Dunyodagi eng qimmat 10 limuzin haqida bilasizmi?

Ammo mashinangiz boshqa limuzinlardan ham oʻzgacharoq boʻlishini istasangiz-chi? Unday holatda boshqalardan koʻproq toʻlash ham kerak!
Quyidagi reytingda narxi 1 million dollardan ortiqroq boʻlgan limuzinlar namunasi keltirib oʻtiladi. Bu kundalik foydalanish uchun moʻljallangan mashinalar emas, toʻlaqonli sharoitlar bilan taʼminlangan nozik avtomobillardir. Ishlab chiqaruvchilar ularni faqat maxsus buyurtma asosida tayyorlab berishadi, shu sababli ham narxining osmon qadar ekanligidan hayratga tushmaymiz.

2013yilda Cars of Stars kompaniyasi Lamborghini Aventador limuzinining konseptsiyasini ishlab chiqdi. Avtomobil6,5 litrli V-12 Lamborghini dvigateli bilan jihozlangan. Bundan tashqari mashinaning betakror tashqi koʻrinishi va texnik sifatlari aʼlo darajada, ichki tarkibi esa birinchi sinfga tegishli hamma toʻplamlar bilan jihozlangan. Mashina saloniga 7 nafar inson sigʻishi mumkin boʻlgan L shaklidagi divan oʻrnatilgan. Bundan tashqari ichki sohada plazma televizori, iPod tirgaklari, shampan vinosi uchun moʻljallangan bar ham bor.

Mercedes-BenzS-600 Pullman limuzini dunyoning bir qarcha avtokoʻrgazmalari paytida omma qarshisiga havola qilingan. Uning sotuvga chiqarilgan sanasi esa 2015 yilda boʻlgan. Mashina Maybach limuzini oʻrnini bosgan, sababi ushbu kompaniya Rolls Royce hamda Bentley bilan ortiq raqobatlasha olmay Mercedes-Benz qoʻliga oʻtgan.
Limuzinning uzunligi 7 metrdan ortiq. Uning ustki qismi qizish taʼsirlariga nisbatan chidamli boʻlib, yengil portlashga ham bardosh bera oladi. Avtmobilning narxi esa 1 million dollarga teng.


Dunyodagi eng qimmat narxga ega pushtirang Mini Cooper aynan mana shu. Limuzin qogʻozistonlik malika Regina Abdurazzoqovaga tegishli boʻlib, uning salon qismida 47 dyuymli televizon ekrani, 70 TFT monitorlari mavjud. Avtomobilning oʻzi esa 30 ta toʻxtash sensorlari hamda 20 ta kamera bilan jihozlangan. Korpus qismi million dona Svarovski kristallari bilan bezatilgan boʻlsa, har bir gʻildirak qismiga 8 sentimetrli kristallar ilova qilingan. Mashina oynalarini qoraytirish uchun 50 gramm sof oltin kerak boʻlgan. Avtomobilning yakuniy narxi 1,35 millionga teng deya baholangan.


Maybach kompaniyasi 2013 yilga qadar hashamatli limuzinlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanar edi. Garchi ushbu kompaniya mahsulotlari Rolls Royce va Bentley mashinalaridan hashamatliroq boʻlsa ham, narxlarning qimmat ekanligi sotuvning raqobatchilarga boy berilishiga olib keldi.
Landaulet modeli kompaniya anʼanalariga sodiq qolgan ravishda va 1920 yillarda mashhur boʻlgan mashinalar asosida yaratilgan. Unga V-12-shaklidagi 62S bi-turbo dvigateli oʻrnatilgan, harakatlanuvchi tom qismi esa yoʻlovchilarga safar payti quyosh nurlaridan bahramand boʻlish uchun imkon yaratgan. Avtomobil saloni oq charm bilan qoplangan boʻlib, granit hamda tilla detallar bilan bezab chiqilgan. Mashinaning narxi 1,4 million dollarga teng.


The Midnight Rider limuzini 1986 yilda yaratilgan boʻlib, dunyodagi eng katta limuzin sanaladi. Uning kabina qismi esa yuk mashinasi kabinasi bilan bir hil. Salonda 3 hil sektor joylashgan, bu yerga 40 nafar odamni sigʻdirish mumkin. Har bir sektor quvvati 1800 VT lik akustik tizim bilan jihozlangan. Mashina ichida haqiqiy bazm ham uyushtirish mumkin, sababi uning bir burchagida DJ uchun oʻrin hamda bar mavjud. Dunyodagi eng ogʻir limuzin sifatida ham rekord oʻrnatgan ushbu mashinaning bahosi 2,5 million dollarga tengdir.


The Beast limuzinini klassik uslubdagi, ammo jozibador tank deb ham atashadi. Mashina AQSH prezidenti uchun buyurtma qilingani bois korpus qismi bronlangan va oʻqqa bardosh beradi. Cadillac limuzinlarning umumiy soni atigi 12 ta, ulardan 3 tasigina muntazam ravishda foydalaniladi. Ayni paytda AQSH prezidenti tomonidan ishlatilayotgan mashinaning nomi "Cadillac # 1" boʻlib, bu kabi mashinaning asos komplektatsiyasi narxi 300 000 dollar. Ammo hukumat limuzinni davlat rahbarlari uchun xavfsiz boʻlishi maqsadida unga 3 million dollar pul sarf etgan. Ushbu avtomobil milliy xavfsizlikni taʼminlovchi asosiy obyektlardan biri hamdir. Mashinada yongʻinga qarshi maxsus tizim, kislorod ballonlari, niqoblar, koʻz yoshi gazlari va pistoletlar ham bor deyishadi. Aytishlarida uning ichiga granatomyotlar ham oʻrnatilgan ekan.

Koʻplab davlat rahbarlari tomonidan ishlatiladigan mazkur limuzin Xitoyda 3,8 million dollar evqaziga sotilgan.U oʻqqa qarshi bardosh bera oladigan korpus hamda oynalar, 6,8-litrli V-12 dvigateliga ega, Salon ichida esa hashamatli elementlarga boy boʻlgan haqiqiy va toʻlaqonli ofis yaratish ham mumkin.

Narhi 4 million dollarga teng boʻlgan The American Dream limuzini kolleksioner Jey Orberger tomonidan saqlab kelinadi. Bu dunyodagi eng uzun limuzin ham boʻlib, uning uzunligi 30 metrga teng, mashina 26 nafar gʻildiraklar bilan jihozlangan. Mashina ichida jakuzi, quyoshda toblanish hududi, basseyn, katta karavotlar va vertolyot qoʻnishi uchun moʻljallangan joy ham bor.

Batmobile limuzini har bir milliarderning orzusiga aylangan boʻlsa kerak. Bu kabi mashina yaratish gʻoyasi 1989-1992 yillarda ekranlardaTim Byortonning "Betmen" filmi koʻrinish bergan paydo boʻlgandi. Narxi 4,2 million dollarga teng ushbu avtomobil 2010 yilda yaratilgan va ekrandagi Betmenning mashinasida mavjud barcha imkoniyatlar bilan jihozlangan. Shu jumladan unga granatomyotlar, raketa sozlamalari, old va orqa gʻildiraklarni ajratib tashlash imkoniyatlari ham berilganiga nima deysiz? Bungan tashqari limuzinga V-8 Corvette reaktiv dvigateli oʻrnatilgan.


Bruney sultoni Xassanal Bolkiaxning avtomobillar kolleksiyasi juda mashhur ekanligidan xabaringiz boʻlsa kerak. Ular tarkibidagi Rolls Royce mashinalarining esa son-sanogʻi yoʻq. Sultonning kolleksiyasi 4 milliard dollarga baxolangan. 1990 yildan beri qirollik oilasi barcha mashhur va xaridorgir Rolls Royce mashinalaridan sotib olishgan. Sultonning toʻy marosimi uchun maxsus ishlangan Rolls Royce Silver Spur avtomobilining narxi esa 14 million dollarga teng boʻlib, uning ustki qismi 24 karatli sof oltindan ishlangan.
.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



