Qiziqarli

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Sir emaski baʼzi bir davlatlar aholisi – shu jumladan Arabiston yarimorolidan neft eksport qiluvchilar – ishlamasdan turib davlatdan yordam pulini olib yashashga yetadi. Bu davlatlar puli – dunyoning eng qimmat valyutalari hisoblanadi.

Ushbu omillar valyutalarning qimmatlashishi hamda kuchayishiga sabab boʻladi:

- Davlat qimmat tabiiy boyliklarga ega boʻlishi va ularni eksport qilishi;

- Mamlakat asrlar davomida shakllangan, ishonch tugʻdiradigan kuchli iqtisodiyotga ega boʻlishi; valyutalarga (boshqa mamlakatlarning qimmatli qogʻozlari) mablagʻlarini tikayotgan investorlarning koʻpligi;

- Mamlakat valyutasining boshqa valyutaga qattiq bogʻliqligi;

Qimmatli valyutalar reytingining yetakchiligi Arabiston yarimorolidagi eksportyor – davlatlarga tegishlidir. Biroq hammaga maʼlumki, bu mamlakatlarning valyutalari qimmat boʻlgani bilan boshqa mamlakatlar tomonidan qiziqish uygʻotmaydi. Chunki neft zahirasi tugashi yoki quvvat tashuvchi boshqa arzon manbalarga oʻtilishi bilan bu davlatlarning daromadi kamayadi va oʻz-oʻzidan valyutasining qiymati ham pasayadi.

Reytingning oʻrta qatorlarini dunyodagi eng ommabop valyutalar: dollar, yevro, shvetsariya franki va funt sterling egallagan. Ushbu valyutalarning egalari boʻlgan davlatlarning iqtisodiyoti barqaror va mustahkam, ular hattoki moliyaviy inqirozlarni ham koʻtara oladilar. Aynan shuning uchun ham ushbu valyutalar dunyoning zahira manbayi hisoblanadi. Ularning tannarxini mamlakat iqtisodiyoti va ularga boʻlgan ehtiyoj belgilaydi.

Tanishing: dunyoning eng qimmat valyutalarining 10 taligi

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Dunyodagi eng qimmat valyuta. Quvayt – bu fors koʻrfazida joylashgan, katta neft va gaz koniga ega boʻlgan monarxiyaga asoslangan davlatdir. Dinor nomi qadimgi Rim tangasi nomidan kelib chiqqan, Rim hududida va Yaqin Sharqdagi Rimga tegishli boʻlgan hududlarda ham muomalada boʻlgan. Britaniya boshqaruvidan keyin mustaqillikka erishgan Quvayt 1996 yil 1 aprelda Quvayt dinori muomalaga kiritildi.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Bahrayn qirolligi – bu uncha katta boʻlmagan monarxiyaga asoslangan oroldir. “Bahrayn” soʻzi arabchadan tarjima qilinganda “ikki dengiz” degan maʼnoni anglatadi. Oxirgi 15 yilda Bahrayn dinori AQSH dollariga qattiq bogʻlanib qolgan, uning qoʻzgʻalishi amerika valyutasiga bogʻliq.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Ummon sultonligi - qadimgi mamlakatlardan biridir, uning nomi shayxlarning birinchi sulolasidan kelib chiqqan, ular bu hududni VII asrdan bera boshqarib keladilar hamda paygʻambarimiz Muhammad Mustafoning avlodlari hisoblanadilar. Ummon riali nomi Arab Xalifaligidan kelib chiqqan. Bir Ummon riali 1000 bayzni tashkil etadi. Maydalanadigan “bayza” tangasi nomi qadimgi arab tilidan kelib chiqqan boʻlib “taqsimlamoq”, “parchalamoq” va “ayirmoq” manosini bildiradi. Ummon riali kursi AQSH dollariga bogʻlanib qolgan.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Iordaniya Hoshim Qirolligi – monarxiyaga asoslangan Yaqin Sharqda joylashgan arab davlati. Mamlakat nomi Iordan daryosidan va monarxiya davlatini boshqarib kelayotgan sulola – Hoshimiylardan olingan. Iordaniya Yaqin Sharqda rivojlangan va iqtisodiyoti kuchli davlat hisoblanadi, iqtisodiyotini kon sanoatiga va qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirgan, lekin u tepada aytilgan 3 ta davlatdan orqada. Ammo koʻp yillardan beri Iordaniya valyutasi kursi AQSH dollariga bogʻlanib qolgan.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Dunyoning 7 ta eng mashhur valyutalaridan biridir. Bu Buyuk Britaniyaning rasmiy valyutasi hisoblanadi, shuningdek Buyuk Britaniyaning mustamlaka davlatlarida ham foydalaniladi. Avvallari sterling deb qadimgi Angliya kumush tangasini atashardi. Birinchi banknotlar 1694 yilda dunyoni koʻrdilar. Shuningdek, Angliya Banki, Shotlandiya Banki, Uels Banki hamda Shimoliy Irlandiya Banklari oʻz shaxsiy funtlarini bosib chiqaradilar. Ularning barchasi dizayni bilan farq qiladi, biroq britaniyaliklar Angliya Banki tomonidan chiqarilgan funtlarni “haqiqiy” deb tan oladilar.

Moliyaviy oborotda funt yevro va Amerika dollaridan keying uchinchi oʻrinni egallaydi. Moliyaviy inqirozlar paytida undan foydalanib turiladi.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Kayman orollari – Karib dengizidagi shu nomli orollarda joylashgan Britaniya hududidir. Ispanlar ushbu orollarda yashovchi iguanalarni kayman – timsohlari, deb oʻylaganlar va orollarga shu nomni berganlar. Bugungi kunda Kayman orollari – investitsiya va kapitallarni oʻziga jalb qiluvchi hamda liberal soliq qonunchiligiga ega boʻlgan mashhur ofshorlardan biridir. Kayman aholisining yashash darajasi dunyoda yuqori oʻrinlardan birini egallaydi, chunki ofshorning shartlaridan biri – u yerda firma ochmoqchi boʻlgan chet ellik mahalliy aholini hamkorlikka jalb qilishi lozim. Ushbu orollarning iqtisodiyotining boshqa manbalari – turizm hamda toshbaqalarni yetishtirishdir.

Kayman dollari 1972 yilda muomalaga kiritilishi bilanoq funt sterlingga bogʻlanib qoldi va unga qarab qiymati oʻzgarib boraveradi.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Bu valyuta Yevropaga kiruvchi 17 ta davlat hamda Yevropa hududiga kirmaydigan 9 ta davlatning muomala birligidir. Yevro 1999 yilda ishlab chiqarildi, 2002 yilda esa uning banknota va tangalari muomilaga kiritildi. Bugungi kunda ushbu valyuta shunchalik ommalashganki, tannarxi boʻyicha Amerika dollari bilan doimo yetakchi oʻrinda turadi, biroq Amerika dollariga nisbatan doimo ustunlikka ega.

Yevropa hududidagi mamlakatlarning Markaziy banklari oʻzlarining kupyura va tangalarini bosib chiqarishga haqlidirlar. Shuning uchun har xil dizayndagi yevro kupyurasini koʻrganda hayron boʻlish kerak emas.

Shuni aytib oʻtish kerakki, bugungi kunda yevroning ahvoli Yevropa mamlakatlarini tashvishga solmoqda: rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sharoitida ular mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchayishiga xizmat qiluvchi nisbatan arzon valyutani afzal koʻrar edilar. Oxirgi paytlarda yevro dollarga nisbatan ustunlikka ega boʻlgani bilan oʻzining pozitsiyalarini biroz yoʻqotmoqda.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Shvetsariya dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri boʻlishi bilan birga eng barqaror davlatlardan biri hamdir. Oxirgi paytlarda “bank siri” tushunchasi oʻz ahamiyatini yoʻqotayotganligiga qaramay, bu davlatning bank tizimi eng mustahkamlardan biridir. Oʻrta asrlarda Shvetsariya siyosiy va iqtisodiy tomondan Fransiyaga qaram boʻlgan, shundan kelib chiqib valyutaning nomi Fransiya sharafiga frank deb atalgan.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Dunyoning eng ommabop valyutasidir. Dunyodagi mahsulot va xizmatlar uchun toʻlovlarning yarmidan koʻpi aynan ushbu valyutada amalga oshiriladi. Ikkinchi jahon urushi davriga qadar valyutalarning yetakchisi Britaniya funti boʻlgan, biroq Amerika iqtisodiyoti koʻtarilishi hamda valyutalarning oltin va kumushga bogʻliqligi bekor qilingandan keyin, dollar “dunyoning zahira valyutasi” maqomini oldi. Bu valyuta orqali nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda toʻlovni amalga oshirish mumkin.

Dunyoning eng kuchli valyutalari

Liviya davlatining milliy valyutasi. Oxirgi yillarda mamlakatda siyosiy hamda fuqarolik kelishmovchiliklari boʻlib turibdi. Lekin shunga qaramay mamlakatning neftga boy mintaqada joylashganligi uni inqirozdan saqlab turadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar