Olimlarni boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻygan 6 nafar tabiat jumboqlari

Olimlar ushbu faktlarni asoslab berish imkonini topa olmayotgan boʻlsalar, oddiy odamlarning koʻpchiligida ular haqida katta taassurotning oʻzi mavjud emas. Bizning mazkur sahifamizda esa tabiatning eng ajoyib sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishib olasiz.

Bu gʻalati eshitilishi mumkin, biroq Google Earth aniqlagan maʼlumotlarga koʻra, sigirlar doimo biror narsa yegan yoki ichgan paytida qatʼiy ravishda boshi bilan shimol yoki janubga qarab oladi. Bu holat dunyoning barcha burchaklarida joylashgan hayvonlarga taaluqlidir.
Ushbu holatining asl sababini hech kim haligacha tushuntirib bera olgani yoʻq.

Ekvatorial iqlimda eng boy biologik hilma-hillik mavjud. Bu yerda gap nafaqat oʻsimliklar yoki hayvonot olami xaqida, balki mikroorganizmlar haqida ham va birinchi navbatda viruslar haqida boradi. Olimlar nima uchun aynan ekvatorda tirik mikroorganizmlarning juda katta miqdori jisplashganligini tushunishga urinib, bu jumboq ustida haligacha bosh qotiradilar. Nazariyalar juda koʻp, biroq, ularning ichida birortasi ham isbotlangan va toʻliq asoslab berilgan emas.

Sayyoramizning uchta qitʼasini oʻzi mustaqil ravishda (shu jumladan, insonning “yordami”siz) istilo etgan, insondan keyingi yagona tur – hisoblanuvchi argentina chumolilari sanaladi. Maʼlumki, chumolilar Janubiy Amerikada paydo boʻlgan va keyinchalik Yevropa va Osiyoni ishgʻol etgan. Bu aynan qanday usulda roʻyobga chiqqanini haligacha hech kim bilmaydi. Shunisi ham qiziqki, koʻchib oʻtishdan keyin ham hasharotlarning genetik kodi zarracha oʻzgarmagan.

Evolyutsiya nazariyasi izchil va goʻzal. Ammo, fitoplankton kabi bir-ikki nuqsonlar bundan istisno. Barcha gap shundaki, bu eng kichik mikroorganizmlar dunyoda juda ham koʻp ekanligini anglatadi. Ular shu darajada moʻl-koʻlki, evolyutsiya nazariyasiga qaraganda ular bizning sayyoramizda allaqachon qirilib ketgan boʻlishi kerak edi.

Kislorodning mavjudligi yer sayyorasida hayotning paydo boʻlishi uchun eng muhim omillardan biri ekanligi barchaga maʼlum. Toʻplangan bilimlar asosida olimlar shuni tan olishga majbur boʻldilarki, bu gaz hayotning paydo boʻlishi uchun oʻta universal moddadir. Soʻzsiz, oʻzga sayyoralarda boshqa sharoitlar ham boʻlishi mumkin.
Lekin Yer masalasida-chi? Bir vaqtlarda kislorodga ehtiyoji boʻlmagan mikroorganizmlarning aniqlanishi hammani hayratga solgan va shov-shuvga sabab boʻlgan edi. Yaqinda esa kislorodga ehtiyoji yoʻq yana bir hayvon - umurtqasiz lyutsiferlarning yangi turi topildi. Ularning qanday qilib evolyutsiyaga erishgani haligacha sir boʻlib qolmoqda.

Olimlarning bir necha avlodini aqldan ozdirgan yana bir jumboq. U ham allaqachon darzi ketayotgan va puxta ishlanishi kerak boʻlgan evolyutsiya nazariyasiga taaluqli. Asosiy masala shundaki, yerdagi juda koʻp turlar hech qanday ajdodlariga ega emas, har holda, olimlar ularni topa olishmayapti. Bu hayvonlar bilan birga oʻsimliklarga ham taaluqli holatdir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



