusi

Mikrobiologlar orasida nimani “tirik” deb hisoblash mumkinligi boʻyicha hanuzgacha baxslar tugamagan. Ularning koʻpchiligi virusni tirik organism deb hisoblamaydilar, biroq shunga qaramay u istalgan bakteriyadan ham kichik. Eng mitti virus esa, bir zanjirli DNK virusi boʻlib, choʻchqa sirkovirusi deb ataladi. Uningt hajmi bor-yoʻgʻI 17 nanometrdir.
13.Amyoba

Koʻz ilgʻay oladigan eng kichik obyektning hajmi taxminan 1 millimetrni tashkil qiladi. Bu aniq sharoitda amebani,infuzoriya-tufelka va hattoki insonning tuxum hujayrasini ham koʻrish mumkin degani.
14.Kvarklar, leptonlar va antimoddalar

Oxirgi yillarda olimlar boʻshliq kengligi va uni tashkil qiluvchi mikroskopik “qurilish bloklari” tushunchasida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ish olamdagi koʻz koʻra oladigan eng mayda narsani aniqalashga yetib kelganda, odamlar qiyinchilikka duch keldilar. Biroz muddat buni atom deb oʻyladilar. Keyin olimlar proton, neytron, va elektronlarni aniqladilar. Biroq shu bilan ish tugamadi. Bugungi kunda hammaga maʼlumki, bu moddalar Katta adron kollayderida bir-birlari bilan toʻqnashganlarida, kvarklar, leptonlar va hattoki antimoddalar kabi bundan ham mayda qismlarga boʻlinadilar. Barcha muammo shundaki, bularning qay biri eng kichikligini aniqlashning imkoni yoʻq. Chunki kvant darajasida ularning hajmini yoʻq yoki manfiy ogʻirlikka egadirlar.
15. Tebranuvchi subatom zarralarning torlari

Kvant darajasida hajm tushunchasi mavjud emasligini hisobga olib, similar nazariyasini esga olish kifoya. Bu nazariya barcha subatom zarralar ogʻirlik va energiyaga taʼsir qiluvchi tebranuvchi torlardan iborat degan taxminni ilgari suradi. Shunday qilib, bu torlar texnik jihatdan jismoniy hajmga ega emasligidan kelib chiqib, ular olamdagi “eng kichik” obyektlar” den hisoblash mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



