Qiziqarli

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Poyezdlarning gʻildiraklari tovushida, vagonlarning oxista chayqalishida qandaydir romantika mavjud, bunday kayfiyatni eng zamonaviy laynerlar bortida ham his qilmaysiz. Poyezd – bu istalgan mamlakat bilan ichidan tanishishning eng yaxshi usuli. Lekin haq gap, yillar oʻtib ular oʻzgardi yoki oʻz geografiyasini kengaytirdi. Koʻp yoʻnalishlar oʻzining koʻp yillik tarixi bilan maqtansa arziydi, baʼzilari esa afsonaligi bilan. Sizni dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl sayohat yoʻnalishlari toʻplamini koʻrib chiqishga va ularning mojizasini his qilishga taklif etamiz.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

 “Gan” – poyezd oʻz nomini XIX asrda tuyalar karvonini kontinent markaziga boshlab borgan afgʻon yoʻlovchilaridan olgan (“afgʻon” soʻzidan qisqartma “gan”). Afgʻonlar Avstraliya tarixida muhim iz qoldirgan – masalan, yangi kontinentga islom dinini olib kelishgan. Poyezd butun Avstraliyadan janubdan shimolga qarab oʻtadi. Sayohat uzunligi 1900 mil (3000 km dan ortiq) boʻlib, 2 sutkadan ortiq vaqt sarflaydi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

“Gan” uch xil xizmat koʻrsatish klaslarini taklif etadi: eng qimmat “platinum” kupesida 2 ta katta krovat, dush va shaxsiy styuart bor. Poyezd interyeri juda nozik va devorlari mirta daraxtidan qilingan. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Restoranda ekzotik ovqatlar taqdim etiladi, shular jumlasida qovurilgan kenguru. Eng uzoq kutiladigan ikki bekatda aborigenlar urf-odatlari bilan tanishib, Ketrin daryosi kanyonlari ustida vertolyotda sayohat qilishga ulgurish mumkin. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

“Qirollik shotland”- ushbu poyezd Edinburgdan joʻnaydi va Shotlandiya boʻylab sayohatni amalga oshiradi. 36 ta passajirni sigʻdirishga tayyor boʻlgan vagonlar viktorian davrdagi mehmonxonalarni eslatadi: maun, baxmal va qandillar. Har bir keng xona-kupeda vanna xona mavjud.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Juda qiziqarli ekskursiya programmasi – shotland lasosini ovlash, golf oʻynash, oʻrta asr qasrlariga borish va ajoyib viski degustatsiyasi – zerikishingizga yoʻl qoʻymaydi. “Shotland” 2 kundan 7 kungacha boʻlgan vaqt uzunligi bilan, har xil 7 yoʻnalishda yuradi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Tokio va Osakani bogʻlagan “Tokaydo-sinkansen” birinchi tarmogʻi 1964-yilda ochilgan boʻlib, 515 km yoʻlni poyezd 4 soatda 210 km/soat tezlik bilan bosib oʻtgan. Pressa “Sinkansen”ni  “oʻq-poyezd” deb atalishi ham bejiz emasdir. Liniyada  uchta yoʻnalish mavjud (eng tezyuraridan eng sekinigacha) “Nodzomi”, “Xikari” va “Komada”. Poyezdlarning asosiy qismi Sanyo-sinkansenudan boshlab, Fukuokadagi Xakata stansiyasigacha boradi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

“Nadzomi” poyezdi dunyodagi eng tezkor poyezdlar orasida shanxay maglevidan soʻng ikkinchi oʻrinda turadi (shanxay manglevasi dunyodagi birinchi magnitda ishlaydigan tijorat temir yoʻli). Kulrang oʻq-poyezd 600 kilometrni 2 soatdan sal koʻproq vaqtda bosib oʻtadi.  Oyna ortidaYaponiyaning milliy manzaralarini tomosha qilish mumkin: qishloqlar, ob-havo va guruch dalalari, xattoki Fudzi togʻini ham qisqa vaqt tomosha qilishingiz mumkin. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

