Qiziqarli

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari

“Ochilganidan bir yildan koʻp vaqt oʻtgan atirni ishlatmaslik kerak”, deydi mutahassislar, ammo ayrim qoidalarga amal qilinsa, bu muddatni maʼlum vaqtgacha uzaytirish mumkin. Quyosh atirlarning ashaddiy dushmani. Shu bois ham atirlarni qorongʻu joyda saqlash kerak. Bu qoidaga amal qilsangiz, sevimli atiringiz besh yilgacha sizga hizmat qilishi mumkin.

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari

Agar lak shishasining ustki qismiga vazelin surtib qoʻyilsa, idish chetlari qotib qolmaydi, lak ham sifatini yoʻqotmaydi. Bundan tashqari, lakni ishlatib boʻlib, ogʻzini yaxshilab yoping. Ushbu kosmetik vositani uyning quyosh nuri tushmaydigan salqin va qorongʻu joyida saqlang. Muzlatkich bundan mustasno.

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari

Kremni past darajali haroratda saqlash lozim. Buning uchun esa muzlatgichga solib qoʻyish kifoya. Bu yerda kremdagi foydali hususiyatlar ikki karra koʻproq saqlanadi. Darvoqe, muzlatgichdagi harorat 10 darajadan past emasligiga eʼtibor bering.

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari

Qosh, koʻz va lab uchun moʻljallangan qalamni oʻtkirlashdan avval oʻn daqiqaga muzlatgichga qoʻying. Bu orqali uni oʻtkirlash vaqtida uchi maydalanib ketishini oldini olgan boʻlasiz.

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari

Qotib qolgan tush albatta barchani kayfiyatini buzadi. Tushkunlikka tushishga shoshilmang, shunday vaziyatda tushni bir necha daqiqa issiq suvda ushlasangiz, bas. Tushni har uch oyda almashtirib turish kerak. Negaki, bu vaqt mobaynida tush anchagina bakteriya toʻplashga ulguradi. Natijada esa konyuktivit kasalligini ortirish havfi mavjud. Yana bir narsa: ushbu kasallikni oldini olish uchun ham tush choʻtkasini  harb zamonda issiq suvda yuvib turish lozim.

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari

Sevimli lab boʻyogʻingiz ehtiyotsizligingiz sabab sinib qoldimi? Uni darrov axlat qutisiga tashlashga shoshilmang. Fen yordamida boʻyoqning singan tomonini ozgina eritib, joyiga yopishtiring va qayta ishlatishdan avval 12 soatga muzlatkichga solib qoʻying. Uy haroratida saqlangan lab boʻyogʻi ikki yil hizmat qilishi mumkin. Idishi ochilmagan lab boʻyogʻini muzlatkichning dori solib qoʻyiladigan qutisida saqlash tavsiya etiladi.

Kosmetik vositalarni sifatini buzmasdan uzoq saqlash sirlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar