Dunyoning eng haybatli va qudratli maxsus boʻlinmalari


Ilgari Oq boʻri qoʻmondonligi boʻlinmasi sifatida tanilgan, XXRning "Oq qoplonlari" maxsus boʻlinmasi uzoq vaqt sir saqlanib kelingan. Besh yil davomida uning jangchilari terrorga qarshi harbiy harakatlarini, ommaviy tartibsizliklar roʻy berganda xatti-harakatlarni yashirin ravishda olib bordilar, portlovchi moslamalarni zararsizlantirishni oʻrgandilar. Mana shu yoʻsinda "Oq qoplonlar” 2008 yilning yozida Pekinda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Olimpiyada oʻyinlarining xavfsizligini taʼminlashga tayyorgarlik koʻrdilar. rasm
Shuningdek, mashgʻulotlar chogʻida Xitoy maxsus boʻlinma jangchilari rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasida harbiy harakatlarni oʻtkazdilar.
"Oq qoplonlar" oʻzlarining oʻq uzish tezliklarining yuqoriligi va aniqligi, kuchlari va chidamliklari hamda jangovar ruhi va qurbon boʻlishga tayyorliklari bilan faxrlanadilar.
Qoplonlardan biri boʻlish uchun Xitoy Xalq qurolli militsiyasida ikki yillik xizmatni oʻtab boʻlgandan soʻng (Xitoyning ichki qoʻshinlari) harakat qilish mumkin. Qoplonlar jang sanʼati mahorati jihatidan boshqa koʻplab maxsus boʻlinmalardan ustundir.

"Kuch va ayyorlik bilan” – bu Buyuk Britaniyaning eng maxfiy va nufuzli maxsus boʻlinmalaridan biri boʻlgan (Special Boat Service) Qirollik harbiy dengiz flotiga qarashli “Maxsus qayiq xizmati” ning shioridir.
SBS – bu HDK (harbiy dengiz kuchlari) maxsus boʻlinmaning Britaniyadagi ekvivalenti. Ushbu maxsus boʻlinmaga jangchilarni tanlash jarayonida, yollanganlarning faqatgina 10% ina qattiq raqobat ostida tanlab olinadi. Tanlov chidamlikni sinashga qaratilgan boʻlib, holdan toydiradigan darajada qiyin va toʻrt hafta davom etadi. U 20 soatdan kam vaqt ichida bajarilishi kerak boʻlgan 40 kilometrlik marsh-brosokni bilan yakunlanadi.
Britaniya mahsus boʻlinma jangchilariga quroldan mohirona foydalanish, oʻrmonda yashash va jang maydonida omon qolish sirlari oʻrgatiladi.
Ikkinchi Jahon Urushidan keyin paydo boʻlgan SBS bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli maxsus boʻlinmalardan biridir. Britaniya maxsus boʻlinma jangchilari IShID va Al-Qoida terrorchilik guruhlariga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etganlar hamda Liviya va Syerra-Leonda qutqaruv ishlarini olib borganlar.

Polsha harbiy-maxsus boʻlinmasining nomi qisqartma boʻlib, Operatsion-Manevrga Javob Guruhini anglatadi. Guruh 1990 yilda SSSRdan Isroilga koʻchib oʻtayotgan yahudiylarni himoya qilish uchun tashkil etilgan. U “Hizbullohning” faolligi oshgan joylarda ishladi. GROM-ning mavjudligi 1994 yilgacha, to "demokratiyani tiklash" operatsiyasida ishtirok etish uchun Gaitiga yuborilmaguncha sir boʻlib kelgan .
Ushbu maxsus boʻlinma garovga olinganlarni ozod qilish va kontrterror operatsiyalariga ixtisoslashgan. Uning jangchilari yaxshi qurollangan, shoʻngʻish va parashut bilan sakrashni, portlovchi moddalar va turli xil transport vositalarini boshqarish sirlarini yuqori darajada egallaganlar.
Polsha maxsus kuchlari qanday harakatlarni bajarishlaridan qatʼiy nazar, doimo oʻz boʻlinmalarining nomini oqlashadi.

OAV maʼlumotlariga koʻra, Pokistondagi maxsus kuchlarning mashgʻulotlari - bu 58 kilometr marsh yurish (12 soat vaqt ajratilinadi) va toʻliq kuch bilan yugurishga (8 kilometr) atigi 35 daqiqa beriladi.
Terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish uchun tuzilgan Maxsus kuchlar guruhi avvalam bor mashaqqatli jismoniy mashqlardan boshlanadi, mashgʻulotlar desantlar maktabida oʻtkaziladi, shuningdek, 25 haftalik qoʻmondonlik kursi va qoʻl jangi mashgʻulotlari bilan shugʻullaniladi. Xabarlarga koʻra, arizachilarning atigi 5% saralashni oʻtishar ekan.
Guruh terrorizmga qarshi harakatlarda faol ishtirok etmoqda.

Delta Force kuchlari AQSH qoʻshinining nufuzli boʻlinmasidir, buning uchun yollanganlarning asosiy qismi 75-sonli armiya polklari va "Yashil Beret" boʻlinmalaridan jalb qilingan (shuningdek, Harbiy-dengiz kuchlari va havo kuchlari harbiy xizmatchilari ham Deltaga jalb qilingan). Bir nechta nomlarni oʻzgartirgan boʻlinma muhim nishonni qoʻlga olish va yoʻq qilish, terrorchi guruhlarni yoʻq qilish va turli xil maxfiy vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan.
Delta Force missiyalarining aksariyati sirligicha qolmoqda, ammo aytshlaricha, ular Saddam Xuseynni qoʻlga olish va Usama ben Ladenni yoʻq qilishda qatnashishgan.
Internetda tarqalgan videoda Delta harbiylari mashgʻulotlari namoyish etiladi. Mashgʻulotlar paytida Delta jangchilari garovga olinganlarning rolida boʻlishlari kerak, hamkasblari esa ularning yonida joylashgan nishonlarni oʻqqa tutmoqda. Bu maxsus kuchlarning professionalligini isbotlaydi, maxsus kuchlar ichida ishonchni kuchaytiradi va jangarilar tomonidan garovga olinmaslik uchun dars boʻlib qoladi.

GIGN dunyodagi eng jangovar kontrterror boʻlinmalaridan biridir. Uning asosiy vazifasi - terakt sodir boʻlgan joyga iloji boricha tezroq kirish, shundan keyin ular zarar yetkazilmasdan oldin hujumchilarni qoʻlga olish yoki oʻldirish.
GIGN jangchilari uchun oʻquv dasturi 14 oy davom etadi. Bir guruh yollanganlarni tasvirga olgan hujjatli film ijodkorlari ikki hafta ichida murojaat qilganlar soni 120 tadan 18 tagacha qisqarganiga guvoh boʻlishdi. Maxsus kuchlarga qurol ishlatish, merganlik, parashutda sakrash, shu jumladan balandlikdan sakrash, suvga shoʻngʻish, qoʻl jangini oborish, ogʻir sharoitlarda omon qolish va portlovchi moslamalarni zararsizlantirish sirlari oʻrgatiladi.

Sayeret Matkal, shuningdek, "269- boʻlinma" nomi bilan tanilgan- Isroil mudofaa kuchlari Bosh shtabining maxsus boʻlinmasi sifatida ham tanilgan. Terroristlarni yoʻq qilish va garovga olinganlarni ozod qilish uchun keng qamrovli razvedka qobiliyatlari va muvaffaqiyatli operatsiyalar 1967 yilda tashkil etilgan ushbu maxsus boʻlinma jangchilari uchun yaxshi obroʻ-eʼtiborni taʼminladi.
Isroil maxsus kuchlari maxfiylikka tayanadi, kichik niqoblangan guruhlarda hujum qiladi va dushman nima boʻlganini tushunishga vaqt topguncha vazifasini bajarib boʻlib, ortga chekinadi.
Sayeret Matkalning eng mashhur operatsiyalaridan biri 1976 yilda Entebbe shahridagi Air France aviakompaniyasida yoʻlovchilarni ozod qilish edi. Operatsiyani rejalashtirish bir hafta davom etdi, rejaning bajarilishi atigi bir soatdan oshdi.
Maxfiy xodimlar terminal binosiga yetib borishdi, shundan keyin ular ichkariga kirib, barcha terroristlarni yoʻq qilishdi. Ular garovga olingan 106 kishidan 102tasini qutqarishga muvaffaq boʻlishgan va bitta askarni yoʻqotishgan.

Maxsus dengiz kuchlari 2009 yilda tashkil etilgan boʻlib, unda flotning turli xil maxsus kuchlari yagona jangovar tarkibga kirgan. Ular orasida harbiy dengizchilar, portlash boʻyicha mutaxassislar va maxsus harbiy kuchlarning asosiga aylangan Maxsus operatsiyalar boʻlimining jangchilari bor. Ispaniya dengiz kuchlarining maxsus boʻlinmasi terrorchilar va fitnachilarga qarshi kurash, qidiruv-qutqaruv ishlari va kemalarni bostirib tortib olishga ixtisoslashgan.
Ispaniyaliklar garovga olinganlarni qutqarish va qaroqchilar bilan kurashish tajribasiga ega. Shunday qilib, 2002 yilda ular Yamanga raketalar tashiydigan Shimoliy Koreyaning kemasiga hujum qilishdi va 2011 yilda frantsiyalik garovga olinganlarni Somali qaroqchilaridan qutqardilar.
Va bu faqat maʼlum boʻlgan narsa - ularning koʻp vazifalari sir boʻlib qolmoqda.

Rossiya maxsus kuchlarining ishlari oʻta maxfiy. Rossiya maxsus kuchlarining aksariyatini Amerikadagi "Reynjers" bilan taqqoslash mumkin, ammo Delta Force bilan taqqoslash uchun koʻproq mos keladigan nufuzli maxsus boʻlinmalari ham mavjud.
Ruslar razvedka, dushman taʼminot liniyalarini yoʻq qilish, buyruq zanjirlarini yoʻq qilish va dushman zaif tomonlarini kashf etishda katta tajribaga ega. Rossiya maxsus kuchlarini amerikaliklardan ajratib turadigan omillardan biri – bu qurol tanlash erkinligi.

Harbiy dengiz flotining dengiz mushukchalari safida xizmat qilishni istaganlar oʻn yarim daqiqada 460 metrni suzib oʻtishlari kerak, 79 ta oʻtirib turish, 11 ta mashq bajarish va 2,5 km yugurishlari kerak. Va bu faqat maxsus kuchlarga kirish uchun.
"Mushuklar" tayyorlash suv ostida portlash boʻyicha mashgʻulotlardan, parashyut maktabidan va 26 haftalik qattiq tayyorgarlik kursidan iborat. Shundan soʻng, yangi qabul etilganlar yana 18 oy turli xil mashgʻulotlarni oʻtashadi.
Mushuklar razvedka ishlarini olib borishlari, toʻgʻridan-toʻgʻri jangovar toʻqnashuvlarda qatnashishlari va kontrterror operatsiyalarini oʻtkazishlari mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



