Dunyodagi eng qimmat toʻy tortlari




Yeyiladigan sehrli qasrlar, toʻqqiz yarusli yapon pagodalari va chalkash bezatilgan ibodatxonalar – Indoneziyalik Le Novelle Cake oilaviy konditer korxonasi yaratgan antiqa toʻy tortlaridan ayrimlari xolos. Lekin bu epik yaratmalar hech ham arzon emas. Narxlar 5 ming dollardan boshlanib 500 ming dollargacha yetadi.
Havasli tortlarning ayrimlari elektr chiroqlar bilan bezalgan, va ular Disney studiyasi filmlaridagi qasrlarni eslatadi.
Aynan oʻshafilmlar konditerlarga oʻzlarining qasr-tortlarini minorachalar, qalʼalar vabalkonlar bilan bezab yaratish uchun ilhom ato etadi.
Oʻzi hammasi 1993 yilda Riyadi oilasi oʻz doʻstlari va qarindoshlari uchun buyurtmaga tort tayyorlab berishlaridan boshlandi. Biznes rivojlandi va 2004 yilda oila Le Novelle Cake nomli konditer korxonasini ochdi.
Biznesga asos slogan Susanti Sunardji va Riki Riyadilarning qizi Tiffani Riyadining aytishicha, bu kabi tortning yaratilishi uch haftadan bir oygacha vaqtni oladi, eng qiyin tortning yaratilishining ustida esa 24 kishi 32 kun, kuniga 12 soatdan ishladi, yaʼni tortni tayyorlash uchun 9200 soat vaqt sarf qilingan.
Konditer korxonasini Tiffani opasi Miyo Minaki, akasi Dion Riyadi va uning xotiniLing-Ling Riyadi bilan birgalikda boshqaradi. Tiffani oilasidan tashqarikonditer korxonasida 60 kishi ishlaydi. Le Novelle Cake ning ikkita vakilligi bor – bali orolida va Djakartada.
Tiffanining aytishicha: “Biz tortlarni qisman tashishimizga toʻgʻri keladi. Odatda bizga strukturaviy tortni tashishimiz uchun ikki yuk avtomobili kerak boʻladi. Va keyinchalik joyida ishchilar tortni tashish vaqtida yetkazilgan zararlarni tuzatishadi, tortni va shaker gullarini yigʻib, bir butun holga keltirib, oxirgi ishlovlarni berishadi.”




“Bizning eng katta tortimiz beshta yuk avtomobilini va uni yigʻish uchun 8 odam-soatni talab qilgan”.
Qasr-tortlar penopolistiroldan qilingan, pomadali glazur bilan qoplangan va shakar pastasidan yasalgan gullar bilan bezatilgan, va bu ularni tashqaridan toʻliq yeyishli qiladi.
Albatta konditerlar 100% yeyishli qasr-tortni yaratishlari mumkin, lekin hozircha ular, yeyiladigan qismlar soni koʻpligi va shusababdan narxi koʻtarilishi mumkin boʻlgan bu kabi buyurtmalarni qabul qilishmagan.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



