Avto

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Juda koʻp insonlar avtomoshinalarda sayohat qilishni hush koʻradilar va hostelda tunaydilar, ayrimlar esa oʻzlarining shaxsiy samalyotlarida sayoxatga otlanib, eng qimmat mexmonxonalarda qoladilar. Hashamatli onlar The Travel Watchʼda. 

Backpackerslar, byudjet sayohatchilar , oddiy sayyohlar, biznes va vip sayohatchilar bor.

Shuningdek, shaxsiy samolyotlarda sayohat qilish va shaxsiy haydovchisiz mashinalarda harakatlanish ham mumkin.  Bunday boylik darajasi mexmonxonalarda belgilangan talab va joylashuvni talab qiladi. Bunday odamlar faqatgina eng yaxshilarini tanlaydilar. Ular umumiy hammomni , nonushta uchun oshxonaga chiqishni  sira ham yoqtirmaydilar. Bunday mehmonxonalar  “Mening koʻmakchim yaxtani  kokoinga toʻldirguncha turishim kerak” degan uslubga javob beradi.

 Ushbu joylashish Wall Streetning la-boʻri hisoblanadi. Tushunganingizdek, gap dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar toʻgʻrisida ketmoqda. Bir kecha tunash uchun  taxminan sayyoramizdagi oʻrtacha fuqaroning yillik byudjetiga teng boʻlgan mehmonxonalar roʻyxati bilan tanishing.   

Bir kecha va kunduz uchun 23500 AQSh dollari talab qilinadigan Konnaut koshonasida shaxsiy bosh qarol, uch yulduzli Michelin restorani bosh oshpazi tomonidan ishlab chiqilgan taomnoma va moda olamida Londonning eng tanilgan hududlaridan biri – Meyfeir manzarali koʻrinishiga ega boʻlgan dumaloq “balkon” taklif qilinadi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Ushbu mehmonxona toʻgʻrisida toʻliq tasavvurga ega boʻlish uchun mehmonxonaning interaktiv veb-saytiga tashrif buyuring va u yerda mehmonxona qaroli xonasiining mehmonlari unutib qoʻygan narsalarini egalariga qaytarish uchun Parijga uchib borib kelgani yoki mehmonlardan biri oʻz rafiqasiga noyob taom tayyorlashni istagani, Michelin restoranining bosh oshpazi esa unga eshik ostidan taom pishirish boʻyicha koʻrsatmalarni uzatib turgani haqida hikoyalar yozilgan. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Narxi 26,000 AQSh dollariga teng boʻlgan Prezident Lyuks xonasida uchta yotoqxona, shaxsiy basseyn, solari va fitness zali mavjud.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Yotoqxonalarning har birida jakuzi, katta dush va Sardiniya marmaridan tayyorlangan pardoz peshtaxtasi mavjud.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

“Shangri-La” lyuks mehmonxonasining uchta keng ayvonga ega boʻlgan va Istambul bilan Bofor bogʻozi manzarasiga qaratilgan eng yuqori qavatini egallagan. Xona narxi bir kecha uchun 26385 AQSh dollariga teng. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Hammon xonasining koʻzgusiga televizor oʻrnatilgan:

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

"Mandarin Oriental” mehmonxonasining Prezidentlik Lyuksi Shanxayning ishbilarmon hududidagi osmonoʻpar binoning 25-qavatida joylashgan. Bu shaxsiy sharob zahirasiga va shaharning ajoyib manzarasiga ega boʻlgan ikki kishilik xona. Uning narxi bir kechaga 26,450 AQSh dollariga teng.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Xonaning narxiga shaxsiy bosh qarol xizmati, shuningdek, moslashuvchan kirib kelish va chiqib ketish vaqti jadvali bilan 24 soatlik foydalanish kiradi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Hotel Plaza mehmonxonasida 450 kvadrat metrga ega, narxi esa 27000 AQSH dollari boʻlgan Shoxona Lyuks Parijdagi eng yirik mehmonxona xonasi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Yaqinda mehmonxona egalari mehmonxonaning yonida joylashgan uchta binoni sotib olib, noziktaʼb mehmonlarni bezovta qilmaslik uchun uni qurilish ishlarini olib borish vaqti davriga vaqtincha yopib qoʻyishdi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

