Dunyoning eng ajoyib, biroq xavfli plyajlari


Baliqchilar qishlogʻi yonida joylashgan ushbu ajoyib va xushmanzara dam olish joyi afsuski choʻmilish uchun yaroqsizdir. Bunga odamlarning oʻzlari sababchi boʻlganlar. Kanalizatsiyaning oqava suvi kelib tushgani uchun bu choʻmilish havzasi shunchalik ifloslanganki, xavfsizlikning minimal talablariga ham javob bermaydi.

Bu dam olish maskaniga asosan oʻtkir hislar ixlosmandlari hamda noyob suratlarni olishga qiziqadigan sayyohlar tashrif buyuradilar. Hamma gap shundaki, plyaj aeroport yaqinida joylashganligi uchun parvozini boshlagan barcha samolyotlar dam oluvchilarning shundoqqina boshlari ustidan uchib oʻtadilar.

Ushbu plyaj jazirama Avstraliya hududida boʻlishiga qaramay u suvi sovuq boʻlgan Hind okeanining sohilboʻyida joylashgan. Shuning uchun ham bu dam olish joyi asosan muzdek suvga shoʻngʻishdan choʻchimaydigan ekstremal serfing ishqibozlariga toʻgʻri keladi.

Bu plyaj oq akulalarning eng koʻp boʻlgan suv havzasi boʻyida joylashgan, shuning uchun bu yerda faqatgina qoʻrquv hissini bilmaydigan aqlsizlargina dam olishlari mumkin. Biroq mahalliy aholi shunday xavfli sharoitda ham pul ishlash yoʻlini oʻylab topdilar. Ular yirtqich akulalarni tomosha qilishlari uchun turistlarga dengiz tubiga temir qafasda tushishni tavsiya qiladilar.

Bu plyaj akulalarning tez-tez hujumiga qaramay Floridadagi eng eng yaxshi plyajlardan biri hisoblanadi. 2007 yilda ushbu hududda 112 ta akulalar hujumi qayd etilgan, shulardan 17 tasi aynan mana shu plyajda sodir boʻlgan. Pyajda ikki oyoqli yirtqichlari bilan ham dong taratgan: bu yerda choʻntakkesar va oʻgʻrilar juda koʻp.

Bu plyaj suvi odamlarni osongina ochiq dengizga olib ketadigan shiddatli oqimi bilan xavflidir. Buning ustiga bu ajoyib plyaj shahardan ancha uzoqda joylashgan va qutqaruv stantsiyasiga ham ega emas.

Oʻtgan asrning 90 yillarigacha bu plyajda akulalar umuman boʻlmagan edi. Biroq oxirgi oʻn yilliklarda insoniyatning faoliyati natijasida oʻzgargan ekotizim oqibatida akulalarning dam oluvchilarga hujum qilishi paydo boʻdi va yildan-yilga koʻpayib bormoqda.

Boshqa plyajlar bilan solishtirganda bu yerda timsohlar aytarli koʻp emas, biroq bu yerda hayvonot olamining boshqa xavfli namoyondali istiqomat qiladilar: zaharli oʻrgimchak, ilonlar va meduzalar bu jannatmakon oʻlkada oktyabrdan iyun oyiga qadar dam oluvchilarning hayotiga xavf soladilar.

Ushbu moʻjizaviy manzaraga ega boʻlgan joy romantikadan yiroq boʻlgan “oʻliklar plyaji” degan nomni olgan. Sababi bu yerdagi ulkan toʻlqinlar va xavfli oqimlar koʻpgina dam oluvchilarning hayotiga zomin boʻlgan. Ammo oxirgi yillarda bu yeda professional qutqaruvchilarning komandasi navbatchilik qiladi, shu sababli baxtsiz hodisalar soni keskin ravishqa kamaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



