Dunyoni titratgan 15 nafar mashhur surat tarixi

Mayk Vels tomonidan 1980 yilda Karamodja (Uganda) da olingan mazkur surat Afrikadagi ochlik sharoitlarini toʻliq ochib bera oldi.Bu yerda insonlarga yordamga kelgan koʻngillilardan biri ochlikdan jabr koʻrgan afrikalik bolakayning qoʻlini ushlab turibdi.

Mazkur afsonaviy surat 12 yoshli afgʻon qiziga tegishli boʻlib, suratkash Stiv Makkarri tomonidan tasvirga tushirilgan. Qizning qishlogʻi vayron boʻlgach, uning oilasi ham halok boʻladi. Qiz 2 hafta davomida togʻlarda qolib ketgan, keyin esa qochoqlar lageriga tushib qolgan. Surat ham ana shu lager ichida olingan.

1945 yilning 9 avgust kuni Nagasaki ustida atom bombasi portlashidan hosil boʻlgan yadro tutuni. Surat Amerikaning bombardimonchi V-29 qurilmasidan tasvirga tushirilgan boʻlib, 21 kilotonnali portlash mazkur yapon shahrini yer yuzidan yoʻq qilib yuborgan.

AQSh tarixidagi eng yirik terakt paytida olingan mashhur surat. Terrorchilik harakati 2001 yilning 11 sentyabr kuni sodir etilgan boʻlib, oqibatda Halqaro savdo markazi vayron boʻlgan, 2977 nafar inson olamdan koʻz yumgan.

AQSHda XX asrda yaqqol namoyon boʻlgan irqiy notenglikni koʻrsatib bergan mashhur surat. U 1950 yilda Texas kafelarining birida suratga olingan.

Ushbu mashhur surat 1985 yilda minglab insonlarning umriga zomin boʻlgan vulqon portlashi paytida olingan. Unda halokat jabrlanuvchilaridan biri - kolumbiyalik qizaloq aks etgan boʻlib, uning ona shahri butunlay vayron boʻlgan. Qizcha esa beton plitalar orasida qolib ketgan va u yerdan chiqish uchun 3 kun davomida kurashgan. Afsuski, qizaloq bu ishning uddasidan chiqa olmadi va shu yerning oʻzida vafot etdi.

Mazkur surat buddaviy ruhoniylarning Janubiy Vyetnam hukumati tomonidan berilayotgan jazolarga nisbatan kurash ramzi boʻlib qolgan. U 1963 yilda olingan boʻlib, ruhoniy Kuang Dek qarshilik ramzi sifatida insonlar qarshisida oʻzini yoqib yuborgan.

Bugungi kunda har bir ona oʻz farzandining jinsini osongina aniqlashi, uni homila holatida ham koʻrishi mumkin. Ammo 1965yillarda homila surati haqiqiy kashfiyot edi. Aynan shu yili insonlar oʻz bolalarning suratini u tugʻilmasidan avval koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Mazkur suratda politsiya toomnidan qoʻlga olingan va Vyetnamurushi paytida asir tushgan askar aks etadi. Surat oʻq uzilishidan bir necha soniya avval olingan boʻlib, mazkur surat uchun uning muallifiga 1969 yilda Pulitser mukofoti topshirilgan.

Bu bigfutning ilk va mashhur suratlaridan. Aslida surat Patterson-Gimlinning 1967 yilgi hujjatli filmidan olingan kadr sanaladi. Suratga olish ishlari paytida tadqiqotchilar oʻrmon ichiga kirib ketayotgan ulkan odamsifat maymunni koʻrib qoladilar. U oʻziga boʻlgan ishonch bilan ikki oyoqlab yurib borardi. Keyinchalik uni soxta deya eʼlon ham qilishgan, ammo surat uzoq yillar davomida olimlarni izlanishga majbur qila oldi.

Ushbu surat Germaniyadagi fashistlar ustidan qozonilgan gʻalaba ramzi sanaladi. Surat 1945 yilning 1 may kuni olingan boʻlib, askar Sovet ittifoqi bayrogʻini Berlin ustiga oʻrnatmoqda.

Ikkinchi jahon urushining eng mashhur suratlaridan biri. Unda 15 yoshli nemis askari Gans Georg Xenke AQSH harbiylari tomonidan Germaniyaning Rextenbak shahrida asirlikka olingan.

Kichik yoshli bolakay Grozniydagi harbiy hodisalar markazidan chiqib ketishga qaror qilgan qochoqlar bilan toʻla avtobus oynasidan qarab turibdi. Surat 1995 yilga tegishli.

Ushbu tarixiy suratda AQSHning koʻmir konlaridan birida ishlayotgan konchi bolalar tasvirlangan.Surat 1910 yilga tegishli boʻlib, aynan shu rasm ommaviy qarshiliklarni keltirib chiqargan. Oqibatda AQSHda bolalar mehnati taʼqiqlangan.

Ushbu surat 2003 yilda harbiy asirlar lagerlaridan birida olingan. Mehribon ota hech narsaga qaramay oʻgʻlini tinchlantirishga urinmoqda.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



