Qiziqarli

Dunyoning eng qimmat shaharlari

Dunyoning eng qimmat shaharlari
Dunyoning eng qimmat shaharlari

Osiyo qitʼasida joylashgan ushbu shahar qimmatligi boʻyicha dunyoning iqtisodiyot poytaxti Nyu-Yorkdan ham oʻzib ketdi. Bugungi kunda bu haddan tashqari rivojlangan infratuzilmaga ega, koʻchalari toza va sarishta boʻlgan, jinoyatchiligi past darajadagi yirik shahardir. Shuning uchun ham u dunyodagi eng qulay sharoitga ega shaharlardan biri hisoblanadi. Shunisi qiziqki, atiga bir necha oʻn yilliklar avval Singapur dunyodagi eng yomon shahrlardan biri boʻlgan hamda giyohvand moddalar savdosining markazi hisoblangan.

Biroq bugungi kunga kelib, Singapur jannatmakon shahar sanaladi va u yerda yashash juda qimmat. Oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, barcha turdagi xizmatlargacha, turar joy ijarasidan tortib, koʻchmas mulk sotibolishga qadar – barcha-barchasi juda qimmat. Mana ikki yildan beri Singapur “yashash uchun eng qimmat boʻlgan shaharlar” roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab kelmoqda.

Dunyoning eng qimmat shaharlari

Poytaxt – bu har qanday mamlakatning yuzidir. U yerga kelgan sayyoh butun mamlakat haqida maʼlumotga ega boʻlishi zarur. Shvetsariyaning shimolida joylashgan Tsyurix shahri ushbu talabga toʻliq javob beradi, garchi u poytaxt boʻlmasa ham. Shvetsariya nafaqa t Yevropa, balki butun dunyo boʻyicha qimmat mamlakat sanaladi. Bu yerdagi aholining daromadi ancha yuqori boʻlishiga qaramasadan, koʻchmas mulkni faqatgina oʻziga toʻq fuqarolar yoki sayyohlar xarid qilishlari mumkin. Undan koʻra uy yoki xonadonni ijaraga olgan arzonroq tushadi. Narx-navoning qimmatligi faqatgina koʻchmas mulkka tegishli emas, bu yerdagi transport chiqimlari, oziq-ovqat mahsulotlari va turli xil xizmatlar oʻrta Yevropa mamlakatlarinikidan 2-3 barobar qimmat. Birgina burgerning oʻzini 15 dollarga sotib olishingiz mumkin.

Dunyoning eng qimmat shaharlari

Daniya Shimoliy Yevropaning eng chiroyli va yuqori darajada rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Kopengagen esa poytaxt sifatida uning barcha boyliklarini oʻzida ifodalaydi. Yashash darajasining qimmatligi boʻyicha u dunyoning eng qimmat shaharlarini ham ortda qoldiradi. Biroq boshqa tomondan qaraganda, yashash darajasining sifati ham shunga yarasha yuqori. Daniyaning ijtimoiy siyosati dunyodagi eng samaralilaridan biri, deb tan olingan. Shuning uchun ham turar-joy hamda turli xizmatlarning narxi yuqoriligiga qaramay, bu yerda yashash ancha qulay. Masalan, Daniyaning har bir fuqarosi meditsina xizmatlari boʻyicha koʻpgina yengilliklarga ega (baʼzi tibbiy xizmatlar esa umuman bepul). Aholining yuqori maosh olishini ham aytib oʻtish joiz. Real raqamlar haqida gapiradigan boʻlsak, bir dona nonning narxi 4 dollarga teng. Jamoatchilik transportida yurish ham ancha qimmat. Bu yerdagi aholining aksariyat qismi velosipedda yurishni afzal koʻradi.

Dunyoning eng qimmat shaharlari

Melburn dunyoning iqtisodiy markazlaridan biri hisoblanib, infratuzilma hamda xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha juda rivojlangan shahar boʻlib, hayot uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Biroq Avstraliyaning ushbu shahrida yashash uchun oʻzining aholisi uchun ham, mehmonlar uchun ham juda qimmatga tushadi. Masalan, Melbrunda kiyim-kechaklarning narxi dunyoning boshqa oʻrtacha mamlakatlarnikiga qaraganda 15-20% qimmtroq. Eng ihcham va kamtargina joyda ijarada yashash esa 1,5 ming dollardan boshlanadi. Melburn aholisining maoshi kichkina emas, biroq yuqori darajadagi soliqlar tufayli ortiqcha dabdaba chetga surib qoʻyiladi. 

Dunyoning eng qimmat shaharlari

Djordjtaun Kayman orollarining amaldagi iqtisodiy va turistik poytaxtidir. Jahonning eng nufuzli banklarining bosh ofisi shu shaharda joylashganligining oʻzi uning dunyo miqyosidagi  moliya markazi ekanligini tasdiqlaydi. Shaharda huddi mamlakatdagi singari turizm rivojlangan. Ajoyib ob-havo sharoiti, tropik iqlim hamda mahoratli xizmat koʻrsatish darajasi Djordjtaun mehmonxonalarida dunyoning oʻziqa toʻq va badavlat odamlarining ham bemalol dam olishlariga zamin yaratadi. Oddiy sayyoh uchun narx-navo esa deyarli barcha narsalar uchun juda yuqori, shuning uchun mabodo Kaymar orollarida dam olishga qaror qilgan boʻlsangiz, chamadan bilan birga yaxshigina aqchani ham tayyorlab qoʻying.    

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar