Dunyodagi eng gʻaroyib kvadrokopterlar

Dronlardan xushchaqchaq vaqtichogʻlik maqsadida yoki jiddiy ish bajarish uchun foydalansa boʻladi. Yil sayin avvalgidan yanada koʻproq vazifalarni bajara oladigan yangi takomillashtirilgan kvadrokopterlar paydo boʻlib boryapti.
Sizlarga 5 nafar oʻziga xos noyob kvadrokopterlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni tayyorlaganmiz.

Bu dron quyosh energiyasidan quvvatlanib uchadi. U quvvatlanishning alternativ manbaidan tashqari oddiy kvadrokopterdan farqi yoʻq. Bu modelning istiqboli porloq, chunki hozirgi paytda fan har qanday usullar orqali ekologiyani himoya qila oladigan quvvatlanishning alternativ manbalarini topish yoʻlida saʼy-harakatini ayamayapti.

Odatda dronlarning kattaligi juda ham katta boʻlmaydi. Biroq shundan ham kichikroq kvadrokopter yaratigan. Uning kattaligi atigi 4 x 4 x 2 samtimetr. Shunga qaramay uning ichiga giroskop hamda akselerometr oʻrnatigan. SHunday qilib bu mittivoy yaxshiniga akrobatik hunarlarni namoyon qilishga qodir. Bu nodir texnologik durdonaning ogʻirligi bor-yoʻgʻi 12 grammga teng, quvvati esa 8 daqiqa parvozga bemalol etadi. Uning uchun eng xavflisi - bu shamol. Shamol salgina kuchliroq esguday boʻlib qolsa kvadrokopterni qaytib topa olmaysiz.

Hamma dronlar ham bir hil andozaviy koʻrinishga ega emas. Britaniyalik talabalar tuyaqush koʻrinishida dronni ishlab chiqib oʻz yaqinlarini hayratda qoldirmoqchi boʻldilar. Aslida, tuyaqush umuman ucha olmasligidan xabaringiz boʻlsa kerak. Parvoz qilayotgan “tuyaqush” koʻpchilikni hayratda qoldirish bilan birga ayrimlarni oʻlguday qoʻrqitib yubordi. Lekin, bu birinchi marta shunday qilinayotgan hodisalardan emas. Yaqindagina dronda mushukni uchirishdi. Bu ham juda qiziq tomosha boʻlgan. Tuyaqush-dronni yaratuvchilarining aytishi boʻyicha eng qiyini taksidermist, yaʼni tulumchi uchun tuyaqushning jasadini topish boʻlgan.

Bugungi kunda har bir uyali aloqa vositasi bor odam hech boʻlmaganida bir marta selfiga suratga tushgan boʻlsa kerak. Albatta, muxandislar bu trend bilan foydalanmay qolishga yoʻl qoʻya olmaydi. Kvadrokopterning Nixie modeliagar qoʻl bilan tayoqchaning uzunligi yetarli boʻlmasa undan foydalanib selfiga suratga tushish uchun maxsus yaratilgan.

Ehtiromli birinchi oʻrinni albatta qutqaruvchi dron egallaydi. Avval aytilganidek, kvadrokopterlar nafaqat koʻngilhushlik, balki jiddiy maqsadlarda ham ishlatiladi. Olimlar tinmay moslamalarni takomillashtirib boryapti. Bugungi kunda jamiki borkuchlar bilan Pars qutqaruvchi robot yaratilmoqda. Olimlarning gʻoyasiga koʻrabu robot bort ortida qolgan odamlarni qutqarishi kerak. Dron choʻkayotgan odamning oldiga qutqarish chambaragi bilan birga uchib borish imkoniga ega. Olimlarning aytishicha, yaqin kelajakda ular bir uchganda bira toʻla 15 gacha qutqarish chambaragini tashiy oladigan dronlarni yaratadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