“Xayram Bingem” poyezdi amerikalik arxeolog nomiga atalgan boʻlib, arxeolog yoʻqotilgan inklar shahrini topib mashxur boʻlgan. Zamonaviy Kuskodan Machu-Pikchu vayronalarigacha boʻlgan yoʻnalish 3,5 soatni qamrab oladi. Ulugʻ And togʻlari, togʻ vodiylari va sharsharalar yoningizdan peru gitarachilarining musiqa sadolari ostida oqib oʻtadi.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari
Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Vagon restoranda eksklyuziv issiq taomlar, tekin ichimliklar va gazaklar tortiladi. “Alpinist”nin geng mashxur 4 yoʻnalishidan eng gʻaroyibi Choʻqqili togʻlarni kesib oʻtadi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

2013 yilda Sietl (AQSh) va Vankuverni (Kanada) tutashtiruvchi uch kunlik marshrut paydo boʻldi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

“Sharqiyexpress” – dunyodagi eng mashxur poyezdlardan biridir. Birinchi reys 1889 yilda Parijdan Istanbulga amalga oshirilgan. Vagonlar oʻtgan asrning boshlari va shoxona ar-deko interyeri bilan takrorlanmas retro-atmosferani hosil qiladi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Ekspressda koʻplab mashxur kishilar sayohat qilgan: Sharl de Goll, Yelizavetta II, Nikita Xrushov va boshqalar. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

1929 yilda qor boʻronlari sababli poyezd olti kunga Istanbuldan 100 km uzoqlikda qolib ketgan. Bu hodisa Agata Kristining “Sharqiy ekspressdagi qotillik” detektivining asosida yotadi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

“Blyu treyn” – bu gʻildirak ustidagi besh yulduzli mehmonxonadir: vagon-mehmonxona, klub va oshxona restoran mavjud.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Interyer ingliz stilida bezatilgan. Oʻzining nomini poyezd yorqin-koʻk rangli vagonlari sababli olgan. Pretoridan Keyptaungacha boʻlgan 1600 km masofani poyezd 27 sotda bosib oʻtadi.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Trassa Afrika savannasini kesib oʻtadi, vagon oynalaridan sherlar va antilopalarni koʻrishingiz mumkin.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Poyezdning toʻrt yoʻnalishidan biri Afrikaning eng katta sharsharasi Viktoriyagacha boradi.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Ushbu“koʻk poyezd”da koʻp mashxur kishilar sayohat qilgan, shu jumladan Nelson Mandella va Margaret Tetcher. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari
Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari
Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Eng uzun temir yoʻl (deyarli 9300 km) Moskavadan to Vladivostokkacha choʻzilgan. Bu Yer aylanasining beshdan bir qismini tashkil etadi. Magistral XIX-XX asralrda qurilgan. Bu magistraldan Rossiyaning eng qimmat poyezdi “Oltin burgut” ikki xafta davomida yurib oʻtadi.

Poyezd asosan tunda harakatlanadi, kunduz kuni esa passajirlar ekskursiyalarga borishadi: Kazan Kremli, Novosibirskdagi Transsiba muzeyi, Baykal koʻli, Ulanbator buddaviylik monastri. Vladivostokdan turistlar samolyot orqali qaytib kelishadi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari
Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari
Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

“Muzliekspress” dunyodagi eng  sekin ekspress hisoblanadi. Birinchi marta u 1930 yilda yoʻlga chiqqan.

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Poyezdhar kuni yuradi, sayohat 7,5 soat vaqt oladi, bu vaqt ichida poyezd 291 ta koʻprik va 91 ta tunneldan oʻtadi. Bundan tashqari “Muzli ekspress” Oberalp dovonini eng baland choʻqqisida, 2033 metr balandlikda kesib oʻtadi. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Moskva – Vladivostok yoʻnalishidagi poyezd 2016 yilning iyul oyida izga tushirilgan. Sayohatning maksimal qiymati 1,1 million rubl, minimal qiymati –384 ming rublni tashkil etadi.

Poyezd shoxona usulda bezatilgan boʻlib, qulaylik yuqori darajada taʼminlangan. 

Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryoʻl yoʻnalishlari

Balki siz ham ushbu zamonaviy va ajoyib yoʻnalishlardagi poyezdlardan birida sayohat qilgandirsiz, kimdir esa   bunday sayohatni amalga oshirish arafasida! Ishonchimiz komilki, Sizning sayohatdan kutganlaringiz albatta oqlanadi!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar