Dunyoning 10 ta eng nufuzli stadionlari


Dunyoning eng yaxshi stadionlari roʻyxatini yangi butunlay qayta tiklangan “Uembli” stadioni boshlab beradi. Angliya terma jamoasiga qarashli ushbu maydonda futbol boʻyicha Yevropaning barcha muhim turnirlari oʻtkazilinib kelinadi. Bundan tashqari bu stadion nafaqat dunyoning eng ommabop oʻyini boʻlmish fitbol ixlosmandlarining, balki Tumanli Albionning poytaxtiga tashrif buyurgan sayyohlarning ham diqqat eʼtiborini oʻziga tortadi. Bu yerda oʻyinchilar va muxlislar zafar nashidasini surib, har bir gʻalabani katta tantana sifatida nishonlaydilar. UEFA ning ʼ”nufuzli” stadionlari qatoridan joy olgan ushbu maydon Londonda qad koʻtarishi uchun 800 million funt sterlingga yaqin mablagʻ sarflangan.

“Kamp Nou” Kataloniyaning poytaxti Barselona shahrida joylashgan boʻlib, “Barselona” jamoasining bosh satdioni hisoblanadi. Aynan ana shu ulkan maydonda dunyoning eng kuchli klublaridan biri “Barselona” jamoasi eng yaxshi oʻyinlarini namoyish etadi, bu yerda jamoa aʼzolari ehtiros, joʻshqinlik va ixlos nimaligini his qiladilar. “Kamp Nou” iborasi kataloniya tilidan “yangi maydon”, deb tarjima qilinadi. Bu maydon haqiqatdan ham yangi boʻlib, Yevropada eng yaxshilaridan biridir. Bu stadionning tribunalari birvarakayiga 99 360 muxlisni qabul qila oladi, shulardan yarmi match paytida qoʻshiq kuylaydi. Oʻyin paytida “Kamp Nou” da qoʻshiqlar bir daqiqa ham tinmaydi: “Barselona” klubining madhiyasi oʻyinchilarga ilhom berib, ularni gʻalaba sari undaydi. Ushbu stadion ulkan hajmiga qaramasdan, oʻyinchilar va muxlislar uchun mutlaqo xavfsizdir.

Ushbu stadion butun umrini sevimli jamoasiga bahsh etgan “Real” klubining oʻyinchisi nomiga qoʻyilgan boʻlib, Ispaniyaning poytaxti boʻlmish Madrid shahrining koʻrki hisoblanadi. Bu arena 85 500 nafar muxlisni sigʻdira oladi hamda qirollik klubi boʻlmish “Real Madrid” jamoasining maydoni hisoblanadi. Bu yerda muntazam ravishda dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri – Ispaniyaning terma jamoasi oʻz matchlarini oʻtkazib turadi. Dunyoning eng zoʻr stadionlarining oʻntaligidan joy olgan ushbu sport inshooti qanchadan-qancha gʻalaba va magʻlubiyatlarga guvoh boʻlgan. Bu hissiyotlarning hammasi “Santyago Bernabeu” atrofidagi takrorlanmas muhitni yaratadi. “Real” klubining bu yerda har qanday jamoa bilan oʻtkazgan matchi Ispaniyaning haiqiqiy muxlislari ishtirokidagi katta shouga aylanadi. Bu yerda muxlislarning norozilik bilan baqirgani yoki hushtak chalgani eshitilmaydi. Ayniqsa Kataloniyaning magʻrur “Barselona” klubi tashrif buyurganda maydon uzra shiddatli muhit paydo boʻladi.

“Old Trafford” stadioni haqiqiy orzudagi teatrdir. Bu stadion Angliyaning Manchester shahrida joylashgan boʻlib, “Manchester United” jamoasiga qarashli maydon hisoblanadi. Bu arena juda ulkan boʻlmasada, uni bemalol dunyoning eng zoʻr stadionlarining oʻntaligiga hamda UEFA ning eng nufuzli satdionlari qatoriga qoʻshish mumkin. 1909 yilda barpo qilingan “Old Trafford” stadioni koʻplab voqealarga guvoh boʻlgan. Bir marta hattoki fashistlar aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan. Ammo bu endi ortda qoldi, bugungi kunda bu maydonda nafaqat Birlashgan Qirollikning, balki butun dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri “Manchester United” oʻynaydi. “Old Trafford” stadionida muzey, restoran joylashgan boʻlib, bu yerda yana mashhur “shpion adiri” hamda ser Aleks Fergyusson tribunasini koʻrish mumkin. Angliyaga tashrig buyurganingizda Katta Manchesterdagi ushbu “Old Trafford” stadionini koʻrmasdan ketmang.

Bu stadion Angliyaning “Liverpul” jamoasiga qarashli boʻlib, 1884 yilda barpo qilingan va hamisha jamoa raqiblarining qoʻrquviga sabab boʻlgan. Biroq bu stadionning hech qanday qoʻrqinchli joyi yoʻq, aksincha, fasadi, chim va tribunalar “Enfild” ni dunyoning eng yaxshi stadionlari qatoridan joy olishiga sabab boʻladi. Haybatli “Liverpul” ning raqiblariga “Enfild” stadionida oʻynash hamisha ogʻirlik qilib kelgan. “Oʻz uyingda devorlar ham madad beradi!”,- bu maqol “Liverpul” jamoasining maydoniga boshqalardan koʻra koʻproq mos keladi. Bu stadion tribunalari bor- yoʻgi 45 360 nafar muxlislarni qabul qilishiga qaramasdan, UEFA tomonida yuqori baholanib “toʻrt yulduz” kategoriyasiga loyiq deb topilgan. Nima uchun mashhur jamoa aynan oʻz maydonida toʻp surganida koʻproq gʻalaba qozonadi? “Enfild” stadioning siri ham aynan ana shunda. Balki bu Birlashgan Qirollikning eng qadimiy stadionlaridan biri boʻlganligi uchundir?!

Bu stadion Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida joylashgan boʻlib, 200 000 nafar tomoshabinga moʻljallangan. 2014 yildagi futbol boʻyicha jahon chempionatining final matchlari shu yerda oʻtkazilgan. Aynan ana shu stadionda Ikkinchi Jahon urushidan keyingi dunyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionati oʻtkazilgan. Koʻp sonli tartibsizlik va tiqilinchliklar natijasida FIFA yirik futbol arenalaridagi har bir tomoshabin joy bilan taʼminlanishi kerak, degan qaror qabul qildi, shuning uchun “Marakana” stadionida yirik rekonstruktsiya ishlari boʻlib oʻtdi. Qayta taʼmirlash ishlaridan keyin uchbu afsonaviy stadion yanayam koʻrkamlashdi, tomoshabinlar uchun qulay va xavfsiz boʻldi. Hozirda bu maydon ham dunyoning eng zoʻr stadionlari oʻntaligidan joy olgan.

Moskva shahrining “Lujniki” stadioni Xamovniki rayonida joylashgan, ommaviy axborot vositalari bu stadionni “Sovet xalqining mehnat jasoratlari” evaziga bunyod boʻlgan, deb yozadilar. Haqiqatdan ham shunday: ushbu ulkan sport kompleksi bir yil ichida qurib bitkazilgan! Tabiiyki, 1956 yilda bunyod etilgan inshoot UEFA talabi bilan bir necha bor qayta taʼmirdan oʻtgan. Hozirgi kunda “Lujnikki” stadionida Rossiya terma jamoalari hamda “CSKA” va “Spartak” klublarining oʻyinlarini birvarakayiga 78 360 nafar tomoshabin qulaygina kresloda oʻtirib kuzatishi mumkin. Biroq bu arenaning birgina kamchiligi bor: butun maydon boʻylab sunyiy chim yotqizilgan va aynan ana shu narsa chet el jamoalarining tanqidiga sabab boʻladi. Ammo chim chunʼiy boʻlishiga qaramasdan, eng yuqori sifatli materialdan tayyorlangan. Shuningh uchun ham “Lujniki” stadioni UEFA tominidan tan olinib, unga “besh yulduz” darajasi hamda “dunyoning eng nufuzli stadionlaridan biri” maqomi berilgan.

Germaniyaning Myunhen shahri va uning yaqinida Yer yuzidagi eng goʻzal qasrlar va boshqa arxitektura namunalari joylashgan. Bu shaharda yana shuningdek, dunyodagi eng chiroyli tashqi fasadga ega boʻlgan “Alyants Arena” stadioni ham qad koʻtargan. Stadion Myunhenning “Bovariya” klubiga qarashli boʻlib, bu yerga tashrif buyurgan mehmon, arenaga yaqinlashgan sari dunyodagi eng goʻzal inshootga yaqinlashayotganini tushunib yetadi. Ushbu durdona asarini yaratish uchun dizayn va arxitektorlar ancha-muncha ter toʻkishlariga toʻgʻri kelgan: stadion yimshoq yengil qoplama bilan oʻralgan boʻlib, bu qoplama oq, moviy va qizil ranglarda tovlanadi. Bundes-Liga doirasidagi matchlar vaqtida “Alyants Arena” stadioni 71 000 nafar tomoshabinni sigʻdira oladi. Arenaning qulay avtomobil qoʻyish joylari, muxlislar uchun shinamgina oʻrindiqlar – bularni hammasini UEFA munosib baholab, mazkur inshootga “toʻrt yulduz” darajasini berib, dunyoning eng zoʻr stadionlari oʻntaligiga kiritdi.

San-Siro stadioni modalar poytaxti Milanda joylashgan boʻlib, ikkita TOP-klub – Italiyaning “Milan” hamda Yevropaning “Inter” jamoalariga qarashlidir. Bu ajoyib hamisha muxlislarning qichqirigʻi yangraydigan stadionda bir necha marotaba Jahon Chempionatining va Chempionlar Ligasining matchlari boʻlib oʻtgan. San-Siro stadioni 80 000 dan ortiq tomoshabinni qabul qila oladi va shu bilan birga barcha xavfsizlik talablariga javob beradi. “Inter” hamda “Milan” klublariga qarashli ushbu maydonga muntazam katta miqdorda pul ajratilib boriladi, birgina oxirgi qayta taʼmirlash ishlarining oʻziga 55 million yevro sarflandi. Bu barcha sarf-xarajatlar munosib baholandi: “toʻrt yulduz” darajasiga erishdi va “nufuzli stadion” deb tan olindi. “San-Siro” stadioni Italiyada joylashgan, shuning uchun ham bu joy mashhur qoʻshiqchi va musiqa guruhlari chiqish qiladigan kontsert maydonchasi hamdir.

Ukraina ayni damda ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqda. Ammo bu mamlakatda futbolni sevuvchi va uni qoʻllab-quvvatlovchi jonbozlar ham bor. 2009 yilda Donetsk shahrida “Shaxtyor” futbol klubiga qarashli “Donbas Arena” stadioni qurub bitkazildi. Ushbu arena darhol dunyoning eng yaxshi futbol stadionlari ontaligi roʻyxatini tuzuvchi tashkilotlarning diqqat-eʼtiborini tortdi. Mahalliy milliarder Rinat Ahmetovning tikkan mablagʻlari evaziga qisqa vaqt ichida Yer yuzidagi eng zoʻr stadionlardan biri barpo etildi. Bu sport inshooti 52 000 nafar tomoshabinga moʻljallangan. UEFA bu stadionni “besh yulduz” bilan taqdirlab, “nufuzli” deb tan oldi. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, bunday qisqa vaqt ichida eng obroʻli Yevropa futbol tashkilotning eʼtirofini qoʻlga kiritishga dunyodagi hech bir stadioni erishmagan edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