St. Regis mehmonxonasidagi villa – butun oroldagi eng katta villa. Villada jakuzi, bar, loundge hudud va shaxsiy oshpaz bor. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Mehmonxona veb- sahifasida ular “mehmonlarning ehtiyojlarini bilintirmagan holda qondirish”ga asaslangan deyiladi. “Mehmonlarning ehtiyojlarini bilintirmagan holda qondirish” va boshqa barcha hizmatlarning bir  kecha-kunduz uchun narxi 30000 AQSh dollariga teng. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Narxlar oshib bormoqda: Birlashgan Arab Amirligidagi Saadiyat orolidagi St.Regis mehmonxonasidagi ikki qavatli Shoxona lyuks narxi 35 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Xonalarda boshqa narsalar bilan bir qatorda kinoteatrlar ham mavjud. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Asosiy yotoqxona qavatlardan birini toʻliq egallaydi.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Ushbu yunon mehmonxonasidagi shohona villada ikkita yotoqona, marmar vannalar va bosh qarol uchun alohida xona ham mavjud. Bu mehmonxonada oʻz vaqtida Mel Gibson hamda Leonardo di Kaprio mehmon boʻlgan. Joylashish narxi bir kecha-kunduzga 35 000 AQSh dollari miqdorida baxolanadi.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Villa shuningdek, alohida massaj xonasi, issiq suv xavzasi va Oʻrta yer dengizi manzarali koʻrinishiga ega trassalarni oʻzida mujassamlashtirgan. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Bir kecha kunduz uchun 37500 AQSh dollariga teng boʻlgan, Martinez mehmonxonasining pentxausi, terassada jakuzi, koʻrfaz koʻrinishini va ikkita yotoqxonani tashkil etadi.

Ushbu roʻyxatdagi “xashamatli”, “yagona” va “ iliq va tilla tusga ega unitaz” kabi soʻz iboralari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa mehmonxonalardan farqli tarzda Martinez mehmonxonasi “simsiz internet”, “xalat” va “xonaning ochiluvchan oynalari” bilan kifoyalanib kamtarlik qiladi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Biroq siz aslo aldanib qolmang, Billionaire.com saytiga koʻra, bu mehmonxonada joylashgan Pentxaus dunyoda 4- oʻrinda turuvchi eng qimmat mehmonxona sanaladi (CNN maʼlumotlariga koʻra esa uchinchi oʻrinda turar ekan).

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Fidji arxipelagida joylashgan Laukala orolida ommaviy ahborot vositasi Malsolm Forbesga tegishli boʻlganidan soʻng, u Avstiyalik ishbilarmon  Red Bullning asoschisi va egasi Dietrich Mateschitzga tegishli. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Orolda 25 ta xashamatli villalarga kirish mumkin boʻlgan shaxsiy yoʻllanma mavjud. Biroq eng yaxshisi tepalikdagi villa. Mateschitz orolga tashrif buyurganda aynan shu villada tunab qoladi. Villaning bitta tun uchun baxosi 40ming dollarga teng. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Palms Resort SKY villa 40.000 dollarlik maxsus shisha lift, Las-Vegas manzarasi berilgan Spa xona va sutka mobaynidagi xizmat koʻrsatish sifatini ulashadi.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Mexmonxonada shunday darajadagi bir necha xonalar mavjud. Ularning ichida eng xashamatlisi Xyu Xefner Sky Villa.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Mexmonxonada tunash sizdan $ 45,000 talab qiladi. Bu keng kutubxona va aylanma panoramli shaxarchaga ega Nyu Yorkda eng balandlikdagi mexmonxona xonasi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Ushbu xonani qurilishiga 7 yil va 50 million dollar sarf etilgan. Katta oʻlchamga qaramay lyuks ikkita katta odam va bitta yosh bolaga moʻljallangan.

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Eng qimmat mehmonxonalar roʻyxati Burj Al- Arab soʻzisiz toʻliq boʻlmaydi. Yuqorida keltirib oʻtilgan mexmonxonalar shu roʻyxatga kirishga loyiqmi? Qanchadan qancha villa yoki xonalar mavjudligini aytmasa , Burj Al Arabda boʻlganidek  oʻta qimmat narx va hashamatli xonalardan boshqa xech narsa yoʻq. Narxi esa $2,000 dan $12,000gacha. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Mexmonxona xizmatlariga : vertolyotlar xizmati, shaxsiy butler, toʻrtta baseyn va maxsus plyaj kiradi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Agar siz qirollik oilasi azolaridan biri boʻlsangiz, Jeyms Bond kinosidagi yovuz qahramon yoki kichik futbol jamoasi azosi boʻlsangiz Jaipuridagi Shaxi Maxal lyuksini 45 ming dollar evaziga sotib olasiz. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Mehmonxona oltita yotoqxona, kino, kutubxona va oʻz oshpaziga ega oshxona xodimlarini oʻz ichiga oladi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Jenevadagi Hotel Wilson mexmonxonasining tun uchun narxi 68 000 AQSH dollariga teng. Extimol bu dunyodagi eng qimmat mexmonxonadir. Misol uchun, Bill Geyts va Maykl Duglas ushbu yerda qoldilar. Xona oʻzining shaxsiy lifti, sport zali, Steinway& Sonsning fortepianosi va Jenevaning panoramik manzarasiga ega. Ushbu mehmonxonada tunovchi mexmonlarning xavfsizliklari ham alohida taminlanadi. 

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

Pentxousda  oltita odamni joylashtirish nazarda tutilgan, lekin yotoqxonalar soni 12 tani tashkil qiladi. Bu yoqimli habar, chunki oʻzingiz bilan boy doʻstlaringizdan bir nechtasini sherik qilib olsangiz boʻladi.  

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar