Dunyodagi eng gʻaroyib mebellar

Uy jihozlari uchun tegishli boʻlgan asosiy qoida – u xoh javon-kupe boʻlsin, xoh yigʻiladigan divan, ikki kishilik karavot yoki kichik qahva stoli – barchasi funksional boʻlishi kerak. Mebellar noodatiy va orginal boʻlishi, kishi yuzida tabassum paydo qilib, kayfiyatni koʻtara olishi mumkin emas deya kim aytdi?
Ushbu suratlar bilan tanishib chiqishingizdan avval aytib oʻtishni istardikki, dizaynerlik mebellarining narxini har kimning ham choʻntagi koʻtaravermaydi. Shhu sababli noodatiy uy jihozlari tanlashda maxsus buyurtma asosida mebel yasaydigan xizmatlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Pufik, shkafchalar va boshqa buyumlarni saqlashga moʻljallangan jihozlarning zerikarli koʻrinishi oʻtmishda qoldi. Bir qarashda ulkan Lego oʻyinchoqlarini yodga soladigan ajoyib pufiklarga nima deysiz?
Bunday “kubiklar” oʻz ichiga anchagina narsani joylashtira oladi va ishlatish uchun ham qulay, ularning ichiga turli jurnallar va hatto bolalar oʻyinchoqlarini solib qoʻyish mumkin.
Biroq pufik ixtirochilari ushbu jihozlar bilan farzandlaringizning oʻyinchoqlarini yigʻib qoʻyishga oʻrganishi kafolatlanadi deya aniq aytolmaydi. Ammo bir narsaga mutlaqo shubha qilmasligingiz mumkin: Pufik bolalarga juda yoqadi! Axir ularni odatiy legolar singari bir-biriga birlashtirib, ajoyib shakllar yasash mumkin!

Ulkan tuxum shaklidagi ajoyib yostiqlar bilan boyitilgan va qush uyasi koʻrinishini yodga soladigan ushbu karavotga nima deysiz? Bunday karavotga oʻrnashib olgancha kitob oʻqish, planshet yoki noutbuk bilan ishlash ham juda qulay.
“Tuxumlar” behad yumshoq, ularga yonboshlash yoki oʻtirish mumkin, agar karavotingizni kengaytirmoqchi boʻlsangiz, bir nechta yostiqni olib tashlasangiz bas. Aksariyat insonlar oʻz uyini tugʻilgan makon deb atashni xush koʻrishadi va bu borada uya koʻrinishidagi karavot ajoyib interyer koʻrinishini hosil qilishga yordam beradi.
Karavot OGE Creative Group kompaniyasi tomonidan yaratilan boʻlib, ular oʻz mebellarini hordiq olish uchun imkon qadar qulay boʻlishiga harakat qilishadi.

Bunday orginal mebelni faqatgina tennischilargina emas, teleekran qarshisiga oʻtirib olgancha tennis oʻyinlarining hech bir sonini oʻtkazib yubormaydigan sport muxlislari ham yuqori baholashlari aniq. Jurnal stolining ustki qismi shishadan ishlangan boʻlib, bu uning urfbop va zamonaviy boʻlishiga yordam beradi.
Koptoklardan yasalgan kreslo esa yumshoqligi bilan boshqa mebellardan farqlanmasa-da, etarli darajada qulay va oʻziga hosdir. Hugh Hayden‘s kompaniyasiga tegishli boʻlgan mazkur mebel sport shinavandalari uchun bagʻishlanadi.
Ushbu qiziqarli kolleksiya jihozlari eski va ishdan chiqqan yaroqsiz tennis koptoklaridan yasab chiqilgan. Bunday jihoz faqat chiroyli boʻlibgina qolmay, juda qulay hamdir: zero u bilan birga kreslo yoki stolning oyoqlari parket, laminat yoki polni tirnab yuborishi, gilam ustida chuqurcha izini hosil qilishidan aslo havotirlanmaysiz.

Bu turdagi tokchalarni istalgan xona: hammom, yotoqxona, mehmonxona, oshxona, taomlanish xonasi va hatto yoʻlaklarga ham osib chiqish mumkin. U juda qulay va fuknsionaldir: zinacha koʻrinishidagi bunday tokchalarga honaki gullar, kitoblar, guldonlar, oshxona anjomlari, pardoz vositalari, bolalar oʻyinchoqlari, asbob-anjomlar va boshqa turdagi buyumlarni joylashtirish mumkin.
Agar tokchaning pastki qavatlariga yuqoriga qarab oʻsadigan gullar joylashtirsangiz, oradan bir necha yil oʻtmay, devorlaringiz haqiqiy gulzorga aylanadi. Uyingizni noodatiy va betakror koʻrinishda jihozlamoqchimisiz? Unday boʻlsa, bu borada zina koʻrinishidagi tokchalardan foydalaning.
Mazkur tokchalar shunchaki chiroyli emas, oʻta qulay hamdir. Misol uchun ularni oshxonaga joylashtirib, ustiga retseptlar kitobi va likoplar, zinalar oрasidagi tokchalarga esa qoshiqlar, sanchqi va shu kabi oshxona anjomlarini joylashtirib qoʻyaverasiz.

Diqqatingiz markazidagi mazkur stol minimalistik uslubda yaratilgan boʻlib, boʻsh vaqtiniz boʻlganda undan odatiy vazifa uchun emas, koʻngil yozish uchun foydalasangiz boʻladi. Ikkinchi yarmingiz bilan uyushtirilgan tushlik yoki kechik ovqatdan soʻng biroz hordiq chiqarish uchun ajoyib dizaynerlik gʻoyasi, shunday emasmi?
Balki turmush oʻrtogʻingiz yoki farzandlaringizning ovqat payti telefon qoʻngʻirogʻi, internetdagi xabar yoki boshqa biror sabab tufayli chalgʻib turib ketishi sizga maʼqul emasdir? Balki haqiqatan ham oilangiz aʼzolari yoqimli bir tarzda kechayotgan oilaviy tamaddining qadriga yeta olishmas?
Dizayner Malin Jansen sizning fikrlaringizni juda yaxshi tushunadi va aynan shu maqsadda mukammal va orginal stol yaratishga muvaffaq boʻldi.

Koʻrib turganingizdek, ushbu divan tabiiy yogʻoch xomashyosidan yaratilgan boʻlib, kulrang tusga boʻyalgan va oʻrindiq sohasi qora rangli charmdan yuqshoq qilib ishlangan. Shuningdek, divanda vino bokali, choy yoki qahva bilan toʻla finjonni qoʻyish uchun maxsus soha ham bor.
Turli tadbirlar yoki oilaviy bayramlar chogʻida uyingiz qarindoshlar, doʻstlar va hamkasblar bilan toʻlib ketadimi? Ha, bu holat barcha uchun tanish.
Straight Line Designs kompaniyasi dizaynerlari ushbu holatni juda yaxshi tushungan holda mehmonlarigizning barchasini joylashtira olmasa-da bir qismini tartibga keltirish uchun moʻljallangan konserva bankasi koʻrinishidagi divan ixtiro qilishdi. Divan juda yumshoq va qulay boʻlib, kattalarga ham, bolalarga ham birday manzur keladi.

Uyingizdagi eshiklar haddan ortiq zerikarlimi? Balki xonadoningizning birozgina torligi sabab oʻzingiz istagan kabi unga tennis stolini oʻrata olmassiz? Aslo tushkunlikka tushmang!
Tobias Fraenzel‘s kompaniyasi dizaynerlari tomonidan yaratilgan mukammal eshikni bir harakat bilan aylantirib, tennis stoliga ega boʻlasiz. Bunday gʻoya bilan uyingizga kelgan mehmonlarning koʻngilini chogʻ qilish va bolalarning vaqtini mazmunli oʻtkazish muammo emas. Ping-pongni esa hamma yaxshi koʻrishiga shubha qilmasangiz boʻladi!
Dam olish kunlari turmush oʻrtogʻingiz va farzandlaringiz bilan quvnoq musobaqalar uyushtirishingiz ham mumkin. Undan avval sport mollari doʻkoniga borib, bir juft raketka va oʻyin koptokchalaridan harid qilib kelsangiz bas.

Kanadalik dizayner Jadson Bomont tomonidan yaratilgan ushbu uy jihozlariga qarab turib, gʻaroyibotlar olamiga tushib qolgandek boʻlasiz. Bunday ajoyib uy jihozlari orasida ikki boʻlinib ketay deb turgandek koʻrinish hosil qilgan komod, prujinasimon javon va konserva bankasi koʻrinishidagi turlari ham bor.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



