Dunyoning qiziqarli joylari - Puanta Kana, Dominikana

Tabaatning chiroyi, goroyib suvosti dunyosi,ekzotik jonivorlar va oʻsimliklar – bularning barchasi Puanta-Kana kurortining diqqatga sazovor joylaridir.

Agar siz sanʼat haykallari va noodatiy arxitekturani tomosha qilgani kelgan boʻlsangiz, bu yerda unday narsaning oʻzi yoʻq. Biroq tomosha qiladigan boshqa tabiiy shedevrlar bor. Dominikanaga kelib, albatta milliy boglar va turistik joylarni aylanish mumkin.
Puanta Kanadagi eng yaxshi dam oladigan maskan ClubMed Punta Cana kurort majmuasi boʻlib, oilaviy dam olish uchun qulay boʻlib, plyajli, madaniy va sportli hordiq olish mumkin.
Sirli orol

Los Aytises milliy bogi qoʻriqxona boʻlib, u yega kirgan odam oʻtmishga tushib qolganday boʻladi: qoyalardagi tabiiy landshaftlar, koʻpgina kichk yashil orolchalar, mahalliy aholining sirli gʻorlari hamda koʻpgina ekzotik jonivorlar. Bu yerda 25 million yillik tarixga ega Shayton gʻori bor. Gʻorning ichida qoyalarga yoʻyib chizilgan rasmlar, katta hajmli stalaktitlar va yer osti daryosi bor. Bularning barchasi yorqin taassurotlar qoldiradi.
Saona oroli

“Baunty Saona” – nafaqat mamlakatdagi, balki butun dunyodagi eng tegilmagan maskan hisoblanadi. Agar siz “Baunty” reklamasidagidek orolga borishni orzu qilgan boʻlsangiz, albatta saonaga borib koʻring. “Saona” dek orolda dam olgandan keyingizna haqiqiy jannat nima ekanligini bilib olasiz. “Saonaʼ hududida hech qanday turistik infratuzilmaning yoʻqligi, alohida maftunkorlik baxsh etadi.
Eyes Ecological bogʻi

Barcha yovvoyi tabiat shaydolari birinchi oʻrinda Eyes Ecological bogʻiga tashrif buyurishlarini maslahat beramiz. Bu yerda 500 ga yaqin yovvoyi oʻsimliklar oʻsadi, yoʻqolish arafasida turgan hayvonlar va hasharotlar yashaydi. Bogʻning diqqatga sazovor joylardan biri – inson koʻzini ifodalovchi 12 ta lagunadan tashkil topgan tabiiy tomashagoh.








Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



